-§. Bolalarda elemantar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

8-§. Bolalarda elemantar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari 
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi 
o`qitishning har xil usullari – amaliy, ko`rsatmali, og`zaki, o`yin usullaridan 
foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar – mazkur bosqichda yechiladigan 
dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik 
vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi. 
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan 
ratsional foydalanishga doimo e`tibor berib turishi quyidagilarni ta`minlaydi: 

elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqqiyatli shakllanishi va ularning 
nutqda aks ettirilishi; 

tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o`lchami, shakli 
bo`yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar ( o`lchami yoki soni 
bo`yicha orttirish yoki kamaytirish) ni, analiz qilinayotgan obyektlarning miqdori, 
shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog`lanishlarini aniqlash 
malakasi; 

bolalar o`zlashtirgan amaliy ish usullari ( masalan, qarshi qo`yish, 
sanash,o`lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo`llashga yo`naltirish va 
mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo`lgan belgilar, xossalar, bog`lanishlarni aniqlash, 
topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo`naltirish. Masalan, o`yin shart-
sharoitlaridabelgilarning tartibi, almashinib kelish qonuniyatini, umumiy xossalarni 
topishni o`rgatish mumkin. 
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod 
hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o`rnini bosuvchilar 
(tasvirlar,grafik rasmlar, modellar va h.k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan 
usullarini o`zlashtirishga yo`naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat. 
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xarakterli 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

aqliy faoliyat uchun asos bo`ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish; 

didaktik materiallardan keng foydalanish; 

didaktik materiallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo 
bo`lishi; 

eng elementar usulda sanash, o`lchash va hisoblash ko`nikmalarini hosil qilish; 

turmushda, o`yinda, mehnatda, ya`ni faoliyatning har xil turlarida shakllangan 
tasavvur va o`zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish. 
Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar 
ko`rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma 
material bilan mustaqil ish ko`rinishida topshiriq shaklida berilishi mumkin. 
Mashqlar hamma bolalar bir vaqtda yoki bitta bola doska yoki tarbiyachining stoli 
oldida bajaradigan yakka tarzda bo`lishi mumkin. Hamma bolalar bajaradigan 
mashqlardan bilimlarni o`zlashtirish va mustahkamlashdan tashqari, nazorat qilish 


uchun ham foydalanish mumkin. Yakka-yakka tarzda bajariladigan mashqlar ham 
o`sha vazifalarni bajaradi-yu, ammo ular bolalar faoliyatida yo`nalish oladigan obraz 
(namuna) sifatida ham xizmat qiladi. Ular orasidagi bog`lanishlar vazifalarining 
umumiyligi bilangina emas, balki doimo almashinib kelishi, qonuniy ravishda bir-
birlarining o`rnini bosishi bilan ham aniqlanadi. 
Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigan mashqlar o`yin elementlari kichik 
guruhda- syurpriz moment ko`rinishida , o`xshash harakatlar, ertak qahramoni va h. 
k. dan iborat bo`ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa 
xarakterini oladi. 
Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir necha 
bo`g`inlardan tashkil topadi, o`quv-bilish mazmuniga oid o`yin mashqlar muammo 
shaklida emas, ko`pchilik hollarda ularni bajarish uchun tasavvur bo`yicha harakat 
qilish, topqirlikni namoyish qilish, aqllilikni ko`rsatish talab qilinadi. Chunonchi, 
tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni sabzi bilan siylashni taklif 
qiladi; katta guruhlardan esa, doskaga osib qo`yilgan kartochkadagi doirachalar 
nechtaligini 
aytishni, 
guruh 
xonasidan 
xuddi 
shuncha 
buyumni 
topishni,kartochkadagi doiralar miqdori teng ekanini isbotlashni taklif qiladi. Agar 
birinchi holda mashq shartli ajratilgan bitta bo`g`indan iborat bo`lsa, ikkinchi holda 3 
ta bo`g`indan iborat. 
Kompleks mashqlar eng samaralidir, chunki, ular dasturning har xil bo`limlariga doir 
masalalarnibir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish imkoniyatini beradi. 
Masalan, “ Geometrik figuralar”, “ Kattalik”, “Miqdor va sanoq” bo`limlariga oid
masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini beradi. Bu xil mashqlar mashg`ulotlarning 
foydali ish koeffitsiyentini oshiradi. 
Bolalar bog`chasida bunday xildagi mashqlar ( bir xil maqsadni ko`zlovchi va bir 
ma`noda amalga oshiriluvchi mashqlardan) keng foydalaniladi, bunday mashqlar 
tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni, o`lchashni, eng sodda hisoblashni 
egallash amalga oshiriladi; bir qator elementar matematik tasavvurlar shakllanadi. 
Mashqlarni tanlashda ularning tarkiban bir mashg`ulotda birga hal qilinishinigina 
emas, balki istiqboldagisi ham hisobga olinadi. Bir mashg`ulotdagi mashqlar 
sistemasi yil davomida o`tkaziladigan har xil mashqlarning umumiy sistemasiga 
tarkiban qo`shilib ketishi kerak. 
Hozirgi vaqtda mavjud mashqlar sistemasi hamma yosh guruhlarida ushbu qoida 
asosida tuziladi, har bir oldin keluvchi va undan keyin keluvchi mashq umumiy 
elementar – materiali, harakat usullari, natijalarga ega. O`zaro bog`liq va o`zaro 
o`xshash harakat usullari, natijalarga ega. O`zaro bog`liq va o`zaro o`xshash harakat 
usullari ( masalan, ustiga qo`yish – yoniga qo`yish), munosabatlar ( masalan, katta-
kichik, ortiq-kam, baland-past, keng-tor), arifmetik amallar (qo’shish-ayirish) ni 
o’zlashtirishga oid mashqlarni berish vaqt jihatidan yaqinlashtiriladi yoki bir vaqtda 
beriladi. 


Mashqlarda o’zaro bog’lanishlarning mumkin bo’lgan hamma variantlarini nazarda 
tutish kerak, masalan, har xil obyektlarni bir xil o’lcho’vda o’lchash va h.k. ni tashkil 
qilish mumkin. Bola mashqlani bajarishda bir xil matematik aloqalar, bog’lanishlar 
va munosabatlarning xar xil ko’rinishlari bilan to’qnashib, ularni oson va tez 
tushunib, umumlashtira oladi. Bolaning mashqlarni bajarish jarayonidagi faollik, 
mustaqillik, ijodkorlik ko’rsatishlariga qarab, reproduktiv (taqlidiy) va produktiv 
mashqlarni ajratish mumkin. 
Reproduktiv mashqlar harakat usulini oddiy takrorlash (tiklash) ga asoslangan. Bunda 
bolalarning harakatlari kattalar tomonidan namuna, tushuntirish, talab, nima qilish va 
qanday qilishni belgilovchi qoidalar shaklida to’la chegaralashi mumkin. Ularda 
qat’iy ergashish ijobiy natija beadi, topshiriqni to’g’ri bajarilishini taminlaydi , yo’l 
qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini oladi. Mashqlarning borishi va natijasi 
tarbiyachining bevosita kuzatuvida bo’ladi, u ko’rsatmalar, tushuntirishlar bilan 
bolalar harakatini to’g’rilab turadi. 
Produktiv mashqlar shunisi bilan xarakterliki, ularda harakat usullarini bolalarning 
o’zlari to’la yoki qisman ochishlari kerak bo’ladi. Bu bolalarning mustaqil fikrlashini 
rivojlantiradi, ijodiy yaqinlikni talab qiladi, maqsadga yo’nalganlik va maqsadga 
intilishni shakllantiradi. Odatda tarbiyachi nima qilish kerakligini aytadi, ammo 
harakat usulini aytmaydi ham. Mashqlarni bajarishda bola fikrlash va amaliy 
sinashlarsdan foydalaniladi, fikrlarini aytadi va ularni tekshiradi , mavjud bilimlarini
ishga soladi, ulardan yangi vaziyatlarda foydalanishini o’rganadi , aqilliligi
topqirligini ko’rsatadi. Bu xil mashqlarni bajarishda pedagok bevosita emas baliki 
bil vosita yordam beradi bolalarga o’ylash va yana bir marta harakat qilishni
taklif qiladi, to’g’ri harakatlarni maqullaydi , bola ilgari bajargan shunga
o’xshash mashqlarni eslaydi va h . k. 
Produktiv va reproduktiv mashqlar nisbati bolalarning yoshlari , amaliy va 
bilimiga doir masalalarni yechish tajribalari qandayligi , matematik
tasavvurlarning xarakteri va ularning bolalarda qay darajada rivojlanganligi
aniqlanadi . 
Bolalarning yoshi kattalashishi bilan mashqlarni bajarishdagi mustaqilligkari
ortadi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil
qiluvchi va yo’naltiruvchi og’zaki ko’rsatmalar tushuntirishlar oydinlashtirishlar
roli orta boradi . Bolalar topshiriqni , mashqni bajarganlaridan keyin o’z
xarakterlarini va o’rtoqlarining xarakterlani o’zaro tekshirishni o’rganadilar .
Elementar tasavvurlarni shakllantirishda o’sha o’qitishning mustaqil usuli sifatida
namoyon bo’ladi . Ammo uni amaliy usullar guruhiga kiritish mumkin . Bunda
har xil o’yinlarning har xil amaliy harakatlarning , masalan : qismlardan butun 
tuzish , figuralar qatorlari , sanoq , ustiga va yonoga qo’shish , guruhlash , 
umumlashtirish , taqqoslash kabi harakatlarni o’zlashtirishdagi ahamiyati hisobga
olinadi . 


Didaktik o’yinlardan eng ko’p foydalaniladi . Bola bilish mazmuninio’yin
shakliga kirgan o’rgatuvchi masalasi (o’yin mazmunida ) , o’yin harakatlari va
qoidalari oldindan nazarda tutilmagan holda o’zlashtiriladi.Didaktik o’yinlarning
hamma turi ( buyumli stolda o’ynaladigan bosma va og’izaki turlari ) elementar
matematik tasavvurlarni shakllantirishning samarali vosita va usulidir . Buyumli
va og’izaki o’yinlar matematika mashg’lutlarida va ulardan tashqarida o’tkaziladi 
, stolda o’ynaladigan bosma o’yinlar odatda mashg’ulotdan bo’sh vaqtlarda
o’tkaziladi .
Harakatli usullar va ularga mos tasavvurlar shaklidagi bilimlarni bolalar 
mashg’lotdan tashqari vaqtda olinadi , o’yinlar ( syujetli - didaktik , didaktik va
boshqa xil o’yinlar ) da esa shu bilimlarni aniqlashtirish , mustahkamlash ,
sistemalashtirish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi .
Elementar matematik tasavvurlarni o’rgatish va shakllantirish metodi
mashg’lotlarda har xil turdagi o’yinlardan , uning alohida elementlaridan ( 
syujetli - rolli , harakatli va b. ) , usullaridan ( sssssyurpriz moment , musobaqa , 
izlash va b.) , o’yin va didaktik boshlanishlarini kattalarning rahbarlik va
o’rgatuvchi roli hamda bolalarning bilimini faollashtirishni tarkiban irga qo’shib
olib borishda foydalanishni nazarda tutadi .
Ko’rsatmali va og’izaki metodlar elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirishda amaliy va o’yin metodlari bilan birga qo’llaniladi . Bu ularning
mohiyatini hech bir kamaytirmaydi . Bolalar bog’chasida ko’rsatmali , og’izaki
va amaliy metodlarga taaluqli va bir - biri bilan uzviy bog’liqlikda
qo’llaniladigan uusullardan keng foydalaniladi :
1.Harakat usulini tushuntirishlar bilan ifodalash ( namoyish qilish ) , tarbiyachi
namunasini ko’rsatadi . Bu o’qitishning asosiy usuli bo’lib , u ko’rsatmali – 
harakatli -amaliy harakterga ega , har xil didaktik vositalarni jalb qilish bilan
bajariladi , bolalarning ko’nikma va malakalarini shakllantirish imkonini beradi .
Unga quyidagi talablar qo’yiladi :
- harakatni ko’rsatish usullarning aniqligi , qismlarga bo’linganligi ; 
- harakatlarning og’izaki tushuntirish bilan ifodalanishi ; 
- ko’rsatishda kuzatuvchi nutqning aniqligi , qisqaligi va ifodali bo’lishi ; 
-bolalarning idrok , tafakkur qilishlari va nutqlarini faollashtirish . 
2.Mustaqil mashqlarni bajarish uchun yo’l –yo’riq . Bu usul tarbiyachining
harakat usullarini ko’rsatishi bilan bog’liq bo’ladi va undan kelib chiqadi . Yo’l 
– yo’riqlarda zarur natijani olish uchun nima qilish kerakligi va qanday qilish
kerak ekani aks ettiriladi. Katta guruhlarda yo’l –yo’riqlar topshiriqni bajarishga
kirishishdan oldin to’liq berib bo’linadi , kichik guruhlarda esa har bir yangi 
harakatlardan oldin beriladi.
3.Tushuntirishlar , anglatmoqlar , ko’rsatmatlar. Bu og’izaki usullardan tarbiyachi
harakat usulini ko’rsatish yoki bolalarning topshiriqni bajarishlarida, xatolarning


oldini olish , qiyinchiliklarni bartaraf qilish kabi maqsadlarda foydalaniladi . Ular
qisqa , aniq , va obrazli bo’lishi kerak .
Hamma yoshdagi guruhlarda yangi harakatlar (yoniga qo’yish , o’lchash ) bilan
tanishtirishda ko’rsatish o’rinli ammo bunda to’g’ridan – to’g’ri taqlidni yo’qqa
chiqaruvchi aqliy faoliyatni aktivlashtish kerak . Yangi harakatni o’zlashtirishda , 
sanash , o’lchash malakalarini shakllantirishda takroriy ko’rsatishdan qochish
kerak . Harakatni o’zlashtirish va uni takomillashtirish og’izaki usullar - 
tushuntirishlar , ko’rsatmalar , savollar asosida amalga oshiriladi . Shu bilan bir
vaqtda harakat usulining nutqiy ifodasi o’zlashtiriladi .
4. Hamma yoshidagi guruhlarda elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirishning asosiy usullaridan biri bolalarga savollar berish usulidir . 
Pedagogika da savollarning quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan :
- repreduktiv - mnemik ( faraz qilishga oid ) savollar ( Qancha ? Bu nima ? Bu
figura nima deb ataladi? Kvadrat uchburchagidan niasi bilan farq qiladi ? )
- reproduktiv - bilishga doir savollar . ( agar men yana bitta kubcha qo’ysam , 
tokchadagi kublar qancha bo’ladi ? Qaysi son katta ( kichik ) : to’qqizmi yoki
yettimi ? ) 
-Produktiv – bilish savollar i. ( Doirachalar 9 tadan o’lishi uchun ima qilish kerak 
? Poloskani qanday qilib teng qismlarga bo’lish mumkin ? ) .
Qatordagi qaysi bayroqcha qizil ekanini bilish uchun nima qilish kerak ? 
Savollar bolalarning idrok , xotira , nutqlarini aktivlashtiradi , materialning
tushunilishi va o’zlashtirishini ta’minlaydi . Elementar matematik tasavvurlarni 
shakllantirishda bir qancha savollardan foydalaniladi. Bular buyumning konkret 
belgilari, xossalarini amaliy ish natijalarini tavsiflashga yo`naltirilgan, ya`ni uning 
xususiyatlarini qayd qiluvchi eng sodda savollardan boshlab, bog`lanishlar, aloqalar, 
munosabatlar o`rnatishni, ularni asoslash va tushuntirib berishni, eng oddiy 
isbotlashlarni talab qiluvchi murakkab savollar juda muhimdir. Bunday savollar 
ko`pincha tarbiyachi namuna ko`rsatganidan keyin, bolalar mashqlarni bajarib 
bo`lganlaridan keyin beriladi. Masalan, bolalar qog`oz to`g`ri to`rtburchakni teng ikki 
qismga bo`lganlaridan keyin tarbiyachi so`raydi: “Sen nima qilding? Bu qismlar 
nima deb ataladi? Nega bu ikki qismning har birini yarimta deb atash mumkin? 
To`g`ri to`rtburchakni to`rtta teng qismga bo`lish uchun nima qilish kerak?” 
Xarakteri bo`yicha turli savollar har xil tipdagi bilish faoliyatini, ya`ni 
o`rganilgan materialni qayta tiklovchi reproduktiv faoliyatdan boshlab, muammoli 
masalalarni hal qilishga yo`naltirilgan produktiv faoliyatlarga da`vat qiladi, undaydi. 
Metodik usul sifatida savollarga qo`yiladigan talablar quyidagilar: 

aniqlik, konkretlik, go`zallik (lakonizm); 

ifodalarning turli-tumanligi, ya`ni bir narsaning o`zini har xil so`rash; 

mantiqiy izchillik; 



bolalarning yoshlari va o`rganiladigan materialga bog`liq holda reproduktiv va 
produktiv savollar orasidagi optimal munosabat; 

savollar bolaning fikrini uyg`otishi, uning tafakkurini rivojlantirish, o`ylashga 
majbur qilishi, kerakli narsani ajratishi, tahlil o`tkazishi, taqqoslashi, qarshi qo`yishi, 
umumlashtirishni talab qilishi kerak; 

savollar miqdori ko`p bo`lmasligi, ammo qo`yilgan didaktik maqsadga erishish 
uchun yetarli bo`lishi kerak; 

yo`l-yo`riq beruvchi va alternativ savollardan foydalanmaslik kerak. 
Tarbiyachi odatda savolni butun guruhga beradi, unga javobni chaqirilgan bolagina 
beradi. Ayrim hollarda, ayniqsa, kichik guruhlarda xor bo`lib yalpi javob berishlari 
ham mumkin. Bolalarga javobni o`ylashlari uchun imkoniyat berish kerak. 
Katta yoshdagi bolalarga savollarni mustaqil ifodalashni o`rgatish kerak. Konkret 
vaziyatda, didaktik materialdan foydalanib, tarbiyachi bolalarga buyumlarning 
miqdori, ularning tartib-o`rinlari, o`lchami, shakli, o`lchash usullari haqida bir-
birlaridan so`rashni taklif qiladi. Tarbiyachi bevosita taqqoslash natijalari bo`yicha 
savollar ( “Karim kvadrat bilan to`g`ri to`rtburchakni taqqosladi. Undan nima haqida 
so`rash mumkin?”), doska oldida bajarilgan amaliy ishdan keyin savollar (Hiloladan 
so`rang-chi, u buyumlarni ikki qatorga yoyib nimani bilib oldi? Qarang, men nima 
qildim. Mendan nima haqida so`raysiz?), bir qatorda yonma-yon o`tirgan bola 
bajargan harakatlar asosida (“Sherzoddan nima haqida so`rash mumkin?”) berishga 
o`rgatadi. Agar savollar aniq shaxsga – tarbiyachiga, o`rtog`iga, yo`nalgan bo`lsa, 
bolalar savollar berish malakasini samarali, muvaffaqqiyatli egallaydilar. 
Bolalarning javoblari savollarning xarakteriga ko`ra: 

qisqa yoki to`liq; 

mustaqil, tushuniladigan; 

aniq, ravshan, yetarlicha jarangdor; 

grammatik jihatdan to`g`ri ( so`zlar tartibiga, qoidasiga, ularning 
moslashuvlariga , maxsus atamalaridan foydalanishiga amal qilingan) bo`lishi kerak. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda kattalarga ko`pincha javobni 
qayta ifodalash usulidan foydalanishga to`g`ri keladi, uning to`gri namunasini beradi 
va takrorlashni taklif qiladi. Masalan: “Tokchada to`rtta qo`ziqorin” , “Tokchadagi 
qo`ziqorinlar to`rtta”, - deb aniqlashtiradi tarbiyachi. 
5. Tekshirish va baholash. Bu usullar o`zaro uzviy bog`langan. Tekshirish bolalarning 
topshiriqni bajarish jarayonini kuzatish ular ishlarining natijalari, javoblari orqali 
amalga oshiriladi. Mazkur usullar ko`rsatmalar, tushuntirishlar, uqtirishlar, kattalar 
tomonidan harakatlarning namuna sifatida ko`rsatilishi bevosita yordam berish bilan 
qo`shib olib boriladi, bunga xatolarni tuzatish ham qo`shiladi. 
Tarbiyachi bolalar bilan bajariladigan yakka va jamoa ishlari jarayonida xatolarni 
tuzatishni amalga oshiradi. Amaliy ta`sir ko`rsatadigan va nutq xatolari tuzatilishi 
kerak. Tarbiyachi xato sabablarini tushuntiradi, namuna beradi yoki misol sifatida 


boshqa bolalarning harakatlari, javoblaridan foydalaniladi. Tarbiyachi sekin- asta 
tekshirishni o`zini-o`zi tekshirish va o`zaro tekshirishlar qo`shib olib boradi. Bolalar 
sanashda, o`lchashda, oddiy hisoblashlarda yo`l qo`yishlari mmkin bo`lgan tipik 
xatolarni bilgani holda uning oldini olishga harakat qiladi. 
Bolalarning harakat usul va natijalari, xulqlari baholanishi kerak. Kattalarning 
namuna bo`yicha yo`nalish olishga o`rgatuvchi baholari, o`rtoqlarining baholari va 
o`zini- o`zi baholash bilan qo`shib olib boriladi. Bu usuldan mashqlarning, 
o`yinlarning, mashg`ulotlarning borishida va oxirida foydalaniladi. 
Bolalarning yoshlariga qarab bilimlariva harakat usullarini o`zlashtirganliklarini 
tekshirish va baholash o`ziga xos xususiyatga ega. Natijalar ham tekshiriladi, 
bahoning differensiallashganligi va mazmunliligi ortadi. O`rgatuvchi usullardan 
tashqari bu hamma usullar tarbiyalovchi funksiyalarni ham bajaradilar: o`rtoqlariga 
nisbatan yaxshi munosabatda bo`lish, ularga yordam berish istagi va malakasini 
tarbiyalashga yordam beradi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni 
shakllantirishni borishida taqqoslash, tahlil, sintez, umumlashtirishlar faqat bilish 
jarayonlari ( operatsiyalari) sifatida emas, balki o`qitish jarayonida bolaning 
fikrlashini yo`nalish yo`lini aniqlovchi metodik usul sifatida ham namoyon bo`ladi. 
Obyektlar o`rtasidagi o`xshashlik va farqlarning miqdori, shakli, kattaligi, fazoviy 
joylashuvi,vaqt oralig`i-davomiyligi va h.k. bo`yicha taqqoslanadi. Ular dastlab 
minimal miqdordagi buyumlarni taqqoslashga o`rgatiladi. Shundan keyin buyumlar 
miqdori tobora ko`paytirilib, taqqoslanadigan darajasi shunga mos ravishda 
kamaytiriladi. 
Analiz va sintez metodik usullar sifatida birgalikda keladi. Bu usullardan 
foydalanishga bolalarda “ko`p” va “bitta” haqidagi tasavvurlarni shakllantirishni 
misol qilib olish mumkin. Bu tushunchalar kuzatish va buyumlar bilan amaliy 
harakatlar bajarishda paydo bo`ladi. 
Tarbiyachi guruhga bolalar qancha bo`lsa, shuncha bir xil o`yinchoq olib kiradi. Har 
bir kichkintoyga bittadan o`yinchoq ulashib beradi, keyin o`yinchoqlarni birgalikda 
yig`ib oladi. Guruh bolalari ko`z o`ngida buyumlar guruhi alohida buyumlarga 
maydalanadi, ulardan esa yana butun hosil qilinadi. 
Analiz va sintez asosida bolalar umumlashtirishga o`rgatiladi. Bunda barcha kuzatish 
va harkatlarning natijalari jamlanadi. Bu usullar orqali miqdoriy, fazoviy va vaqtga 
oid munosabatlarning anglanishini,asosiyni, muhimni ajratishga yo`naltiriladi. 
Umumlashtirish mashg`ulotning har bir qismi oxirida va butun mashg`ulot oxirida 
amalg 
aoshiriladi. 
Dastlab 
tarbiyachi, 
keyin 
esa 
bolalarning 
o`zlari 
umumlashtirishadi. 
Taqqoslash, sintez, analiz, umumlashtirish ko`rsatmalilik asosida har xil didaktik 
vositalarga jalb qilingan holda amalga oshiriladi. Kuzatishlar buyumlar bilan amaliy 
harakatlar bajarish, ular natijalrini nutqda aks ettirish, bolalarga beriladigan savollar 


metodik usullarning tashqi ifodasidir. Bu metodik usullar bir-biri bilan uzviy 
bog`langan bo`ladi va ko`pincha komleks ( birgalikda) ravishda foydalaniladi. 
7. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida ba`zi maxsus harakat 
usullari namoyon bo`ladi. Bular ustiga va yoniga qo`yish, buyum shaklini tekshirish, 
buyum “ qo`lda tortish, fishka ekvivalentlarni kiritish, bittalab qo`shib sanash va 
bittalab ajratib sanash kabilardan iborat. 
Bu usullarni bolalar ko`rsatish, tushuntirish, mashqlarni bajarish jarayonida egallab 
oladilar va keyinchalik ularni tekshirishda, isbotlashda, tushuntirish va savollarga 
javoblarda, o`yinlar va faoliyatning boshqa turlarida foydalanadilar. 
8. Modellashtirish- ko`rsatmali amaliy usul. Bu usul o`z ichiga modellar yaratish va 
bu modellardan bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish 
maqsadlarida foydalanishni o`z ichiga oaldi. Hozirgi vaqtda bu metodni nazariy va 
konkret-metodik ishlab chiqish endigina boshlandi. Quyidagi omillar tufayli 
favqulodda istiqbollidir: 
- Modellar va modellashtirishdan foydalanish bolani aktiv pozitsiyaga qo`yadi, uning 
bilish faoliyatini rivojlantiradi; 
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ayrim model va modellashtirish elementlari – 
ko`rsatmali ta`sir etuvchi va ko`rsatmali – obrazli fikrlashlarni kiritish uchun ba`zi 
psixologik asoslarga ega; 
- Matemetik tushunchalarning hammasi beistisno real borliqning o`ziga xos modeli 
deb qaraladi. 
Modellarni didaktik vosita, shu bilan birga, yetarlicha samarali vosita deb qarash 
kerak. Modellardan foydalanish usullarini egallab olishganida bolalar oldida maxsus 
munosabatlar sohasi- modellar bilan original munosabatlar sohasi ochiladi va mos 
ravishda ikkita o`zaro zich bog`liq akslantirishlar rejasi- real obyektlar rejasi va bu 
obyektlarni qayta tiklovchi modellar rejasi shakllanadi. Bu akslantirish rejalari 
ko`rsatmali – obrazli va tushunchaviy fikrlashni rivojlantirish uchun ulkan 
ahamiyatga ega. Modellar har xil rolni bajarishi mumkin: biri tashqi aloqalarni 
tasvirlaydi, bolaning mustaqil payqay olmaydigan bog`lanishlarni ko`rishiga yordam 
beradi, boshqalari izlanayotgan, ammo yashirin aloqalarni, narsalarning bevosita 
idrok qilinmaydigan xossalarini tasvirlaydi. Vaqtga doir (sutka, hafta, yil, kalendar 
qismlari modellari), fazoviy ( geometrik figuralar modellari ) tasavvurlarni 
shakllantirishda modellardan keng foydalaniladi. Elementar matematik tasavvurlarni 
shakllantirish buyum, predmet-sxematik, grafik modellar qo`llaniladi. 
Modellar va modellashtirishdan foydalanish o`qitishning boshqa usullari bilan birga 
qo`shib olib borilishi kerak. 

Download 1,04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Bolalarda elemantar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish