• 5-§. Matematika mashg`ulotlarining didaktik talablari
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/33
    Sana16.02.2024
    Hajmi1,04 Mb.
    #157864
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

    4 - §. Maktabga tayyorlov guruhi. 
    7 yoshga qadar bola son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan 
    ko`proq bilimlarni o`zlashtirgan bo`lishi, fazoda (2 va 3 o`lchovli) va vaqt bo`yicha 
    mo`ljal ola bilishi kerak. 
    Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustuvor (turg`un) qiziqish, ulardan 
    foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat 
    qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni 
    rivojlantirish, ayniqsa, muhim. 
    “Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni 
    rivojlantirish dasturi” bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini 
    sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. 
    Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan ( bir yilda 71 ta) mashg`ulot o`tkaziladi. 
    Matematikadan har qanday mashg`ulotni tuzishda bolalar tarbiyachining stoli 
    yonida ishlashlari bilan bir qatorda o`z o`rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil 
    ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur. 
    5-§. Matematika mashg`ulotlarining didaktik talablari 
    Matematikadan mashg`ulotlar haftaning ma`lum bir kunida o`tkazilishi kerak. 
    Tarbiyachi mashg`ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab 
    o`rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat`iy aniqlagan sistema va izchillikda 
    beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o`zlashtira oladigan bo`lishi kerak. Har bir 
    vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo`linadi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini 
    buyumlarni bo`laklarga bo`lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga 


    oshiriladi: bolalar birinchi mashg`ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo`lishni 
    mashq qiladilar va yarim nima ekanini o`zlashtiradilar; ikkinchi mashg`ulotda 
    bolalarning teng ikkiga bo`linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi 
    va shunga mos lug`ati aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashg`ulotda bolalarga 
    buyumlarni teng to`rt qismga bo`lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning 
    qismga munosabatini ko`rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va 
    to`rt qismga bo`lishning har xil usullarini ko`rsatadi, bolalar butun bilan qism 
    orasidagi munosabatlarni o`rnatishadi. 
    Shunday qilib, dasturning har bir bo`limi ketma-ket o`tkaziladigan bir necha 
    (uch-olti) mashg`ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg`ulotdan 
    mashg`ulotga kengayadi,aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. 
    Dasturning bir bo`limidan ikkinchi bo`limiga o`tishda o`tilganlarni takrorlash, yangi 
    bilimlarni o`zlashtirilgan bilimlar bilan bog`lashni ta`minlash katta ahamiyatga ega. 
    Yangi materialni o`rganish jarayonida o`tgan materialni takrorlash bolalarning 
    bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e`tiborini yangi materialga qaratish, 
    uning puxta o`zlashtirishiga imkon beradi. 
    Odatda yangi mavzuni uch – besh mashg`ulot davomida, oldin uning birinchi 
    qismida, keyinroq ikkinchi qismida o`rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba`zan uch hafta 
    o`tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari 
    dasturning har bir o`rganilgan bo`limi o`quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr 
    doirasida bo`lib turishi kerak. 
    Shu munosabat bilan bir mashg`ulotning o`zida dasturning bir bo`limiga yoki 
    har bo`limning, ya`ni “Miqdor”, “Sanoq”, “Kattalik”, “Shakl” va boshqa bo`limlariga 
    oid masalalar o`rganilishi va takrorlanishi mumkin. 
    O`qitishning hamma bo`limlari bo`yicha dasturni bolalar izchil o`rganishini va 
    ularda matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib ta`minlash 
    mumkin bo`ladi. 
    Matematika o`qitishda mashg`ulotning har xil turidan foydalaniladi. 
    Mashg`ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o`rganishga yoki 
    o`tilganlarni 
    takrorlashga, 
    bir 
    qator 
    mashg`ulotlarning 
    materiallarini 
    umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag`ishlanadi. 
    O`qitish tajribasida qurama mashg`ulotlar eng ko`p o`rinni oladi, ularning 
    birinchi qismida 8-10 daqiqqa davomida yangi material o`rganiladi, ikkinchi qismida 
    (9- 12 daqiqa davomida) oldingi mashg`ulotlarda olingan bilim va ko`nikmalar 
    mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o`zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa 
    takrorlatiladi. 
    Yangi materialni o`zlashtirish bolalardan ko`proq zo`riqishni talab qiladi. Shu 
    sababli mashg`ulot oxirida tanish materialni kiritish biroz bo`shashish imkonini 
    beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg`ulotlarning birinchi qismida 5 sonining 
    o`zidan kichik ikki sondan iborat tarkib bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va 
    oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat 


    tarkibi o`rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda “Nima 
    o`zgardi?” o`yinida buyumlar to`plamini sanash ( masalan, samolyotlar zvenolari 
    nechtaligini, har qaysi zvenoda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar 
    nechtaligini aniqlash) ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg`ulotning tuzilishi ( 
    strukturasi) dastur bo`limlarining hajmi, mazmuni, ko`rgazmaliligi, tegishli bilim va 
    ko`nikmalarning o`zlashtirish saviyasi va boshqa omillarga bog`liq. 
    Chunonchi, kichik guruhda bir yoki ikki mavzu bo`yicha mashg`ulotlar 
    o`tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu bo`yicha 
    birinchi mashg`ulot, odatda, to`liq o`rganishga bag`ishlanadi, takrorlash yangi 
    materialning o`tilishi munosabati bilan yoki mashg`ulotning oxirida o`tkaziladi. 
    Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg`ulotlar berilgan mavzu bo`yicha ham, 
    oldingi mavzular bo`yicha ham, oldingi mavzular bo`yicha ham materialni 
    mustahkamlashga bag’ishlanadi. 
    Mashg’ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu 
    mashqlar o’ziga yarasha aql gimnastikasidir , masalan: “Kim qaysi o’yinchoqlarni 
    sanadi ? “ , “O’yinchoqlar nechta ? “ kabi o’yin mashqlardan boshlash mumkin . 
    (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko’rsatmasiga binoan o’yinchoqlarni sanab 
    chiqadilar , so’ngra salfetka bilan yopiladi , shundan keyin bolalar u yoki bu 
    o’yinchoqlar nechtadan bo’lganini yoki kimda o’yinchoqlar borligini va
    o’yincoqlar qancha bo’lganini topadilar.) 
    Bolalar ( o’rta, katta va maktabgacha tayyorlash guruhlarida ), buyumlarni
    va geometrik figuralarni har xil alomatlari guruhlarga ajratishni , o’yinchoqlar 
    ,figuralar , jadvallar , to’plamiga tayyorlov guruhlarida “qancha ? “ so’zi bilan
    savollar o’ylab topishni mashq qiladilar . Shuningdek “qo’shnilaringni top ? “ , “ 
    me3n qaysi sonni o’tkaszib yubordim ? “ , “Kim ko’p bilsa, u uzoq sanaydi ? “
    kabi o’yinlar o’tkaziladi . 
    Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning
    harakatlari hamma bolalarga ko’rinib turishi muhim . 
    Keyinroq bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma 
    bolalarga ir vaqtda beriladi. Bolalar o’rinlarida yuzlari ( yon tomonlari ) bilan
    qarab o’tirishlari kerak .Chunki topshiriqlarni bajarilishini tekshirishda yoki yangi
    topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e’tiborini namunaga tortishi ,
    bajarilishining u yoki bu jihatini ko’rsatishi kerak bo’ladi . Olti o’rinli stollar
    mavjud bo’lganda , uning atrofiga to’rttadan ortiq bolani o’tkazmaslik kerak ,
    zarur bo’lsa, qo’shimcha 1-2 ta stol qo’yish kerak . 
    Bolalarning bilim va ko’nikmalari tekshiriladigan mashg’ulotlar tarbiyachi
    stoli oldida tashkil qilinadi.
    Agar mashg’ulotning borishida yoki uning oxirida harqakatli o’yinlardan
    foydalaniladigan bo’lsa , bu o’yinlarni o’tkazish uchun oldindan joy tayyorlab 
    qo’yish kerak . 


    Mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda ko’rsatma- qo’llanmalarni
    to’g’ri tanlashning ahamiyati katta . Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham ,
    bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish ( qo’shni sonlar orasidagi
    bog’lanishlar va munosabatlar , “ teng “ , “ ortiq “ , “ kam “ , “ butun “ , “ qism “ ) 
    borasida ham ko’rsatmalilik boshlang’ich moment bo’lib xizmat qiladi . Hamma
    mashg’ulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar , o’yinchoqlar , tabiiy
    materiallardan keng foydalaniladi . Hamma bolalar o’yinchoqlar bilan o’ynashlari 
    uchun o’yinchoqlar ko’p miqdorda tanlanadi. 
    Matematik bilimlar abstraksiyalash yo’li bilan o’zlashtirilishi sababli turli – 
    tuman buyumlardan foydalaniladi . O’qitishining ma’lum bosqichida jadvallar ,
    sxemalar , (olmani iikita va to’rtta teng qismga bo’lish sxemasi ) ko’rsatmali
    material bo’lishi kerak. 
    Ko’rsatmalilikning xarakteri yoshdan – yoshga o’tish bilangina emas , balki
    joyga hamda bilimlarni o’zlashtirishning har xil bosqichlarida konkret abstrakt
    orasidagi munosabatlarga bog’liq holda ham o’zgarib turadi. 
    Chunonchi o’qitishning ma’lum bosqichida buyumlar to’plamini sanash “ 
    Sonli jadvallar “ , “ Sonli zinachalar “ va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi . 
    Ko’rsatma qo’llanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi mashg’ulotlar
    jarayonidagi bilim va ko’nikmalarni egallashga bog’liq.
    Bolalar bilimlarini umumlashtirish , har xil bog’lanishlarni , munosabatlarni
    ko’rsatish kerak bo’ladigan hollarda ko’rsatmalilikning bir necha turini
    kombinatsiyalash kerak. Masalan , qo’shni sonlar orasidagi bog’lanish va 
    munosabatlarni , yoki sonlarning birliklardan iborat miqdoriy tarkiblarini
    o’rganishda har xil o’yinchoqlardan , geometrik figuralar jadvallari va h.k dan
    foydalaniladi. 
    Bolalar matematik obyektlarning ayrim belgilari yoki xossalari haqida 
    dastlabki tasavvurlarni olganlaridan keyin , ularning uncha ko’p bo’lmagan miqdori
    bilan chegaralanishi mumkin . Shu bilan birga buyumlar , bolalarga tanish ,
    ortiqcha detallarsiz , qaralayotgan belgisi aniq ifodalangan va uni ko’rish nisbatan 
    oson bo’lishi kerak . Masalan , to’plam elementlarini emas, balki uning boshqa 
    tarkibiy qismlarini kichkintoylarga ko’rsatish uchun 2-3ta rangli kubchalar 
    (g’isht ) lar yoki uzun va qisqa lentalar olinadi . 
    Matematika mashg’ulotlarida , odatda , ko’p turdagi buymlar to’plamidan 
    ,ko’rgazmalardan foydalaniladi, shu sababli bularni joylashtirish tartibini o’ylab 
    ko’rish juda muhim .
    Kichik guruhda bolalarga material xususiy qutida (konvert )da beriladi . Katta 
    bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda ( bitta qutida ) berish
    mumkin . Ko’p turdagi buyumlardan foydalanilganda ularni shunday joylashtirish
    kerakki , mashg’ulotni boshlash uchun kerak bo’ladigan material eng ustida 
    tursin. 
    Aloqa usullarini qanday birga qo’shib olib borish kerak ? 


    Bola tafakkurini ko’rsatmalilik- harakatli xarakterda ekanligi ularning ko’rsatma – 
    qo’llanma bilan har xil harakatini tashkil qilish orqali matematik bilimlarni
    shakllantirish zarurligini asoslaydi .
    Og’zaki bayon usuli ( metodi ) maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda uncha 
    katta o’rin olmaydi va bolalar bilan so’zlashuv shaklida foydalaniladi .
    Bilim , malaka , ko’nikmalarini o’zlashtirishga har xil usullardan foydalanish va 
    ularni birga ularni birga qo’shib ishlatish bilan erishiladi . Usullarni tanlash u yoki 
    bu dastur masalasi mazmuni , shuningdek bolalarning tegishli bilim va 
    ko’nikmalari darajalari, nihoyat , har qaysi yosh xususiyatlari bila aniqlanadi. 
    O’qitish kattadan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak . 
    Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarini , 
    matematik qobilyat – mustaqil fikrlash , umumlashtirish qobilyatini , 
    abstraksiyalashni , fazoviy tasavvur vahokazolarni, shuningdek , matematik bilim ,
    malaka va ko’nikmalarni , mustaqil egallash va qo’llay olish imkonini 
    rivojlantirishi kerak .
    Butun matematika o’qitish taqqoslash asosida quriladi .
    Taqqoslash asosida bolalarda juft , butun va qism , uzun- qisqa , chapga –o’ngga 
    kabi qarama - qarshi tushunchalar shakllanadi . 
    Taqqoslash sharoitini , bu aqliy harakatni rivojlantirib , sekin –asta qiyinlashtirib 
    borish muhim .
    Bolalar buyumlarni bir xil belgilari bo’yicha har xil rejada taqqoslashni mashq 
    qiladilar , bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni , keyin esa bir necha 
    buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu belgilari bo’yicha guruhlashni
    (masalan , geometrik figuralarning shakllari , ranglari va h. k bo’yicha taqqoslashni 
    ) o’rganadilar . 
    Bolalarning qo’llanmalar bilan ishlashlarining ma’lum sistemasini tashkil qilishda
    tarbiyachining roli harakatlarning bajarilish jarayonida zarur yordam berish, 
    tashabbusni , mustaqillikni rag’batlantirishdan , bolalarni xulosalarga olib kelishdan 
    iborat. 
    Tushunarli , aniq ifodalangan vazifani qo’yish bolalar tafakkurini faollashtirishning 
    zaruriy shartidir.
    Vazifa ( o’yin , amaliy , bilish ) qo’yish xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari 
    bilan ham , matematik masala mazmuni bilan ham aniqlanadi. 
    Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko’rsatadi va tushuntiradi , shu bilan birga
    , u yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olishga xarakat qiladi . 
    Buning uchun harakat texnikasini ( tekshirishga , ustiga qo’yishga , yoniga 
    qo’yishga doir ) sinchiklab ishlab chiqib chiqish muhim ahamiyatga ega. 
    Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorlanar ekan , oldindan bolalarga nimani ko’rsatish , 
    nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur
    o’ylab , beriladigan savol va xarakatlar rejasini tuzib oladi . 


    Bilim va ko’nikmalarini puxta o’zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material
    bilan tanishish jarayonida ham , undan keyingi mashg’lotlarda ham yetarli 
    miqdorda mashq bajarilishi kerak. 
    Bir xil narsaning o’zini ko’p martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi
    va bolarning charchashiga sabab bo’ladi . Ko’gazmali qurollarni almashtirish va 
    bolalar charchashiga sabab bo’ladi .Ko’rgazmali qurollarni almashtirish va bolalar
    faoliyatini tobora marakkablashtirib , metodik usullarni o’zgartirib turish
    muhimdir . Shu yo’l bilan bolalarning qiziqishlarini , fikrlashlarini aktivlashtirish , 
    charchashning oldini olish mumkin bo’ladi . 
    Ana shunday sharoitda yangi bilimlar o’zaro bir – biriga uzviy bog’lanadi . Natijada
    ular kengayadi , aniqlanadi ,umumlashadi va mustaxkamlanadi . 
    Kichik guruhlarda bir mashg’ulotda mashqlarning ikkitadan to’rtagacha 
    variantlaridan foydalaniladi , kattalarda esa to’rttadan oltitagacha , ayrim hollarda
    bundan ko’p (bir xil turdagi mashqlar kichik guruhlarda 2 – 4 , katta guruhlarda 5 
    – 6 ) variantlaridan foydalaniladi. Masalan , katta guruh bolalarining tartib , sanoq 
    ko’nikmalarini mustahkamlash uchun buyumni boshqa buyumlar orasidagi o’rnini 
    aniqlash , u yoki bu o’rinni egalla turgan bvuyumni almashtirish taklif qilinadi. 
    Bunda tarqatma materialning ikki – uch xilidan foydalaniladi. 
    O’tilganlarni takrorlash mashg’ulotlarida ular yangi bilimlarni mustahkamlash , 
    shu bilan bir vaqtda bolalar ilgari o’zlashtirgan bilimlarga oid mashqlardan 
    foydalanish maqsadga muvofiq .
    Buyumlar miqdori ularning kattaligiga bog’liq bo’lmasligini o’rta guruh
    bolalariga ko’rsatib , tarbiyachi katta va kichik buyumlar bilan qatorda uzun va 
    qisqa ( kalta ) , baland va past buyumlardan foydalanish va buyumlarning 
    kattaliklarini belgilash uchun aniq so’zlardan foydalanish , mashqlarni mustahkam
    mumkin .
    Buyumlar va geometrik figuralarning har xil belgilar bo’yicha guruhlarga ajratishga 
    doir mashqlar katta ahamiyatga ega , bunday mashqlar shu vaqtning o’zida
    bolalarning shakl, miqdor va h.k haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi . 
    Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi , ya’ni amaliy , 
    o’yin musoboqa elementlari bilan bog’liq mashqlardan foydalanadi. 3 -4 yoshdan 
    foydalaniladi . Shuni esda tutish muhimki , didaktik materialni va usulni 
    almashtirish bilim va ko’nikma alohida o’zlashtirishni ta’minlovchi vositadir . 
    O’yin momentlariga haddan tashqari berilib ketmaslik kerak , chunki o’yin asosiy
    narsadan matematik ishdan chalg’tishi mumkin , natijada bolalar mashg’ulot
    rejasida nazarda tutilgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtira olmaydilar . 
    6 -§ Matematika mashg’ulotlarida tarbiyachining nutqi. 
    Matematika aniq fan, shu sababli o’qitishda bolalar o’z fikrlarini aniq va
    bog’liqli bayon qilishni o’rganishlari juda muhim . Bolalar har doim tarbiyachining
    mantiqan ixcham savodli nutqini eshitishlari kerak . Tarbiyachilar ko’pincha u
    yoki bu matematik atamalarni ishlatishganda “to’lam “ , “ miqdor “ , “ son” , “ 


    raqam “ , “ kattaliklar” ,” shakl ” , ... , “figura “ , “tomon “ , “yoq “ va h .k. 
    tushunchalar orasidagi farqlarni oydin tasavvur qila olmaganliklari tufayli
    xatolarga yo’l qo’yadi . 
    Matematik tushunchalarning mazmunini bili olish muhim , busiz bolalarga ilmiy
    ishonchli bilimlarni berib bo’lmaydi . 
    Fazoviy va miqdoriy belgilar va munosabatlar faqat so’zlar yordamida akslanishi 
    mumkin . Shu sababli bolalar tomonidan matematik obyektlarning xossalari va 
    belgilarining ajratilishi albatta , ularning nomlari bilan kuzatiladi . Bola bog’langan 
    qo’shma gap va ergashgan gap tuza olmagani uchun nutqda matematik 
    munosabatlarni aks ettirish qiyinlik qiladi . Bu malakani sinchiklab o’rganib
    chiqishga to’g’ri keladi . 
    Oldin savolarni bo’laklarga bo’lish maqsadga muvofiq , masalan , bolalardan – “ 
    Qizil tasmachada nechta tosh bor ? “- deb so’raladi . So’ngra bolani ushbu
    bog’lanishni o’rnatishga o’rgatish kerak : “qizil tasmachada biita , ko’k tasmachada
    esa ko’p tosh bor “/ 
    Tarbiyachi yo javob namunasini beradi yoki bola uchun javob beradi : “ qizil 
    tasmachada bitta tosh bor ko’k tasmachada esa ... “ – “ ko’p tosh bor “ deb
    to’ldiradi kinkintoy . 
    Bolalar matematik fikrlarni qisqa va aniq ish mohiyatini aks ettirib tuzishga
    o’rgatiladi . 3 yoshli bola “ qo’g’irchoqlar nechta bo’lsa piyolachalar shuncha “
    deydi yoki “ idishlar ko’p , qo’g’irchoqlar kam “ deydi , yoki “ to’rt uchdan katta , 
    uch esa to’rtdan kichik “ , deb javob beradi . 
    Bolalar nutqida matematik obyektlar bilan bajariladigan ishlarning aks etishiga 
    katta e’tibor berish kerak . Bolalar u yoki bu topshiriqlarning bajarilishini albatta
    gapirib berishlari v a tushuntirishlari kerak . Ajratilgan xossalar , belgilar ( alomatlar 
    ) va mos harakatlar usullari orasida bog’lanishlar , ya’ni bilimlar bilan ularning
    idrok qilinishi orasida bog’lanishlar shu asosida o’rnatiladi . Bolalar uchun har bir
    yangi harakatini tarbiyachining o’zi ko’rsatadi , uni aniq ko’rsatmalar
    tushuntirishlar olib boradi. Bu ko’rsatma va tushntirishlar mumkin bo’lgan
    xatolarning oldini olishga yo’naltirilgan bo’ladi , bunda hamma ish usullarini
    tarbiyachining o’zi ko’rsatadi , jarayonni va ishlarning bajarilish tartibini
    tushuntiradi . Masalan : bolalarga sanoq usullarini o’rgatar ekan tarbiyachi bolalar 
    ko’z oldiga buyumlarni sanaydi va bunday deydi : “ Men matryoshkalarni
    qo’g’irchoqlarni o’ng qo’lim bilan chapdan o’ngga qarab sanayman , ularga
    bunday tegaman , bitta , ikkita , uchta – jami uchta matryoshka deyman “.
    Didaktik materiallarni almashtirib tarbiyachi bir xil xarakatning o’zini ko’p marta
    takrorlaydi , bunda u har doim harakat tomonini aytib turadi . Bolalar nima 
    qilishlarini va qanday qilishlarini aytib berishadi . Bolalarning u yoki bu harakatni 
    o’zlashtirishlariga qarab , og’izaki tushuntirishlarining roli orti boradi . tarbiyachi
    so’z bo’yicha ishlashga o’rgatadi , borgan sari ularga ko’proq mustaqillik beradi . 
    Agar dastlab harakat usullari mufassal tushuntirilgan bo’lsa , keyinroq ko’rsatmalar


    umumiy xarakterga ega bo’la boshlaydi , masalan: “ stolning enligi va kengligi , 
    bo’yi va enini aniqroq qilishga harakat qiling . “ 
    Shundan keyin bolalar qo’yilgan masalani hal qilgunga qadar harakatlarni 
    rejalashtirishga o’rgatiladi ular ushbu xil savollarga javo berishadi : qaysi lenta 
    uzun qaysi lenta qisqa ekanini qanday bilish mumkin ? Siz to’g’ri to’rtburchaklarni
    teng ikkiga qanday bo’lasiz ? Qaysi xaltada don ko’pligini qanday bilasiz ? .
    O’qitishning bunday izchillikda bo’lishi bilish jarayonlarini rivojlantirishda katta 
    ahamiyatga ega .
    Shunday qilib , bolalar ,albatta , nim aqilganliklari va qanday qilganliklari , 
    keyinroq nima qilishlari haqida gapirib berishlari kerak . Bunda ular tushunarsiz , 
    anglab yetilmagan , ya’ni ular bevosita tajribasida bo’lmagan narsalarni eslab 
    qolishlariga hech bir holda yo’l qo’ymasliklari kerak .
    Tarbiyachi bir narsaning o’zi haqida bir necha savol beradi , ammo har gal bolarni 
    o’ylab , tushunib yetgan holda javob berishga undab , bu savollarni har xil ifodalab 
    beradi . Chunonchi , tayyorlov guruhi bolalari lentaning uzunligini o’lchaganlaridan 
    keyin , u ushbularni so’raydi : “ lentaning uzunligi nimaga teng ? lentaning uzunligi 
    raqam bilan uchta o’lchovga teng degani nimani bildiradi ? Lentaning uzunligini
    o’lchashda chiqqan uch soni nimani bildiradi ? shunday uzunlikda lenta olish uchun 
    yana o’lchovni necha marta qo’ysh kerak ? “ Tarbiyachi siyqasi chiqqan ( trafaret ) 
    javoblarga yo’l qo’ymaydi , doimo bolalarga bu haqda qanday qilib boshqacha
    aytish mumkinligini o’ylab ko’rishni taklif qiliib turadi . ( “ konuslar nechta 
    bo’lsa matyoshkalar shuncha “ , “ matryoshka va konuslar teng “ , “ 
    matryoshkalar va konuslar to’rttadan “ ) , buyumlarning ikki guruhi o’rtasida 
    tenglik o’rnatib , deyishadi katta guruh bolalari . Bolalar oldida har doim “ nega ? “ 
    , “ qanday ? “ savollari turishi kerak . 
    Tarbiyachi bolalarni o’rtoqlarining javoblarini to’ldirishlari , tuzatishlari , 
    aniqlashtirishlarini taklif qilib , ularning javoblarini yaxwi eshitishga o’rgatadi : “ 
    Kim to’ldiradi , kim yaxwiroq gapirib beradi ? “ kabi savollarni beradi . Mashg’ulot
    jarayonida butun guruh va alohida bolalar ishini boshqarib turadi . Buning uchun 
    har bir yangi savol va topshiriq bilan guruhning hammasiga murojaat qiladi , 
    javobni esa tarbiyachi chaqirgan bolagina beradi.
    Frontal mashqlar o’tkazishda bolalar ko’rsatmalarni tinglash , bolalar bilan bir xil 
    suratda o’ynash , topshiriqlarni bajarishni o’z vaqtida tamomlashga va nihoyat ,
    nima qilganliklari va qanday qilganliklari nima hosil qilganliklarini gapirib 
    berishga o’rgatiladi . Kimda boshqacha javob chiqqan bo’lsa , u tovush chiqarmasdan
    qo’lini ko’taradi . Javob har xil chiqqanda qaysi javob to’g’rillilgi aniqlanadi va 
    xatolarni tuzatish taklif qilinadi . Tarbiyachi har bir topshiriq bajarilgandan keyin
    baholaydi va bunda ko’rsatmalar bajarilishining to’g’riligi, chalg’imay ishlash
    malakasini ta’minlab o’tadi .
    Bolalarga matematika o’rgatishda uning alohida xususiyatlarini hisobga olish kerak
    chunki bolalarning hammasi ham matematik bilimlarni , bir tekisda


    o’zlashtirolmaydi , matematikaga bir xilda qiziqishmaydi . Ba’zi bolalar u yoki bu 
    harakat texnikasini qiynalib o’zlashtiradi ,ba’zi bolalar esa matematik bog’lanish va 
    munosabatlarni nutqda akslantirishda qiynaladilar . Bilimlarni o’zlashtirish surati 
    ham har xil bolada har xil bir xil emas .
    Bularning hammasi mashg’ulotlarda bolalardan rejaviy so’rash kimgadir ortiqcha 
    marta nimadir qilishni , kimga esa nima qilgani va qanday qilganini so’zlab berishni 
    taklif qilishni oldindan nazarda tutish kerakligini asoslaydi . 
    Qo’shimcha individual mashg’ulotlar ortiqcha ekanligi aniqlanadi.
    Bu xil mashg’ulotlar bolalar 3 – 4 ta mashg’ulotni o’tkazib yuborganda xotirasi
    juda bo’sh o’quvchilar mavjud bo’lganda ( bu hol juda kam uchraydi ) zarur bo’ladi. 

    Download 1,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish