• (Yusupov E). “Ma’naviyat
  • (Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S). “Ma’naviyat
  • (Karimov I.A). Axloq
  • Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik




    Download 31.02 Kb.
    bet2/10
    Sana13.04.2022
    Hajmi31.02 Kb.
    #19650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ma’naviy-axloqiy tarbiya reja-genderi.org

    Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • Vatanparvarlik.

    Madaniyat («kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
    Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
    Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.
    Ma’naviyat - moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat – insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat bahsh etadi, jamiyat a’zolarini birlashtiradi, uyushtirib turadi”. (Yusupov E).
    Ma’naviyat - moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa
    (Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati).
    Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir
    (Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S).
    Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” (Karimov I.A).
    Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi.
    Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.

    Download 31.02 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 31.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik

    Download 31.02 Kb.