III.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NARSALARNING




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

III.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NARSALARNING 
KATTALIGI VA SHAKLI HAQIDAGI TASAVVURLARNI TARKIB 
TOPTIRISH 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bog`chada elementar matematik tasavvurlarni
tarkib toptirishda dasturning “Kattalik” bo`limida narsalarni kattaliklari bo`yicha 
taqqoslash malakalarini,o`lchash faoliyatlarini amalga oshirishga,narsalarning 
shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga kata ahamiyat beriladi. 
Bu masalalarni qarashda funksional propedevtika amalga oshiriladi,funksiya g`oyasi 
esa maktab matematikasida markaziy g`oya hisoblanadi. 
Qo`llanmaning bub o`limining maqsadi talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarni 
kattaliklar,o`lchash faoliyati,narsalarning shakli bilan tanishtirish uslubiyatini 
o`rgatishdn iborat. 
Bu bo`limda kattaliklarning asosiy xossalari ochib beriladi ,kattaliklar bilan 
ishlashning uslubiy usullari qaraladi,o`z-o`zini nazorat qilish uchun topshiriqlar 
beriladi. 
Talaba bu bo`lim materiallaridan foydalanib laboratoriya va nazorat ishlarini bajarishi 
, bu masala bo`yicha sinov va imtihonlarga tayyorlanishi mumkin. 
Kattaliklar.Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning 
kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma`lum o`rinni egallaydi. 
Har qanday buyumga to`g`ri to`liq tavsifnoma berishda buyum kattaligining 
ahamiyati 
uning 
boshqa 
asosiy 
xususiyatlarining 
ahamiyatidan 
kam
emas.Taqqoslash asosidagina buyumning kattaligini ta`riflash mumkin. 
Rus matematigi metodisti D.Galanin “kattalik” tushunchasining ma`nosini bunday 
ifodalagan: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga 
aytiladiki,bu xususiyat bo`yicha buyumlarni biir-biri bilan taqqoslay olamiz,bu 
xususiyat har xil buyumlarda har xil miqdorda bo`lishi mumkin”.Buyumlarning 
taqqoslashning mezonlariga ko`ra ularning kattaliklari,tengligini yoki tengsizlik 
munosabatini 
aniqlaydi.Ammo 
har 
doim 
ham 
buyumlar 
bevosita 


taqqoslayvermaydi.Bu 
o`rinda 
idrok 
qilinayotgan 
buyumning 
kattaligi 
umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi,bu obrazda buyumlarni amalda farqlash 
tajribasi tugallangandek bo`ladi. 
Kattalik,shuningdek,o`zgaruvchanlik bilan ham xarakterlanaveradi.V.V.Davidov 
bunday deydi:”o`lchamlar- obyektning shunday holatiki,u ma`lum chegaralargacha 
o`zgara borib,aqalli berilgan alohida obyektni o`zgartirsa ,ham ,ammo uning tur 
,boshlang`ich sifatida o`zgartirmaydi”.stol uzunligining o`zgartirishi uning 
kattaliginigina o`zgartiradi,ammo uning mazmunini va sifatini o`zgartirmaydi,stol 
stolligicha qolaveradi. 
Kattalikning uchunchi xossasi nisbiyligidir,Haqiqatdan ham,bir buyumning o`zi 
kattaligi bo`yicha qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga qarab,kata yoki kichik 
deb aniqlashi mumkin.Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki,kattalik buyumning 
shunday xossasiki,uni buyumdan ajratib ,alohida tasavvur qilib bo`lmaydi.Kattalikni 
buyumdan ajratib bo`lmaydi. 
Buyumning kattaligini idrok qilib,biz buyumning hajmi borasida to`liq 
mo`ljal(orientir)olamiz (va shundagina uni (katta-kichik”so`zlari bilan aniqlaymiz) 
yoki alohida uzunliklarning (uzunligi,kengligi,balandligi)nisbati haqida ma`lumotga 
ega bo`lamiz.Bunda subyekt uchun har bir konkret holda amaliy ahamiyatga ega 
bo`lgan uzunlik ko`p holda kattalikni aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.Bu 
holda kattalikning “baland”,”past”,”uzun”,”yo`g`on” kabi aniq ta`riflaridan 
foydalanadilar(“Bolaga 
past 
stul 
kerak”,”Mashinalar 
keng 
yo`ldan 
bormoqda”,”Baland archa sotib olishdi” va h.k.) 
Bir qator buyumlar borki,ular uchun “katta-kichik”atamalarini ishlatib 
bo`lmaydi.Masalan,lenta 
uzun,qisqa 
,keng 
yoki 
ingichka(tor) 
bo`lishi 
mumkin;sakragich esa uzun yoki qisqa bo`lishi mumkin va h.k. 
Shu 
bilan 
birga 
kuzatishlar 
va 
maxsus 
tekshirishlar 
shuni 
ko`esatmoqdaki,maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar buyumlarning kattaliklarini 
aniqlashda 
“katta-kichik”,”ortiq-kam” 
so`zlaridan 
foydalanishni 
afzal 
ko`radilar.Buning sababi,birinchidan,bolalarning buyumning alohida uzunliklari 
(uzunligi,kengligi,balandligi)ni 
differensiallashtira 
olmasliklari,ular 
orasida 
o`lchamlik munosabatlarini o`rnata olmasliklari,ularning har birini so`zlar bilan 
aniqlay olmasliklari,ikkinchidan,kattalarning o`zlari ko`pincha kattalikning aniq 
ta`rifi 
o`rniga 
juda 
umumiy 
bo`lgan 
“katta-kichik”atamalarini 
ishlatishlaridir.Demak,buyumlarning kattaliklarini aynan bir xil aniqlash uchun 
bolalarga buyumlardagi uzunlik parametrlarini ajratish va ular orasida mos 
munosabatlarga sonlargina aniqlik berish mumkin. 


Shu munosabat bilan bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarini tarkib toptirish 
bilan bir vaqtda ularning son haqidagi tasavvurlarini va hisoblash malakalarini 
rivojlantirib boorish samaraliroq bo`lishi mumkin.Shu sababli bolalarda kattalik 
haqidagi bilimlarni tarkib toptirishning quyidagi sistemasini maqsadga muvofiq,deb 
hisoblash mumkin:masofa parametrlarini differensiallashtirish va ular orasidagi 
o`lchov 
munosabatlarini(o`lchashlar 
yordamida) 
o`rnatishdan 
buyumlarning 
kattaliklarini butunicha hajm bo`yicha baholash va aniqlashga olib kelish 
kerak,chunki E.G.Vasuro bunday ko`rsatadi:”Haqiqiy umumlashtirish obyektlarni 
shu obyektlarning muhim xususiyatlari bo`yicha differensiallashtirilgandan keyingina 
amalga oshadi”Buyumlarning kattaligini butunicha aniqlashning muhim xususiyati 
masofa parametrlarining o`lcham munosabatlaridan iboratdir. 
Makatbagacha yoshdagi bolalar kattaliklarining miqdoriy bahosini bilish zarurati 
bilan 
har 
doim 
kundalik 
hayotlarida,har 
xil 
mashg`ulotlarda,mehnat 
faoliyatlarida,o`yinlarda duch keladilar.Ammo bu bilimlar maxsus o`rgatilguncha 
qadar tarqoq va aniqmas bo`ladi.Chunonchi,bolalar”katta” tushunchasini tasavvur 
qilishida 
har 
qanday 
katta 
miqdor 
xarakteristikasini(yuqori,baland,keng,chuqur)qo`shib yuboradilar,masalan,”uzunroq” 
deyish o`rniga bolalar “katta” deyishadi,”kichik”ni bolalar “past”,”tor” va h.k. deb 
tasavvur qilishadi. 
“Teng” degan tasavvurni bolalar nutqidan “bir xil” degan tasavvur siqib 
chiqargan,”bir xil” so`zi nihoyatda keng ma`no kasb etadi: bolalar bu so`z bilan 
buyumlarning rangi,shakli,tayyorlangan materiali,ba`zan esa kattaligi va miqdori 
bo`yicha taqqoslash natijalarini belgilaydilar. 
Tasavvurning 
bunday 
aniqmasligi 
matematik 
aniqlikning 
va 
kattalik 
ta`rifining,buzilishiga sabab bo`ladi.Bundan tashqari ,bolalarning maktabda o`qishga 
tayyorliklarini tekshirish shuni ko`rsatadiki,kattalikning noaniq miqdoriy baholanishi 
mavjud bo`lganda ular(ayniqsa,maktabda o`qishning dastlabki paytlarida) atrof-
sharoitdan,daftar va kitob varaqlaridan fazoviy orientasiya olishda katta 
qiyinchiliklarga duch keladilar.Ba`zi o`quvchilar grafik ishoralarning kattaliklariga 
amal qiladilar.Bu malakalar o`qitish-o`rgatish jarayonida shakllanadi.Buyumlarning 
balandligi,uzunligi,kenglilari bo`yicha taqqoslay olishni bilish bolalarning bilim 
darajalarini anchagina oshiradi. 
Kattaliklarning miqdoriy baholarining shakllanishi miqdoriy munosabatlarni 
o`rganishda,har xil tushunchalarning,ya`ni son,geometric va boshqa tushunchalarning 
tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi. 
Kattaliklar miqdoriy baholarining shakllanish jarayoni bolalarning so`z_- terminlar 
(baland,tor va b.)ni egallash bilan bevosita bog`liq. 


Buyumlarning kattaliklari bo`yicha munosabatlarini tegishli belgilashlar bilan 
o`rnatish uslubiyati kattaliklarning miqdoriy baholarining har xil darajalarining tarkib 
topishining aniq sistemasini hisobga oladi, bu ma`lum izchillikda amalga oshirilishi 
mumkin. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NARSALARNING

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish