Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana10.11.2022
Hajmi1.42 Mb.
#29733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1-ma`ruza
Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)
1.1. Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi
Ma’lumki, barcha Fon Neyman arxitekturasi asosida yaratilgan 
kompyuterlarning ishlash prinsipi bir-biriga о’xshash bо’lib, ular ba’zi texnik 
detallari bilangina farqlanadi. Fon Neyman arxitekturasining asosiy tashkil 
etuvchilaridan biri buyruqlar manzili hisobchisidir. Boshqarish qurilmasining bu 
maxsus ichki registri doimo dasturdagi keyingi buyruq saqlanayotgan xotira 
yacheykasini manzilini kо’rsatib turadi. Kompyuterlar о’chirilgan yoki qayta 
yuklanayotgan vaqtda buyruqlar manzili hisobchisi registriga kompyuterlarning 
doimiy xotirasida joylashgan va kompyuterlar barcha asosiy qurilmalari ishini 
tо’xtatib qayta yuklashni amalga oshiruvchi dastur manzili yoziladi. 


Kompyuterlarning boshlang’ich yuklanishidagi keyingi amallar shu dasturdagi 
buyruqlarga kо’ra ketma-ket bajariladi. Shunday qilib, kompyuterlarning ishi – u 
yoki bu dasturdagi buyruqlarni uzluksiz bajarishdan iborat, bundan tashqari bu 
dasturlar о’z navbatida bоshqa yangi dasturlarni xotiraga yuklashi mumkin. Har 
qanday dastur bir qancha mashina buyruqlaridan tashkil topadi. Har bir mashina 
buyruqlari о’z navbatida bir necha elamentar tashkil etuvchilardan iborat bо’ladi. Bu 
tashkil etuvchilarni “takt”lar deb atash qabul qilingan. Buyruqlar murakkablik 
darajasiga kо’ra bir yoki bir necha taktdan iborat bо’lishi mumkin. Masalan, 
ma’lumotlarni protsessorning bir ichki registridan boshqasiga о’tkazish buyrug’i bir 
necha taktdan iborat. Yoki ikki sonning kо’paytmasini hisoblashni olsak, bu ham bir 
necha taktlardan tashkil topgan.
Kompyuterlar har bir mashina buyrug’ini bajarishda quyidagi ishlarni 
amalga oshiradi:
1. Buyruqlar manzili hisobchisi registrida joylashgan manzilga kо’ra keyingi 
buyruq chaqiriladi, yani bu buyruqqa mos kod vaqtincha saqlanish uchun 
maxsus buyruqlar registriga yoziladi;
2. Buyruqlar manzili hisobchisi avtomatik ravishda keyingi buyruqni manzilini 
о’zida saqlaydi. Bu jarayon oldingi buyruq manziliga buyruqni uzunligi bilan 
aniqlanadigan о’zgarmas sonni qо’shish bilan amalga oshiriladi;
3. Buyruqlar registriga chaqirilgan buyruqda keltirilgan amallar bajariladi va 
natija tezkor xotiraga yoziladi.
Kompyuterlarning ishlash prinsipini signallar doirasida tahlil qilanadigan
bо’lsa, quyidagilar о’rinli bо’ladi:
1. Kiruvchi ma’lumotlar kо’rinishidan qat’iy nazar, elektr yoki noelektr 
signallar kо’rinishida bо’ladimi barchasi elektr signali kо’rinishiga 
о’tkaziladi;
2. Bu signallar qayta ishlash bloki yordamida qayta ishlanadi;
3. Qayta ishlangan chiquvchi signallar qayta ifodalovchi yordamida noelektr 
signallarga о’tkazilib, kompyuter ekranida tasvirlanadi.



Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimediyali kompyuterlarning ishlash prinsipi

Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish