Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

O'rta guruh. 
O'qitishning dastlabki oylarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning 
o'zlariga tanish geometrik figuralar - doira va kvadratlarni farq qilish hamda to'g'ri 
aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni guruhlarning miqdoriy taqqoslash 
va sanoqda o'rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o'tkazish maqsadga muvofiq. 


Bolalarga "Bilgin-chi, bunda nechta kvadrat bor", "Nima ko'p, doiralarmi yoki 
kvadratlarmi?" kabi topshiriqlar va savollar beriladi. 
O'rta guruh dasturida bolalarni uchburchak bilan tanishtirish nazarda tutilgan. 
Bolalarni bu figurani tanish va aytishga, doira va kvadratlarni farq qilishga o'rgatish 
kerak. Bu ishlarni amalga oshirish usullari ikkinchi kichik guruhda foydalanilgan 
usullarga o'xshaydi, bular: figurani payqash - harakatli tekshirish, u bilan har xil 
amaliy ishlarni tashkil qilish. 
Uchburchak bilan tanishtirish uni doira va kvadrat bilan taqqoslash asosida 
o'tkaziladi. Dastlab figuralar juftlab taqqoslanadi, masalan, birinchi mashg'ulotda 
uchburchak bilan doira taqqoslanadi. Tarbiyachi uchburchakni ko'rsatib, bolalar 
e`tiborini burchaklarga qaratgan holda uchburchak konturi bo'ylab barmog'ini (ko'p 
marta) yuritib chiqadi. "Barmoq burchakkacha boradi, to'xtaydi, burchakni aylanib, 
yana nariga ketadi. Yana bir marta burchakkacha boradi, burchakni aylanadi, yana 
nariga ketadi", - deb tushuntiradi tarbiyachi. U figurani aytadi ("Bu - uchburchak"), 
uning qanday rangda ekanini so'raydi, bolalarning e`tiborini uchburchakning 
tomonlari borligiga, ular 3 ta ekaniga, burchaklari borligiga va ular ham 3 ta ekaniga 
qaratadi. SHundan keyin tarbiyachi bolalardan o'z uchburchaklarini ko'rsatishni, 
ularni sanashni, uning burchaklari nechta ekanini so'raydi. Keyingi mashg'ulotlarda 
uchburchak bilan kvadrat shunga o'xshash taqqoslanadi, shundan keyin esa doira, 
kvadrat va uchburchak bir vaqtda taqqoslanadi. 
Tarbiyachi bolalar e`tiborini uchburchaklar, doiralar va kvadratlar katta 
o'lchamli ham, kichik o'lchamlи ham bo'lishiga qaratadi, har xil rangli katta va kichik 
figuralarni ustiga qo'yish usuli bilan taqqoslashni taklif qiladi, shakli bir xil bo'lgan 
figuralar har xil rangli va har xil o'lchamli bo'lishi mumkinligini tushuntiradi. 
O'rta guruhda tarbiyachi bolalarda har xil shakldagi figuralarni idrok qilish 
tajribasini to'plashni davom ettiradi. Bolalar ikki-besh qismdan iborat sodda va 
murakkabroq shakldagi buyumlarni ko'zdan kechirishadi va rasmlarini chizishadi, 
ularni loy va plastilindan yasashadi, bunda qismlarning shakli hozircha geometrik 
etalonga yaqin bo'ladi (bular piyola, jo'ja va boshqa narsalar bo'lishi mumkin). 


O'rta guruhda tarbiyachi predmetlar shaklini sezish - harakat va ko'rish bilan 
tekshirishni tashkiл qiladi. Tekshirish natijalari dumaloq (doiraviy), to'g'ri 
to'rtburchak shaklida kabi so'zlar bilan mustahkamlanadi. 
Bu guruhda "Buyum o'zi haqida nima deydi?", "Qismlariga ko'ra buyumning o'zini 
bil", "Buyumlar dominosi" kabi o'yinlardan va shuningdek kubchalar, qirqma 
rasmlardan foydalanish mumkin. 
Geometrik obrazlar haqidagi dastlabki ma`lumotlarni bolalar o'yinlardan, 
mehnatdan, kundalik hayot (turmush)dan oladilar. Ular tarbiyachiga taqlid qilib, 
mozaikalar va qurilish materiallari komplektiga kiruvchi u yoki bu buyum nomini 
aytadilar. Ularning xossalari bilan amalda tanishadilar. 
Matematika mashg'ulotlarida sanoqqa o'rgatish uchun doiralar, uchburchaklar va 
boshqa narsalardan ko'rsatma material sifatida foydalaniladi. Bolalar figuralar 
miqdorini aniqlab, ularni aytishadi. 
Mashg'ulotlarda bolalarni doira, kvadrat, uchburchakning ba`zi belgilari bilan, 
keyinroq esa, to'g'ri to'rtburchakning belgilari bilan tanishtirish, figuralar har xil 
o'lchamli va har xil rangli bo'lishini ko'rsatish kerak. 
Bolalar tarbiyachi bilan birga katta o'lchamli (diametri 15 sm) figuralarni 
qarashadi, kichik o'lchamdagи xuddi shu figuralarni ko'rsatishadi. 
Bolalarga o'z konvertlaridagi figuralarni ajratish va ular qanday figuralar 
ekanini va qanchaligini aytish taklif qilinadi. Tarbiyachining topshirig'iga binoan, 
bolalar figuralarning kattaliklari bo'yicha ortib va kamayib borish tartibida 
joylashtiradilar, har xil figuralarning mikdorlarini taqqoslab, qaysi figuralar kam, 
qaysi figuralarning miqdori barobar ekanini aniqlaydilar. Birinchi mashg'ulotda 
bolalarga figuralarning bir xil komplekti beriladi, keyingi mashg'ulotlarda esa, har 
qaysi bola figuralarning shunday komplektini oladiki, unda figuralarning miqdori
rangi va o'lchami har xil bo'ladi. 


Tarbiyachining ko'rsatmasiga binoan, bolalar figuralarni ikki poloskali 
kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo'yicha joylashtiradilar, so'ngra 
poloskalarning har qaysisidagi figuralar miqdorini taqqoslaydilar. 
SHunday mashg'ulotlar o'tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to'g'ri 
to'rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba`zi xususiyatlari bilan tanishadilar. 
Masalan, tarbiyachi bolalarga kvadrat va to'g'ri to'rtburchak olishni, navbati bilan 
ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va ulaр nimalari bilan farq 
qilishini o'ylab ko'rishni taklif qiladi. Bolalar kvadratni to'g'ri to'rtburchak ustiga 
qo'yib, figuralarni taqqoslashadi va to'g'ri to'rtburchak uzun ekanini, u shunisi bilan 
kvadratdan farq qilishini ko'rishadi. 
Bolalar sanashni o'rganib olishganidan keyin, ular tanish figuralarning 
elementlari bilan, ya`ni tomonlari va burchaklarining mavjudligi hamda ularning 
miqdori bilan tanishtiriladi. 
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog'ini yuritadi va 
bu kvadratning tomoni ekanini aytadi. Kvadratning hamma tomonini ko'rsatadi. 
SHuni kuzatish kerakki, bolalar "burchak" so'zini burchakning uchi bilan, ya`ni 
burchakni hosil qiluvchi nurlar (tomonlar) chiqadigan nuqta bilan bog'lamasinlar. 
SHuning uchun burchak ko'rsatilayotganda, qo'lni burchak tekisligida bir tomondan 
ikkinchi tomongacha surib borib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. 
Bolalar o'z kvadratlari va to'g'ri to'rtburchaklarining tomonlarini topishadi, 
so'ngra esa burchaklarini topishadi, tomonlar va burchaklar miqdorlarini sanashadi, 
kvadrat va to'rtburchakning to'rttadan burchagi va to'rttadan tomoni borligini 
aniqlashadi. 
Navbatdagi mashg'ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday 
tekshirishadi va hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon borligini 
aniqlashadi. Bunday mashqlarni bolalar figuralarni tekshirib, qo'yilgan savolga 
javobni mustaqil izlab topa oladigan qilib tuzish kerak. 


Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi 
bolalarga oldin gugurt cho'plaridan figura tuzishni, so'ngra ornament hosil qilishni 
taklif qiladi. 
Figuralarni farq qilish va aytish bo'yicha mashq qildirish uchun "Nima 
o'zgardi?", "Nima yo'q bo'ldi?", "SHakllar dominosi", "Xuddi shunday figurani 
ko'rsat" kabi didaktik va harakatli o'yinlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachida 
disk bo'lib, unga doira bo'ylab har xil geometrik figuralar joylashtiriladi. U disk 
strelkasini surish bilan goh u figurani, goh bu figurani ko'rsatadi, bolalar esa, o'z 
figuralari orasidan xuddi shunday figuralarni topishadi, ko'rsatishadi va nomini 
aytishadi. 
"O'z uychangni top" o'yinida polga chizilgan yoki chilvirdan tuzilgan doiralar, 
kvadratlar, uchburchaklar va boshqa figuralar uycha bo'lishi mumkin. Katta o'lchamli 
figuralar shaklini aniqlash болаларга qiyinlik qilishini hisobga olib, bunday uychalar 
o'lchamlarini tobora kattalashtirib borish maqsadga muvofiq. 
Individual mashqlar uchun "Juftini top", "Kartochkaga mos figura tanla" va 
boshqa o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Bolalar figuralarning rangli va kontur tasvirlarini mos qo'yishadi, shaklga mos figura 
tanlashadi. 
Yil oxirida bolalar sodda geometrik figuralarni nafaqat farq qilishadi va 
aytishadi, balki ularning ba`zi belgilari bo'yicha orientir oladigan bo'lishadi. Bolalarni 
buyumlar shaklini geometrik shakllar bilan taqqoslashga o'rgatish mumkin. SHu 
maqsadda maxsus mashqlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi stolga geometrik 
figurani qo'yadi, bolalar esa shu shakldagi buyumlarni tanlashlari keraq Geometrik 
shakl - namuna figura ayrim bolalarga berilishi ham mumkin, ular shaklni va o'zlari 
tanlagan buyumni ko'rsatishadi. 
Mashqlarni "Xuddi shu shakldagi buyumni top", "Men nimani aytsam, shuni 
top", "Topshiriq" va boshqa o'yinlar shaklida o'tkazish maqsadga muvofiq. 
Tarbiyachi har qaysi shakldagi buyumdan ikki-uchtadan tanlaydi. Asta-sekin ularning 
miqdorini to'rt-beshtaga etkazish mumkin. 



Download 1,04 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish