1-
IKKINCHI KICHIK GURUH .
Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalarini sanoqqa o’rgatishdagi bosh
vazifalardan biri bir to’plam elemantlarini ikkinchi to’plam elementlari bilan
taqqoslash , solishtirish yo’li orqali bolalarni to’plamlarni taqqoslashga
o’rgatishdan iborat . Bu dastlabki bosqich kelgusida sanoq faolyatini
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.Bola miqdoriy taqqoslash usullarini
egallaydi. Bola sanashni bilmaydi, shu sababli u oldin taqqoslanayotgan
to’plamlarning qaysinisi ko’p , qaysini kam ekanini , yoki ular teng quvvatli
ekanini aniqlashni o’rganadi . Bolalarda kelgusida matematik tasavvurlarni
rivojlantirish ko’p jihatdan sanoqqa o’rgatishning boshlang’ich davriga bog’liq.
Ikkinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarda to’plam alohida bir jinsli
elementar ( buyumli ) majmui haqidagi tasavvurni rivlantirishi kerak .
O’qitishni buyumlarning sifat , xossalarini ajratishga oid mashqlardan boshlash
kerak . Masalan , bir qancha o’yinchoqlar ichidan xuddi tarbiyachi qo’lidagidek
o’yinchoqni toppish taklif qilinadi , “Xuddi shunday kubchani ( bayroqchani ,
sharni ) ber “ . Shundan keyin har xil rangi ( o’lchamli, shakldagi ) 2 – 3 ta
buyum orasidan xuddi shu rangdagi ( o’lchamli,shakldagi ) buyumni tanlash
topshirig’I beriladi .
Navbatdagi bosqich berilgan belgi – alomatlari bo’yicha buyumlarni tanlash va
guruhlarga ajratishga oid mashqlardan iborat bo’lishi kerak . Masalan : “Qizil
rangli hamma kubchalarni mana bu qutiga sol , bu qutiga esa hamma kichik
matryoshkalarni yig’ “ , “ mana bunisiga esa hamma katta matryoshkalarni yig ’
” .Bunday mashqlar natijasida bolalar har xil buyumlarning umumiy belgilari
bo’yicha bir guruhga birlashtirish mumkin ekanini tushuna boshlaydilar : “
Bular qo’g’irchoqlar “ , “ Bular koptoklar “ , “ Bular bayroqchalar “ kabi.
Tarbiyachii bolalarni guruhdagi buyumlarning biror qismi uchungina umumiy
bo’lgan belgilarni ko’ra olishga o’rgatadi . Masalan , bayroqchalar ko’pligini ,
ammo ularning ba’zilari sariq , ba’zilari esa ko’k ekanini ko’rsatadi . ( Sariq
bayroqchalar ko’p , ko’k bayroqchalar ham ko’p ) .
Miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda bir jinsli ( bir xil ) buyumlardan
guruhlar tuzish va guruhni alohida buyumlarga ajratishga doir har xil o’yin –
mashqlar ma’lum o’rinni egallay olishi karak . Odatda bu o’yin – mashqlar
darsda ma’lum izchillikda o’tkaziladi .
Birinchi mashg’lotda bir xil o’lcham va rangli mutlaq aynan o’yinchoqlarning :
sabzilar , archalar , jo’jalarning majmuilari tuziladi , bunda guruhda bolalar
qancha ko’p bo’lsa , o’yinchoqlar ham shuncha bo’lishi kerak . Tarbiyachi
dastlab bolalarga bittadan o’yinchoq ulashadi , o’z harakatlarini ushbu so’zlar
bilan tushuntiradi : “ Menda archalar juda ko’p . Men bolalarning hammasiga
bittadan archa berib chiqaman . Menda bitta ham archa qolmaydi “ Shundan
keyin bolalarga murojaat qiladi : “ har biringizda nechtadan archa bor ? “
Shundan keyin tarbiyachi hamma o’yinchoqni yig’ib oladi , bunda u bitta ham
yoq ( bolada ) juda ko’p ( tarbiyachida)so’zlariga urug’ beradi .
Mashqni boshqa o’yinchoqlar bilan yana bir marta takrorlash mumkin . Har
gal tarbiyachi ko’p, bitta , bittadan, bitta ham yo’q , hech narsa yo’q so’zlarini
ishlatiladi ; Qancha? Qanchadan ?, -savollarini qo’yadi. Kichkintoylar buyumlarni
va ular qanchadanligini ( ko’p , bitta ) aytadilar . Mashg’lotning borishida bolalar
to’plam alohida buyumlarga ajralishiga va alohida buyumlardan tuzilishi
mumkinligiga ishonch hosil qiladilar .
Ikkinchi mashg’lot ham shunga o’xshash o’tkaziladi. Dastlab oldingi
mashg’ulotda foydalanilgan o’yinchoq turlarining biri bilan ish tashkil qilinadi
,keyin esa o’yinchoq yoki buyumlarning yangi xili olinadi , ularning bir xil
bo’lishi shart emas : ular turlicha o’lchamli va har xil rangli bo’lishi mumkin .
O’yinchoqlar guruhlariga ajratiladi , masalan, bir savatga sariq koptoklar ,
ikkkinchi savatga qizil koptoklar yig’iladi; katta baliqchalar katta idishga , kichik
baliqchalar kichik idishga solinadi .
Mashg’lotning borishida tarbiyachi umumlashtiradi . Masalan : “ savatda ( yoki
to’r xaltaga) koptoklar ko’p “, ammo “ katta to’r xaltada katta koptoklar ko’p ,
kichik to’r xaltada kichik koptoklar ko’p “ yoki “ Ariqda ko’p baliq suzib
yuribdi “ , yoki “Qizil yoki sariq qayiqchalar ko’p “ . Bu mashqlarni kamida
to’rt marta o’tkazish kerak . Bolalar to’plam alohida elementlardan iborat
ekanini bilib olganlaridan keyin, ular bir xil buyumlar guruhlarini mustaqil
ajratishni , tevarak – atrofdan alohida ( bitta ) buyumlarni va buyumlar majmuini
( ko’p ) mustaqil topishni o’rganadilar .
Xonada qanday buyumlar ko’p, qaysi buyumlar bittaligini ayta olish uchun
kichkintoylar murakkab fazoviy – miqdoriy tahlilni amalga oshiradilar, ya’ni
qandaydir bir buyumni ajratadilar . So’ngra unga diqqat bilan qarab qanday
buyumlar bor –yo’qligini qarab , bir xil buyumlarni yagona to’plamga xayolan
birlashtirishlari kerak .
A.M.Leushina bolalarda buyumlarning miqdoriy tomonlarini abstraklashtirish va
bir xil buyumlarini yagona to’plamga xayolan birlashtirish malakasini sekin –
asta rivojlantirish imkonini beradigan mashqlar tizimini ishlab chiqdi .
Kichkintoylarning “bitta” va “ko’p” tushunchalarini mustahkamlash uchun
ko’rsatilgan miqdordagi buyumlarni har xil rangli ikkita qatorga joylashtirishni
taklif qilish mumkin .
Tarbiyachi quyidagicha topshiriq beradi: “Chapdagi ko’k qatorga bitta jo’ja ,
undagi yashil qatorga ko’p jo’ja qo’ying “ .Qatorlarning o’rnini almashtirib
yoki har qaysi qatorga joylashtirish kerak bo’lgan buyumlar soni haqidagi
ko’rsatmani o’zgartirib , tarbiyachi bolalarni buyumlar miqdorini oldin qatorlar
rangi bilan , keyin esa ularning fazoviy joylashuvlari bilan bog’lashni o’rgatadi .
Shuningdek, kichkintoylar buyumlarning chapda , o’ngda , yuqorida , pastda bir-
biriga nisbatan qanday joylashganliklarini aniqlashni ham o’rganadilar.
Topshiriqni bajarib bo’lganlaridan keyin tarbiyachi bolalardan har qaysi qatorda
qanchadan o’yinchoq ( bitta yoki ko’p ) borligini so’raydi.Bu xil ishga kamida ikki
– uch mashg’ulot ajratiladi .
Tarbiyachi “Topshiriq “ o’yinini tashkil qilishi mumkin, bu o’yinda bolalar
to’plamni aniqlashni , buyumlarni mustaqil tanlashni o’rganadilar .Bu o’yin uchun
buyumlar birlik va ko’plikda berilmog’I lozim, masalan birinchi stolda bitta ,
ikkinchi stolda ko’p o’rdakcha qo’yish mumkin.Bolalar tarbiyachining topshirig’iga
ko’ra oldin ko’p , keyin esa bitta o’rdakchani olib kelishadi. Topshiriqni
qiyinlashtirish ham mumkin :bir stolning o’ziga bitta archa va ko’p qo’ziqorin
qo’yish mumkin . Bu galda bolalar o’yinchoqlarni olib kelmaydilar ,balki stolga
yaqin kelib , unda nimalarni ko’rayotganlarini gapirib berishadi.
O’yinchoq guruhlarini tobora har xil joyga , ya’ni: stollarga , deraza tokchalariga ,
gilamga joylashtirish mumkin . Topshiriqni bajarishdan oldin bolalarning e’tiborini
xonaning alohida joylariga ( deraza tokchasi , gilamning o’ng tomonidagi burchak va
b.) qaratish kerak , shundan keyin ularning o’zlari ham yaxshi orienter (mo’ljal)ola
boshlaydilar.
Bolalar avval “ko’p gullar” , “bitta daraxt” kabi soda gaplardan foydalanadilar .
Keyin ular ikkita soda gapni bitta murakkab gapga birlashtirishni o’rganadilar:
“gullar ko’p , daraxt esa bitta “ .
“Bitta” va “ko’p” tushunchalarni mustahkamlash uchun har xil usullardan
foydalanish tavsiya etiladi. Bolalarga ko’p marta chapak chalishni, bir marta
baland sakrashni , bolg’a bilan ko’p marta taqillatgan bo’lsa (2-3 martadan ko’p
emas ),shuncha marta taqillatishni taklish qilishi mumkin. Ritmik , bir tovushni
ikkinchisidan ajratib taqillatish kerak.Agar bolalar 2-3 ta tovushni ajratishga
qiynalishsa, u holda har qaysi urunishdan keyin: “ bir, yana bir, yana bir” deyish
kerak .
O’yinchoqlar va buyumlar bilan didaktik o’yinlar bajarish ma’qul , bu o’yinlar
jarayonida bolalar “bitta” va “ko’p” tushunchalarini bir-biridan farq qilishni
o’rganadilar .
“Qo’ziqorin terish “ o’yini . Tarbiyachi oldindan guruh xonasining har xil
burchaklariga taglikka o’rnatilgan archalarni qo’yadi , archalar ostiga esa
qo’ziqorinlarni qo’yadi . Shundan keyin bolalar bilan qo’ziqorin terishga boradi.
Har qaysi bolaning qo’lida savati bor . Tarbiyachi o’yin syujetini rivojlantiradi:
“Bolalar o’rmonga borishdi .Lola qizil qalpoqchali katta qo’ziqorin topdi . Shuhrat
esa kichkina qo’ziqorin topdi “ . Shundan keyin bolalarning hammasi bir yerga
to’planib, har qaysi bola topgan qo’ziqorinni stolga qo’yadi. Tarbiyachi
yakunlaydi : “har qaysingizda bittadan qo’ziqorin bor edi , endi ko’p qo’ziqorin
bo’ldi “ .
“Uloqchalar bilan echki “ o’yini.Bu o’yinning maqsadi ayrim elementlardan
to’plam tuzish bo’yicha mashq qildirish. O’yin boshlanishiga qadar
kichkintoylarni “bo’ri bilan yeti uloq “ eratagi bilan tanishtirish , echki bitta ,
uloqlar esa ko’p ekanini aniqlash , o’yinchoq echki bilan uloqlarni ko’rish .
Shundan keyin bolalardan kimdir ko’zini berkitadi , tarbiyachi esa uloqlarni
harjoyga berkitadi . Echki maraydi :” me-e ?” bola ko’zini ochib , uloqlarni qidira
boshlaydi . Tarbiyachi bunday deydi : “ Uloqlar shohdor echkidan yashirinishdi ,
qayerdasiz uloqchalar , jajjivoylar ? “ . Bola uloqni topib , bir so’zi bilan uni
stolga qo’yishi zamonoq echki yana ma’raydi : “ me-e ? “ . Tarbiyachi echki yana
bitta uloqni qidirishni so’rayapti , deydi . O’yin hamma uloq topilgunga qadar
davom etadi . Eng oxirida echki “Rahmat , endi uloqlar ko’p ularning hammasi
topildi “ , - deydi.
“Jajjivoy “o’yinini oldingi o’yinga o’xshash o’tkaziladi . Bitta mushuk va ko’p
mushukcha , bitta tovuq va ko’p jo’ja , bitta o’rdak va ko’p o’rdakcha bo’lishi
mumkin va h. k.
“Bitta va ko’p” tushunchalarni farq qildirish uchun sharlar , halqachalar ,
toshchalar va boshqa narsalar bilan o’yinni o’tkazish mumkin . Tarbiyachi stolga
“Bitta shar ( tugma , halqacha ) “ deydi . Shundan keyin buyumlar guruhlarini
ko’rsatadi va deydi : “ Ko’p narsalar ( tugmalar , halqalar ) . Tarbiyachi bolalarga
bittadan shar olishni taklif qiladi va shunday deydi : “ Naimada bitta shar , Jasurda
bitta shar , Vohidda bitta shar . Yana bitta shar kimda , ko’rsating . Har kim o’z
sharini stolga savatga , qutiga qo’ysin . Har kimda bittadan edi , endi nechta
bo’ldi ? Ko’p “ .
Bolalarga xaltachalar , savatchlar , qutichalar tarqatish va ularga oldin bitta
buyum , keyin esa ko’p buyum solishi taklif qilish mumkin .
“ Bitta “ va ko’p tushunchalarni mustahkamlash uchun o’yin – mashqlardan
foydalanish tavsiya etiladi . Tarbiyachi stolga bir varaq qog’ozni qo’yadi , uning
ustiga istalgan hayvon o’yinchoqlardan , masalan , olmaxonlarning bir nchtasini
( 5 – 6 tasini ) qo’yadi . Shundan keyin bolalarga murojaat qiladi: “ Maysarzoda
olmaxonlar ko’p . Men bitta olmaxonni mehmonga chaqiraman . Sen ham
chaqir . Iroda ( Said ), Iroda ( Said ) nechta olmaxonni chaqirdi ? Mendagi
olmaxonlar nechta? “ .
Bolalar navbati bilan to qog’ozda bitta ham o’yinchoq qolmaguncha bittadan
o’yinchoq oladilar . Tarbiyachi so’raydi : “ Maysarzoda nechta olmaxon qoldi ?
(bitta ham qolmadi ). Mendagi olmaxonlar qancha ? (ko’p) . Yana Maysarzoda
olmaxonlar ko’p bo’lsin uchun kelinglar bunday qilaylik . ( O’yinchoqlarni
oldingi joylariga qo’yadi ). Said ( Vohid) , senga nechta olmaxon qoldi ?
(Qolmadi ) . Maysarzoda olmaxonlar nechta bo’ldi? (Ko’p ) “ .
Bunday o’yin –mashqlarni boshqa hayvonlar to’plami bilan ham o’tkazish
mumkin , bular o’rdak bilan o’rdakchalar , ayiq bilan ayiqchalar , cho’chqa bilan
cho’chqachlar bo’lishi mumkin . Bu xil mashqlarning borishida bola har bir
guruh alohida buyumlardan iborat ekanini tushuna boshlaydi , guruhdan bitta
buyumni ajratishni , “ ko’p “ , “ bitta “ tushunchalarini farq qilishni o’rganadi . Bu
o’rinda mazkur tushunchalar bir-biriga qarshi qo’yilmaydi ( mana –ko’p , mana –
bitta ) , balki bir – biriga taqqoslanadi . “ Bitta “ guruhning tarkibiy qismi sifatida
qatnashadi . Bu mashqlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarga tez- tez “ qancha? “
savolini berishi kerak ; ularni ko’p , bitta , bitta ham yo’q so’zlarini ishlatishga
undashi kerak . Kichkintoylar javob berayotganida buyumlarning o’zini ham ,
ularning miqdrini ( bitta quyoncha, ko’p quyoncha ) ham aytishlarini talab qilish
zarur .
Mashug’ulotda har xil illyustrasiya materiallarning kiritilishi ham bolalarning
“bitta” “ko’p’’ tushunchalarni o’zlashtirishlariga yordam beradi. Chunonchi,
“Mushuk mushukchalari bilan”, “It bilan itchalar” rasmlariga qarab, bolalar bitta
mushuk va ko’p mushukchalar, bitta it va ko’p itchalar deyishadi, bolalar bitta
pomidor va ko’p kichik pomidorlarni topadilar.
Jismoniy tarbiya va musiqa, tasviriy faoliyatlariga oid mashg’ulotlarda bolalar
har doim “ko’p” va “ birlik” tushunchasi bilan uchrashadilar. Masalan, koptoklar
va cho’plar ko’p, xoda esa bitta, bayroqchalar va ro’molchalar ko’p, zina esa bitta.
Musiqa mashg’ulotida bolalar barabanning har bir taqqilashiga yoki boshqa musiqa
asbobining har bir ovoziga stuliga yoki stolga bittadan o’yinchoq qo’yadilar.
Tarbiyachi o’z ishida kundalik turmushdan ham keng foydalanishi mumkin. Uning
topshirig’i bilan bola bitta, keyin yana bitta qoshiq keltiradi. Yoki bitta katta va
ko’p kichik qoshiqlarni keltiradi. Tarbiyachi bolalarga kitob o’qib berar ekan ,
kitobning bittaligini, uning varaqlarini esa ko’pgina ekanini ta’kidlaydi.
Uchastkada sayr qilib yurganda tarbiyachi, bolalar e’tiborini bitta terak va ko’p
qarag’ay o’sayotganiga, qumli joy bittaligiga, skameykalar esa ko’p ekaniga
qaratadi.
Kichik guruh bolalari to’plamdan alohida elementini ajratishga va shu
elementni bitta to’plamga birlashtirishga, to’plamni yagona butun deb qabul
qilishga shunfay qilib o’rgatiladi.
Miqdoriy tasavvurlarni shakllantirishga oid ishlarning navbatdagi bosqichi
maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlar guruhlarini taqqoslashga o’rgatish, “
tenglik” va “ tengsizlik” tushunchalari bilan tanishtirishdan iborat. Bu bosqichda
bolalarga bir guruhning har bir buyumini boshqa guruh buyumlari bilan mos
keltirish va shu yo’l bilan ( sanamasdan) qaysi guruhda ular ko’p qaysi guruhda
ular kam yoki tengdan ekanini aniqlashni o’rgatish muhimdir. Tarbiyachi
bolalarga buyumlarni ustiga qo’yib va yoniga qo’yib taqqoslash usuli- ustiga
qo’yib taqqqoslashdan boshlash kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bu usulni
egallab olganlaridan keyin bolalarni buyumlarning kartochkadagi tasvirlari ostiga
qo’yishiga, bunda ular orasidagi intervalni qat’iy saqlangan xolda ( ya’ni buyumlar
orasidagi masofaga qat’iy amal qilgan holda ) o’rgatish kerak.
Tarbiyachi buyumlarni bir- birining ustiga va yoniga qo’yish yo’llarri bilan
taqqoslash usulini bolalarga o’rgatgandan keyin, to’plamlarning tengligi (
tengsizligi ) ni o’rnata olishga, “tengdan “ ( qancha bo’lsa, shuncha ), ko’p- kam”
munosabatlarini o’rnatishni o’rgatadi. Shu maqsadlarda buyumlarning ikki guruhini
taqqoslashga doir har xil mashqlardan foydalaniladi. Masalan, bolalar
qo’g’irchoqlar va piyolalar , quyonchalar va sabzilarning miqdorlari teng yoki
teng emasligini, qaysi buyumlar: chelakchalar yoki kurakchalar, qizil yoki ko’k
doirachalar ko’p yoki kam ekanini aniqlaydilar. Taqqoslash uchun buyumlarning
miqdori teng (2 va 3, 3 va 4, 4 va 5ta buyumga ortiq yoki kam ) doirachalar
beriladi.
Tarbiyachi shogirdlarini buyumlar guruhlarini taqqoslaganda qanday obyektlar
ko’p, qandaylari kam ekanini aytishga o’rgatadi (“ Qizil doirachalar ko’k
doirachalardan……….. ta ortiq, ko’k doirachalar qizil doirachalarga nisbatan…….
Ta kam, ko’k doirachalar nechta bo’lsa, qizil doirachalar ham shuncha ham
shuncha”).
Tarbiyachi bir hil buyumlarning orasidagi miqdoriy munosabatlarni doim
almashtirib turishi kerak. Masalan, shanday qilish kerakki, ko’k doirachalar qizil
doirachalardan ham ko’p bo’lsin, ham kam bo’lsin, qizil doirachalar qancha bo’lsa,
shuncha bo’lsin. Taqqoslanayotgan guruhlarning fazoviy holatlarini ham
o’zgartirib turish kerak. Masalan, to’plam polotnosining goh ustki, goh pastki
qatoriga ko’proq ( kamroq) miqdorda buyumlarni joylashtirish kerak, bolalar
kartochkada ham mos ravishda shu ishni bajarishlari kerak. Bunday mashqlarni
bajarish jarayonida bolalar har xil turdagi va rangdagi buyumlar (ayiqchalar,
mashinachalar, yashil, sariq, sharlar va h.k) ortiq, kam, teng bo’lishi
mumkinligini bilib oladilar.
O’quv yili oxirida bolalarga har xil o’lchamdagi buyumlar miqdorini taqqoslashni
( ustiga yoki yoniga qo’yish bilan ) o’rgatish kerak. Chunonchi, kichik va katta
kubchalar guruhlarini taqqoslashda ( har bir katta kubchaga bittadan kichik
kubchani qo’yib ) kichkintoylar bitta kichik kubcha juftsiz qolganini, demak,
kichik kubchalar ko’p, katta kubchalar kam ekanini aniqlaydilar. Shunga
o’xshash mashqlarda munosabatlarning, ya’ni katta obyektlar ko’p ; katta va kichik
obyektlat miqdori teng kabi munosabatlarning har xil variantlarini o’rgatish kerak.
Buyumlar majmualarini taqqoslashda har xil analizatorlarga suyanish muhim
ahamiyatga ega.
Masalan, tarbiyachi dastlab bolalar kaftga har bir urganda ( cho’p bilan stolga
urishda) stolga bittadan o’yinchoq qo’yishga o’rgatadi, keying mashg’ulotlarda
stolga nechta o’yinchoq qo’yilgan bo’lsa, (2-3ta) kaftga shuncha urishni taklif
qiladi. Shundan keyin tarbiyachining o’zi bolg’acha bilan necha marta urganini
tinglash va kaftga shuncha marta topshiriq qilib beradi.
|