• 3-§. Katta guruh.
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/33
    Sana16.02.2024
    Hajmi1,04 Mb.
    #157864
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

    2-§. O`rta guruh. 
    O`rta guruhda mashg`ulotlar sentabr oyidan boshlab haftasiga bir marta 
    o`tkaziladi. Mashg`ulot 20 daqiqa davom etadi. Yil davomida 36 ta mashg`ulot 
    o`tkaziladi. 
    Bolalar harakatli-ko`rsatmali shaklda berilgan o`quv materiallarini yaxshi 
    o`zlashtiradi. 5 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda didaktik o`yinlarndan 
    keng foydalanish kerak. Topshiriqlarni bajarish davomida o`qituvchi bolalarni o`z 
    harakatlarini ( nima qilganliklarini va nima qanday qilganliklarini, natijada nima hosil 
    bo`lganini) tushuntirib berishga undaydi. 
    Birinchi mashg`ulotlardan boshlaboq bolalarga mos muammo xaraktteridagi 
    masalan, mashina qaysi darvozadan o`tdi ( o`tmadi)? Nega? Kimning uyi (stoli, 
    kravati) baland (past) ? Nega? Ayiqlarga kursilar, olmaxonlarga yong`oqlar, 
    bolalarga bayroqchalar yetadimi? kabi masalalarni berish kerak. 
    O`qitishda bolalarning emotsional kayfiyati, qiziqtirilganliklari katta 
    ahamiyatga ega. Shu sababli mashg`ulotlarda ko`rgazmali qo`llanmalardan, turli 
    didaktik materiallardan foydalanish kerak. 


    3-§. Katta guruh. 
    6 yoshli bolalarda o`z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo`ladi; erkin 
    xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o`z ishiga ijobiy baho 
    olishga intiladilar. Ular o`quv topshiriqlari (vazifasi) ga katta qiziqish bilan 
    qaraydilar. 
    Bolalar katta guruhda birinchi o`nlik sonlarini yaxshi o`zlashtirishlari kerak. 
    Har xil buyumlar to`plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash 
    jarayonida sonlar mohiyatini o`zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan 
    bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni 
    hgisobga olish asosida tashkil qilinadi. O`qitishni o`tilganlarni takrorlashdan boshlash 
    kerak. Har qaysi yangi bilim oldin o`zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. 
    Mashqlar miqdori yetarli bo`lgandagina o`quvchilarda puxta malaka va 
    ko`nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o`yinchoqlar, geometrik 
    figuralar, kartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo`shib 
    sanash, ajratib sanash) ga, obyektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq 
    qildirish kerak. 
    Mazkur guruhda haftada 1 tadan mashg`ulot o`tkaziladi. Mashg`ulotni 
    haftaning birinchi yarmida jismoniy tarbiya mashg`uloti bilan qo`shib olib borish 
    maqsadga muvofiq. 

    Download 1,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish