II BOB. BOLALAR BOG’CHASIDA MIQDOR VA SON




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

II BOB. BOLALAR BOG’CHASIDA MIQDOR VA SON
TASAVVURLARINI TARKIB TOPTIRISH. 
“Miqdor va sanoq “bo’limi “ Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish “ 
dasturining asosiy o’zagidir . 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo’lim daturiy masalalarini 
o’zlashtirishlari maktabning boshlang’ich sinflarida ularning matematikani ongli
o’zlashtirishlarining garovidir . 
Qo’llanmaning bu bo’limida bolalarni to’plam , miqdor , son bilan
tanishtirishning nazariy va uslubiy masalalari , har xil yosh guruhlarida bu 
tasavvurlarning o’zlashtirishlishi ustida ishlash bosqichlari ochib beriladi
arifmetik masalalar tuzish va yechish tavsifi bayon qilinadi . 
Talababu bo’lim materiallaridan foydalanib labaratoriya va nazorat ishlarini
bajarishi , tegishli savol bo’yicha sinov va imtihonlarga tayyorlanishi mumkin . 
Miqdor va sanoq. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitish o’ziga xos 
xususiyatga ega .Maktabgacha tarbiya yoshida yechilishi kerak bo’lgan vazifalar
hal qilinmasa , maktabda o’qitish muvaffaqiyatli bo’lmaydi.Bu vazifalardan biri
konkret bilimlar va tafakkur usullariga o’tishdan iborat . Bu xil o’tish saviyasi
, ayniqsa , matematika o’qitish uchun zarurdir . Bunday saviyaning bo’lmasligi
yoki yetarli bo’lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi . Bir 
tomondan , makatabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko’pincha maktabga 
mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar , bularni bartaraf qilish 
juda qiyin bo’ladi . Ikkinchi tomondan , bolalar maktabda abstrak bilimlarni
egallar ekanlar , ko’pincha ularni formal ,asl mazmunini tushunib yetmagan
holda o’zlashtiradilar . Shuning uchun ha konkret shart- sharoitlarda matematik
bilimlarni qo’llanish imkoniyati juda cheklangan bo’ladi . Shu sababli
maktabgacha tarbiya bolalarni o’qitishning muhim vazifasi matematik
abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog’lanishni ta’minlaydigan bilim
va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo’lishi kerak . 
Tekshirishlar shuni ko’rsatdaki , maktabgacha yoshidagi bolalarga matematika
o’qitishda o’tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat : 
Birinchidan , shunda faoliyat va masalalarni o’zlashtirish kerakki , ularda
matematik operatsiyalarni qo’llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko’rinib turadi 
. Bu bir tomondan , bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog’liq ( 
tenglashtirish , taqqoslashga oid ) masalalar , ikkinchi tomondan , ularga shunday
shartlar kiritiladiki , bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan
foydalanmay turib ( masalan , fazoda ajratib qo’yilgan ikki to’plamni amalda
tenglashtirish ) amalga oshirish mumkin bo’lmaydi .


Ikkinchidan , muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu
munosabatlarni qo’llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obyektlarga
o’tish ( masalan , buyumlarni ma’lum belgilari bo’yicha guruhga kiritish va shu
asosda to’plam munosabatlarini , qism –butun munosabatlarini hosil qilish )
imkonini beradi . 
Tekshirishning natijalari shuni ko’rsatadiki , matematik operatsiyalar
maktabgacha yoshda o’zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida 
kiritilsa va qayta ishlansa , matematikani egallash samaraliroq bo’ladi. Yo 
haddan tashqari konkretlilik , yo matematik bilimlarning formalligi tufayli
paydo bo’ladigan qiyinchiliklar mazkur holda paydo bo’lmaydi . 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitishda matematik bilimlar 
tarkibini tekshirish tenglik – tengsizlik , qism - butun munosabatlarni , bilvosita
tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to’liq va ongli o’zlashtirish uchun
asos bo’ladigan soda masalalar va munosabatlarning o’zidan iborat ekanini
ko’rsatadi . Bu munosabat va masalalarni ( ularning eng soda shakllarini ) bolalar
3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar . Ular bunday mashg’lotlarga qiziqish
bilan yondashadilar , xuddi shu yerning o’zida o’zlashtirganlari ( tenglik ,
qism- butun va h.k. munosabatlari )ni o’yinlarga ko’chiradilar , turmushda amaliy
ishlar qilishda foydalaniladilar , bir –birlariga ( katta va tayyorlov guruhi
bolalari ) shunga o’xshash masalalarni taklif qiladilar . 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlarini o’rganish ,
tekshirish asosida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish dasturi tuzildi .
Bu dastur quyidaagi besh bo’limdan iborat : “Miqdor va sanoq “ , “Kattalik “ , “
Geometrik figuralar “ , “Fazoda mo’ljal olish” , “ Vaqtga nisbatan mo’ljal olish 
“ .
Endi har xil guruhlarga “ Miqdor va sanoq “ bo’limi ustida ishlash uslubiyati
haqida fikr yuritamiz . 

Download 1,04 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. BOLALAR BOG’CHASIDA MIQDOR VA SON

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish