Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

3-§.Katta guruh 
Kattalik.Katta guruhda ishlash bolalarning masofalarining har xil turlari haqidagi 
tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. 
“Uzunlik”,”kenglik”,”Balandlik”,”qalinlik”(“yo`g`onlik”) 
buyumlarning 
kattaliklarida mustaqil orientir olish tushunchalarini egallab olish,ularni taqqoslash
va kattaliklar bo`yicha munosabatlarini tushinib olish imkonini beradi. 
Buyumlar orasida kattalik bo’yicha konkret munosabatlarni o’rnatish tajribasi 
qanchalik boy va turli tuman bo’lsa, keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni 
umumlashtirishga,konkret tavsiflarni abstrakt ta’riflarga, ya’ni “teng”, “ortiq”, “kam” 
(“katta”, “kichik”) tushunchalariga o’rgatish shunchalik oson bo’ladi. 
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar 
masofalarining bir turi bilan farq qiladigan holda,keyinroq masofalarning ikki turi, 
nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o’rganadilar. 


Shu asosda qaysi hollarda buyumlar katta va qaysi hollarda kichik deb atalishi 
tushunchasi beriladi. Agar buyumlar bir xil o’lchamdagi masofalar bilan farq qilsa, u 
holda ushbu aniq so’zlar ishlatiladi: “uzun”, “qisqa”, “keng”, “tor” va b. 
Agar buyumlar ikki–uch masofa turlari bilan farq qiladigan bo’lsa, ularni katta va 
kichik deb aytiladi: katta va kichik matryoshkalar, katta va kichik qog’oz varog’I va 
b. 
Bolalar kattalikning o’zgaruvchanlik, taqqoslanuvchanlik, belgini aniqlashdagi 
nisbiylik (qizil lenta ko’k lentadan uzunroq, ammo oq lentadan kaltaroq) kabi 
xossalari bilan tanishadilar, buyumning kattaliklari bo’yicha munosabatlarining bir 
qiymatli va o’zaro teskari xarakterini tushunib yetadilar. 
Bolalarni kattaliklarning tartiblangan xossalari bilan tanishtirish mumkin bo’lib 
qoladi. 
Buyumlar bolalarning kattaliklarini o’sib boorishi, kamayib borishi tartibida 
joylashtirish bo’yicha mashq qilib, seriatsion qatorning yo’nalganligining aniqligi, 
alomatni aniqlashdagi nisbiylik, qatorning qo’shni hadlari orasidagi farqlarning 
tengligi kabi xossalarni bilib oladilar. Mumosabatlar tranzitivligini o’rnatishga katta 
ahamiyat beriladi.
Bu bolalarni har qanday buyumning kattaligini bir xil kattaliklar qatorida aniq 
o’rinni egallovchi kattalik deb qarashga o’rgatib, bolalarning buyumlarning 
kattaliklari bo’yicha orientir olish malakalarini takomillashtiribgina qolmay, balki 
ularning matematik–va umumiy aqliy rivojlanishlariga ham imkon beradi. 
Bolalarning ko’z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ish 
yuqoridagi ishlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. 
O`qituvchining 
bir 
qator 
usullarini 
keltiramiz,bu 
usullar 
,bizning 
fikrimizcha,bolalarni kattaliklarning xossalari bilan muvaffaqiyatliroq tanishtiribgina 
qolmay,balki bolalarning fikrlash qobilyatlarini ham rivojlantiradi. 
Bir alomatni ajratish bu alomatni boshqa alomatlar bilan taqqoslash bilangina 
amalga oshishini hisobga olib ,masofaning har xil turlari bilan tanishtirishni juft, 
qarama-qarshi tushunchalarni taqqoslash asosida amalga oshiramiz: uzunlikni kenglik 
bilan,chuqurlikni balandlik bilan ,qalinlikni balandlik va kenglik bilan taqqoslaymiz. 
Har bir yangi tushunchani tanish(ma`lum) tushunchalar sistemasiga ,qarama-
qarshi tushunchalarni hamda bolalar hali yaxshi o`zlashtirmagan tushunchalarni 
taqqoslash shu taqqoslash shu tushunchalarni muvaffaqiyatli mustahkamlashga 
imkon beradi. 
Yangi materialni dastlabki idrok qilish qanday ahamiyatga egali ma`lum. 


Yangi parametrni ajratish uzunlik alomati kontrast bo`lgan (yorqin ifodalangan) 
va ko`p bo`lgan buyumlarda amalga oshiriladi.Masalan,uzunlik va kenglik bilan 
tanishtirishda qog`oz poloskalari,lentalar va boshqa narsalar taqqoslanadi. 
Tajriba bolalar uzunlik,kenglik,balandlikni aniq yo`nalishda qo`l yordamida 
belgilanganlarida har xil turdagi masofalarni farq qilish ancha ancha yengil bo`lishini 
ko`rsatmoqda. 
Masalan,uzunlikni qo`lni buyum bo`ylab chapdan o`ngga o`tkazish bilan 
,kenglikni qo`lni yuqoridan pastga qarab ko`ndalang o`tkazish bilan, balandlikni 
qo`lni 
pastdan 
yuqoriga 
o`tkazsih 
bilan 
ko`rsatishadi.Buyumlarning 
uzunliklari,kengliklari,balandliklarini,shuningdek 
o`lchamlardagi 
farqlarni 
bir 
qo`lning ochilgan barmoqlari yoki ikkala qo`lni ochib ko`rsatishdan keng 
foydalanishadi. 
Brusokning,silindrning holatini o`zgartirib,bolalar bir xil masofaning o`zi 
narsaning gorizontal holatida uzunlik deb atalishini,vertikal holatida esa balandlik 
deb atalishini ko`radilar. 
Berilgan mashqlar masofalarninghar xil turlarini aniq differensiallash(farq 
qilish) malakasining hosil bo`lishiga imkon beradi,bolalarning ko`zi bilan chamalash 
xususiyatlarini rivojlantiradi. 
Buyumlar 
bilan 
bir 
qator 
mashqlar 
bajarganlaridan 
keyin,bolalar 
umumlashtirishga o`rgatiladi.”Uzunlikni (kenglikni,balandlikni) qanday ko`rsatish 
kerak” yoki “Bu uzunlik ekanini Siz qanday bildingiz?”nkabi bolalarga qaratilgan 
savollar bilimlarni mustahkamlaydi. 
Bolalarning balandlik haqidagi savolga bergan tahminiy javoblarini keltiramiz :” 
Balandlik bu pastdan yuqoriga qarab turishimizdir”,”Balandlik bu pastdan yuqoriga 
qo`lni o`tkazish mumkinligidir”.Aniqlashtiramiz:”Buyumlarning balandligini 
aniqlash uchun yo qo`lni pastdan yuqorigacha o`tkazish,yo buyumlarning asosidan 
yuqori qirrasigacha ko`z bilan qarab chiqish kerak”. 
Taqqoslash yo`li bilangina boalalrning e`tiborini buyumlarning kattaliklari 
bo`yicha nisbatlarini topishga qaratish mumkin,chunki kattalikni idrok qilish jarayoni 
o`lchash jarayonidir. 
Bolalar taqqoslashni ustiga qo`yish,yoniga qo`yish yoki o`lchovda o`lchash yo`li 
bilan amalga oshiriladi. 
Bolalar bilan birgalikda buyumlarni bir-birining ustiga,yoki yoniga qanday 
to`g`ri qo`yish,qanday hollarda ustiga , yoki yoniga qo`yish usulidan foydalanish 
aniqlanadi. 


Keyinchilik taqqoslashda hamma buyumlarni ham bir-birining ustiga yoki 
yoniga qo`yish mumkin bo`lavermasligini aniqlashadi.Masalan,shkaf bilan bufet 
balandliklarini taqqoslashda shunday bo`ladi.Buning uchun har qaysi buyumni biror 
narsa bilan o`lchash va o`lchovlarni taqqoslash kerak. 
Shundan 
keyin 
o`lchov 
sifatida 
nimalardan 
foydalanish 
mumkinligi 
aniqlanadi.Masalan:tayoq,kanop,lenta,qo`l 
barmoqlaridan 
o`lchov 
sifatida 
foydalanish mumkin. 
Buyumlarning uzunligini,kengligini aniqlashda o`lchovdan qanday to`g`ri 
foydalanish ko`rsatiladi.Bunda bolalarning e`tiborini uzunlikni aniq bir qirradan 
boshlab ikkinchi chekkadagi qirrada tamomlash,o`lchovni to`g`ri chiziq bo`ylab 
qo`yish kerakligiga qaratiladi. 
Shunday qilib,bolalar har xil taqqoslash usullaridan ,shuningdek bilvosita 
taqqoslashdan , ya`ni o`lchashdan foydalanib,buyumlarni taqqoslashni o`rganadilar. 
Tarbiyachi shartli olingan o`lchovdan foydalanib,boalarni buyumning nisbiy 
kattaliklarini aniqlashga o`rgatadi.Buyumlarning nisbiy kattaliklarini topishga 
bevosita va bilvosita taqqoslash usullarini qo`llab bo`lmaydigan vaziyat vujudga 
keltiriladi.Masalan,shkaf yoki eshik baland ekanini aniqlash.Shartli olingan o`lchov 
(qog`oz poloska,lenta,tayoq va b.)dan foydalanib,shkaf va eshikning balandliklari 
o`lchanadi.Bolalar shartli olingan o`lchov shkafning balandligi 6 marta ,eshikning 
balandligiga 7marta joylashganligi uchun eshik shkafdan baland degan xulosaga 
keladilar. 
Katta guruhga bolalar uzunlik va balandlikni aniqlagan mashg`ulotning bir 
qismini keltiramiz. 
Tarbiyachi.Bugun katta guruh bolalari katta uy qurishadi,ular ko`p qurilish 
materiallariga 
ega 
bo`lishlari 
kerak.Ularga 
ayniqsa,uzunligi 
3shartli 
o`lchovga,balandlikligi esa 1shartli o`lchovga teng bo`lgan brusoklar (tangachalar) 
kerak.Har biriningizning oldingizda o`lchov va brusoklar turibdi.Ularni o`lchang va 
keraklarini ajrating.Brusokning uzunligi nechta shartli o`lchov joylashishi kerak 
Bolalar. 3 ta shartli o`lchov. 
Tarbiyachi. Brusokning balandligiga nechta shartli o`lchov joylashishi kerak. 
Bolalar. 1 ta shartli o`lchov. 
Tarbiyachi. O`lchovlarni oling va ular bilan brusoklarni o`lchang va kerakli 
brusoklarni ajrating(Bolalar topshiriqlarni bajarishdi,tarbiyachi ba`zi bolalarga 
yordam berdi). 


Miqdoriy bahoni tarkib topishi jarayonida bolalarda ko`z bilan chamalash 
rivojlanadi.Shu maqsadda bolalarni idrok qilinadigan o`lchamlarning kattaliklari 
yaxshi ma`lum buyumlar yoki harakatlar bilan taqqoslash (3 qadamga teng 
uzunlik,odam bo`yicha balandlik va b.)ga o`rgatish lozim. 
Shu 
vaqtning 
o`zida 
tarbiyachi 
bolalarning 
e`tiborini 
buyumlarning 
uzunlik,balandlik,qalinliklari bo`yicha o`rganishlariga qaratadi.Bu o`zgarishlarni “bu 
kalta”,”qalinroq’’,”balandroq” kabi so`zlar bilan to`g`ri ifodalashga o`rgatish kerak. 
Tarbiyachi ta`lim jarajonida bolalar kattaliklari miqdoriy bahosi borasida 
o`zlashtirilgan bilim va malakalarini taqqoslashda ,har xil hayotiy vaziyatlarda 
ulardan foydalanishga o`rgatishdan boshlandi.Bolalarning ko`z bilan chamalash 
malakalarini rivojlanishiga alohida e`tibor berish kerak.Sayllarda bolalari e`tiborini 
masalan,yo`l va yo`laklarning(qishloq sharoitlarida)kengligiga,balandliklari bo`yicha 
teng va har xil bo`lgan daraxt va uylarga yo`g`on va ingichkaroq daraxtlar tanalariga 
va boshqa narsalarga qaratish mumkin.Ta`lim jaroyinida bolalar e`tiborini miqdoriy 
baholarning nisbiyligiga ularning taqqoslanayotgan buyumlarning kattaliklariga 
bog`liq ekanligiga qartish kerak.Bu kattalik bahosini ayni matematik jihatdan 
tushunish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki,biror amaliy topshiriq shaklida berilgan 
taqqoslashlarni masalan,ma`lum uzunlikdagi,kenglikdagi balandlikdagi buyumlarni 
taqqoslash,yoki tanlash uchun juftini topish kabi topshiriqlarni bolalar katta qiziqish 
bilan bajaradi. 
Bolalar uzunligi,kengligi,balandligiga namuna sifatida berilgan buyumning uzunligi 
,balandligi ,kengligi,teng,ya`ni bitta yoki bir nechta masofa bo`yicha buyumlarning 
topishlari 
yoki tayyorlashlari kerak 
bo`ladigan 
buyumlarning kattaliklari 
tenglashishga doir mashqlar shunday mashqlardir. 
Bunday topshiriqlarni bajarishda bolalarning ancha qiyin tahlili amalga 
oshirilishlariga buyumlardan qaysisi namuna bilan tenglashtirishga to`g`ri kelishlarini 
o`rganishlariga va buyumlarini qaysi yo`l bilan tenglashtirish mumkin ekanini 
aniqlashga t`o`gri keladi. 
Bolalarni tenglashtirishning 2 usulini ,ya`ni buyumni kichiklashtirish yoki 
kattalashtirish yo`li bilan tenglashtirish usullarini topishga qiziqtirish kerak.Buyunlar 
tartiblangan qatorning ko`p sondagi buyumlar kattaliklarni taqqoslashga doir 
mashqlarga ham katta ahamiyat beriladi. 
Bolalarning o`rta guruhga egallagan ko`nikmalariga asoslanib biz ularga 
buyumlarni ularning kattaliklari ortib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qilamiz. 


Bolalar dastlabki qatordagi eng katta yoki eng kichik elementlarni (eng uzun yoki 
eng qisqa poloskani)topadilar. 
Shundan keyin bolalar qator bo`ylab buyumlarning kattaliklarini aytib 
yurishadi,biz bu qatorni obrazli qilib “zinacha” deb atadik:eng qisqa,eng 
uzunroq,yanada uzunroq,eng uzun yoki uzun,qisqa,yanada qisqa va h.k., nihoyat eng 
qisqa.Shu yo`l bilan biz tarbiyalagan qator yo`nalishi aniqligini ta`kidlashga harakat 
qilamiz. 
Qatordagi buyumlardan bittasi bolalarga ko`rsatiladi va uni qo`shnilari bilan 
taqqoslash taklif qilinadi.Ular qaysi buyum katta va qaysi buyum kichik ekanligini 
taqqoslaydilar:qizil poloska,ko`k poloskadan uzun ammo yashil poloskadan 
qisqaroq. 
Shundan keyin buyumlardan keyingi kattaligini o`zidan oldingi va o`zidan keyingi 
buyumlar bilan taqqoslashni o`rgatamiz.(Qizil lenta,ko`k lenta,sariq lentalardan 
uzunroq,ammo yashil,havorang,jigarrang lentaladan qisqa). 
Bir nechta mashq natijasida bolalar buyumlarning tartibi bilan joylashtirish 
qoidasiga mustaqil kelibgina qolmay,balki eng muhimi,tartiblangan qator buyumlarni 
kattaliklarini aniqlashdagi nisbiylikni tushunib yetadilar. 
Tartibi bilan qo`yilishi kerak bo`lgan buyumlarni qanday tanlash kerak degan 
savolga 
bolalar,har 
gal 
buyumlar 
orasidan,buyumlarning 
qaysi 
tartibda 
joylashtirishga qarab eng uzunini yoki eng qisqasini tanlash kerak degan to`g`ri javob 
beradilar. 
Bolalar buyumlarni tartiblashni amalga o`rgatib olishgnlaridan keyin biz ular 
e`tiborini qatorni qo`shni buyumlari kattaliklari orasidagi farqning tengligiga 
qaratamiz. 
Buning uchun oldin qo`shni buyumlar kattaliklari orasidagi farq o`lchov bilan 
o`lchanadi va istalgan buyum qo`shni buyumlardan bir o`lchov katta yoki kichik 
ekani aniqlanadi.Shundan keyin buyum qo`shni buyumlarning birining qancha katta 
bo`lsa,ikkinchisidan shuncha kichik bo`lishi o`rgatiladi. 
Keyinroq xuddi shu maqsadda,bir nechta o`lchovni qo`yish va o`lchash natijasida 
hosil bo`lgan sonlarni taqqoslash usulidan foydalaniladi.
Bolalar har xil uzunlikdagi beshta poloskani tartib bilan qo`yishadi,o`lchovni ketma-
ket qo`yish bilan ularni o`lchashadi,o`lchash natijalarini taqqoslashadi.Har bir 
poloska qo`shnisidan bir o`lchov uzun yoki bir o`lchov qisqa ekani aniqlanadi. 
Bunday mashqlar bir vaqtning o`zida (ya`ni parallel ravishda) bolalarning qo`shni 
sonlar borasidagi bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. 


Shunday qilib,tartiblangan qator bilan ishlash jarayonida bolalar kattalikning 
qator yo`nalishining aniqligi qator qo`shni hadlari orasidagi farqning tenglik 
alomatining aniqlashdagi nisbiylikdagi xossalrini tushunib egallaydilar. 
Bu haqda bolalarning qatorni oraliq elementidan boshlab tuzish,oraliq yoki 
tushurib qooldirilgan elemnt o`rni topish kabi topshiriqlarni muvaffaqiyatli 
bajarganliklari guvohlik beradi.Bu topshiriqlar” nima o`zgardi?”,”nima yo`q bo`ldi?” 
kabi o`yinlar shaklida o`tkaziladi.Masalan,hosil bo`lgan qatorda sanoq bo`yicha qaysi 
poloska yetishmaydi yoki sanoq bo`yicha qaysi poloska ortiqcha? 
Kattalik bilan tanishtirishda amalga oshirishda bolalarning ko`z bilan chamalash 
malakalarini rivojlantirishga katta e`tibor beriladi.Katta guruhda oddiy ko`z bilan 
chamalash(katta yoki kichik buyumni topishga yoki berilgan namunaga qaralganda 
kattaliklari bo`yichaga teng bo`lgan buyumlarni topish)ga doir masalalar taklif 
qilinadi.Bolalar bu masalalarni oddiy ko`z bilan chamalab yechadilar,undan keyin esa 
ustiga qo`yish va yoniga qo`yish usullaridan foydalanib tekshiradilar. 
Buyumlar kattaliklarinitenglashtirish ,kattaliklar orasidagi farqni topishga doir 
qiyinroq masalarni bolalar oldin amaliy yo`l bilan yechadi,ya`ni bir buyumni 
ikkinchisining ustiga yoki yoniga qo`ib ortiqcha yoki yetishmayotgan bo`lakni 
aniqlash bilan yechadilar. 
Keyinroq bolalar shu masalalarni ko`z bilan chamalab yechishni o`rgandilar. 
Bolalar maxsus tanlangan buyumlar orasidan kattaligi bo`yicha teng buyumlarni 
topishni o`rgandilar,so`ngra esa atrofdagi buyumlar orasidan namunaga teng buyumni 
izlaydilar. 
Buning uchun ushbu mashqdan foydalaniladi:”Uzunligi, kengligi,balandligi 
bo`yicha teng buyumlarni top va ayt.Kattalikni to`g`ri topganligini shartli o`lchov 
bilan tekshiramiz”. 
Tartiblangan kattaliklar qatori xossalarini o`zlashtirishi asosida tasavvuriga ko`ra 
buyumlarning kattaliklari aniqlash va taqqoslashga doir mashqlarga o`tamiz.Bu 
sistemani o`rganishda bolalarga bir jinsli buyumlar qatorida aniq o`rinni egallovchi 
har qanday buyumni topish imkonini berishni nazarda tutamiz.Shu munosabat bilan 
bolalardan u yoki bu buyum (qalam,piyola,koptok va b.)ning kattaligini qanday deb 
so`raladi. 
Shu bilan parallel ravishda bolalar o`zlariga tanish buyumlar kattaliklarini eslab 
qolishga doir mashq qildiriladi:bog`chamizning atrofidagi devorning balandligi 
qanday? Va h.k.Bolalarga har xil , ya`ni lenta,qalam, va b. Buyumlar beriladi ulardan 
xuddi shunday o`lchamdagi buyumlar aytilishlari talab qilinadi.Bunday topshiriqlar 


beriladi:”Shunday ikkita buyumni aytki,ulardan biri ikkinchisidan baland , uy 
devoridan baland ,past,keng,tor,uzun,qisqa deyish mumkin bo`lsin”. 
Bolalar odatdagidek o`rtoqlarini talabchanlik bilan tinglaydilar,bahslashadilar,o`z 
mulohazalarini aytadilar,demak, mulohaza yuritishni o`rganadilar. 
Bolalar olgan bilimlarga mos so`zlarda mustahkamlanishi qanchalik muhim ekani 
ma`lum.Shu sababli ish jarayonida bolalar nutqining o`sishiga katta ahamiyat 
beriladi. 
Bolalar buyumlarning kattaliklarini to`g`ri aytishni o`rgandilar.(oq sharf tor,qizil 
sharf esa keng),buyumlarni taqqoslashda sifatlarning qiyosiy va chog`ishtirma 
darajalardan foydalaniladi:baland,past,keng,tor,uzun,qisqa,qalin,yupqa,eng uzun. 
Munosabatlarning o`zaro teskari xarakterda ekanligini tushunmoq uchun nutqda 
buyumlarning kattaliklari bo`yicha o`zaro teskari bog`lanishda bo`lishlarida aks 
ettishda o`rgatiladi:qizil qalam ko`k qalamdan uzun,ko`k qalam esa qizil qalamdan 
qisqa. 
Bunday ish bolalar bilan kattalarning nisbiyligi haqidagi tushunchani o`rganishda 
amalga oshiriladi; uchinchi matroshka ikkinchi birinchi matroshkadan kichik,ammo 
to`rtinchi,beshinchi,oltinchi matroshkalardan katta. 
Buyumlarning kattalari bo’yicha munosabatlari nutqda aks ettirish ishning 
boshlang’ich bochqichlarida bolalari qiyinchilik tu’gdiradi, Ana shu yerda savollarni 
aniq qo’yishgina emas,balki ularni bo’lib berish ham muhimdir.Masalan bolalar qizil 
va ko’k lentalar uzunliklarini taqqoslashadi: “Eng uzun lenta qaysi rangda ?” 
Shundan keyin qiyinroq savollarni beramiz:”Ko’k lentaning uzunligi haqida nima 
deyish mumkin?Qizil lentaning uzunligi haqidachi?” 
Shundan keyingina umumlashturuvchi savollarga ham o’tiladi:”Bu lentalarni 
uzunliklari haqida nima deyish mumkin?” ,”Lentalarning kattaliklari taqqoslang” 
,”Lentalar nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq qiladi?” 
Qo’yilgan savolga aniq javob olishga erishmoq kerak. 
Har xil ish usullari va didaktik materialni almashtirish v a tarbiyachiga har qaysi 
bolaning anoiq javobni mustaqil izlashda mashq qildirish imkonini beradi.Bola juda 
qiynalib qolganida,o’rtog’ining javobini qaytarishga ruxsat beriladi. Bolalar o’zlari 
bajarayotgan ishning mazmunini tushunib yetganidagina ,ularning taffakkurlash 
qobiliyatlarini o’stirish imkoniyati yaratiladi. Ishni bajarishgina emas ,balki nima 
qilayotganini gapirib berish muhimdir .Shu sababli bollardan nima qilganini ,qanday 
qilganlarini va natija nimadan iborat ekanligini so’zlab berishni talab qilish maqsadga 
muvofiq. 


Bolalar ishlash usullarini o`zlashtirib olganliklariga qarab ular ishlarni oldindan 
rejalashtirishga majbur qiladi.Masalan,bolalarga buyumlarning kattaliklariga qarab 
guruhlash topshiriqlarini berib,oldindan kattaliklarning qaysi alomatlari bo`yicha 
yoki buyumlarning qaysi alomatlari bo`yicha guruhlarga bo`lish mumkinligini o`ylab 
ko`rish taklif qilinadi. 
Biroz keyinroq bu topshiriq bilan bir vaqtda buni qanday bajarishni,u yoki bu 
guruhga qaysi buyumlar oidligi va nega shunday bo`lishini gapirib berish taklif 
qilinadi. 
Dastlabki, 
shunday 
tahlildan 
keyingina 
bolalar 
tegishli 
ishlarni 
bajarishadi;guruhlarga ajratishni amalga bajarib,o`z javoblarining to`g`ri ekanligini 
isbotlashadi. 
Bu xil topshiriqlar bolalardan vaziyatni sinchiklab tahlil qilishni buyumlarni tanlash 
qoidasini 
oydinlashtirish(sintez)ni 
talab 
qiladi,ularni 
klassifikatsiyalash,umumlashtirish 
bo`yicha 
mashq 
qilish 
imkonini 
beradi.Demak,bolalarning mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi. 
O`tkazilgan 
ish 
natijasida 
yil 
oxiriga 
kelib 
bolalar 
buyumlarning 
uzunligi,kengligi,balandligi,qalinligini 
yaxshi 
farq 
qiladilar,kattaliklarni 
taqqoslashning har xil usullardan foydalaniladilar va bularni baholash uchun aniq 
ifodalashni qo`lladilar,o`z yechimlarining to`g`riligini isbotlay oladilar,buyumlarning 
kattaliklarini koz bilan chamalab,ancha aniq topa oladilar. 
Bolalar kattaliklar haqidagi o`z bilimlarini har xil (tasvirlash,o`yin,mehnat) 
faoliyatlarida qo`llashlari mumkin. 
Mazkur ish bolalarning idrok qilish va fikrlash qobilyatlarining rivojlanishiga katta 
ta`sir qiladi. 
Bolalar kattalik alomatlari bo`yicha buyumlarni taqqoslay olish,umumlashtirish 
malakalarni egallab oladilar.Kattaliklar orasidagi o`zaro teskari munosabatlarni 
aniqlay olish,bir yoki bir nechta alomatiga ko`ra buyumlarni tartibga solish va 
guruhlashning uddasidan chiqa oladilar. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish