V BOB. BOLALAR BOG`CHASIDA BOLALARNI FAZODA MO`LJAL




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

V BOB. BOLALAR BOG`CHASIDA BOLALARNI FAZODA MO`LJAL 
OLISHGA O`RGATISH 
Insonning fazoda mo’ljal olish muammosi keng va ko’p qirrali. Fazoda farqlash va fazoni 
idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, obektlarning shakli, 
o’lchami, fazoviy yo’nalishlari, fazoda joylashgan o’rni, hajmi, bo’yicha, eni, balandliklari kabi 
masofalarining hammasi har xil fazoda mo’ljal olish “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy 
ifodas”dir. Fazoda mo’ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va aytib o’tilgan kategoriyalarni bilish 
asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana shuning 
uchun ham “fazoda mzljal olish” tushunchasining mazmunini aniqlashda ba’zi mualliflar u atrof 
tevarakdagi buyumlarning holatlari, o’zaro masofalari, kattaliklari shakllari, o’zaro joylashuvlari va 
ularning mo’ljal olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o’z ichiga oladi, deb hisolaydilar. 
Birmuncha torroq ma’noda fazoda mo’ljal olish” ifodasi joyda mo’ljal olish deyignada, 
quyidagilar tushuniladi: a) “Turish nutqasi”ni, ya’ni subektning uni o’rab olgan obektlarga nisbatan 
makonini aniqlash. Masalan, men uydan o’ng tomonda turibman va h.k. b) atrofdagi obektlarni 
fazoda mo’ljal olayotgan odamga nisbatan yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o’ngda turibdi, 
eshik esa mendan chap tomonda; v) buyumlarning bir – biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini, 
boshqacha aytganda, ular orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash. 
Faol harakat qilish fazoda mo’ljal olishning zarur komponentidir, chunki inson fazoda 
“joyning bir nutqiasidan ikkinchi nuqtasiga harakat qilib, muvaffaqiyatli o’tishini amalga oshirish 
uchun” fazoda mo’ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo’ljal olish amalda har doim quyidagi uchta 
topshiriqqa bog’liq harakat (yo’nalishi) ni tanlash; shunga rioya (amal) qilish (yo’nalishni saqlash); 
harakat qoxirida maqsad (nishon) ni aniqlash. Bundan harakatlarning o’zaro muvofiqligi va aniq 
fazoviy mo’ljal olganligi muhim komponentlar va shu bilan birga. Insonning fazoda mo’ljal olishini 
egallashning ko’rsatkichi ekanligi ko’rinadi. 
Har xil yosh bosqichida bolalar bilan ishlashning mazmuni va uslubitining asosiy 
yo’nalishlarini qaraymiz. 
Bolalar bog’chasida tarbiya va tahlim dasturi”ning “Fazoda mo’ljal olish” bo’limi ikkinchi 
kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar tasavvurlarni 
rivojlantirish bo’yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk yoshdayoq boshlash kerak. 
Uch yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak –atrofda 9uy sharoiti, guruh “onasida, buyumlarning, 
o’yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida) juda katta qiziqini qiziqish bilan amaliy orientir 
(mo’ljal) olish bo’yicha har xil tajriba to’plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani 
xonalarning (guruh xonasi, uxlash xonasi, yuviniladigan xona, hojatxona), buyumlarning, 
narsalarning, o’yinchoqlarning fazoviy joylashuvlari bo’yicha erkin mo’ljal olishga o’rgatishi 
kerak. 
Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning qismini) 
ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi ba’zi o’zgarishlarni hech 


bir qiynalmay payqay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish chegaralangan fazoda harakat 
qilish yo’li haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot 
faoliyatida takomillashadi. 
Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining ikkinchi yilidanoq nutqlarida ham 
aks eta boshlaydi (“Mana”, “bu erda”, “u erda”, “bunda”). Buning ustiga so’zlar harakat 
yo’nalishini yoki qiziqtiruvchi buyumni ko’rsatuvchi imo – ishoralar bilan kuzatiladi. Ana shu 
yoshda bolalar “o’ziga”, boshqa odamga nisbatan mo’ljal (orientir) olishni egallay boshlaydilar. 
Kattalarning takliflariga binoan, qo’g’irchoqning ko’zlari, og’zi, biqini, qo’lchalari qaerdaligini 
mamnuniyat bilan ko’rsatadilar. Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar, masalan, o’zlarining chap va 
o’ng qo’llaini farqlay boshlaydilar. Bunda katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni 
egallab olishiga yordam berishdan iborat. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V BOB. BOLALAR BOG`CHASIDA BOLALARNI FAZODA MO`LJAL

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish