Maqsadi va vazifalari




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana10.11.2022
Hajmi1.42 Mb.
#29733
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
1-ma`ruza
Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)
1.3.4. Kesh xotira
Kesh yoki kesh xotira deb kompyuter dasturlari va qurilmalari uchun ko’p 
kerak bo’ladigan ma’lumotlarni saqlash uchun ajratilgan maxsus joyga aytiladi.
Kesh xotira nima uchun kerak? Ma’lumki, protsessor tezkor xotirada (RAM) 
saqlanadigan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Biroq, operativ xotira va protsessorning 
ishlash tezligi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi: agar protsessor RAM bilan 
to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilsa (ma’lumotlarni o’qish yoki yozish uchun), unda 
aksariyat hollarda u ma’lumotlarni o’qib yoki yozib bo’lingunga qadar ishlamay 
bekor kutib turadi. Bu esa yuqori tezlikda ishlaydigan protsessorlarni ish 
samaradorligini tushirib yuboradi. Bu muammoni hal qilshning yagona yo’li bu 
tezkor xotira bilan markaziy protsessor orasiga xajmi uncha katta bo’lmagan 
(164Kb), lekin ularga murojaat qilish tezkor xotiraga murojaat qilishdan o’nlab, 
yuzlab va minglab marotaba tezroq bo’ladigan hotira joylashtirishdir. Bunday xotira 
kesh xotira deb nomlangan. Aslida, tezkor xotira ham o’z navbatida kesh xotira 
hisoblanadi. Chunki u markaziy protsessor bilan qattiq disk orasidagi joylashadi. 


Markaziy protsessor ma’lumotlarni diskdan tezkor xotiraga yozib olib keyin 
ishlaydi. Shu ma’noda tezkor xotira ham kesh xotira hisoblanadi.
Barcha dasturlar, web-brauzerlar, audio va video pleerlar, ma’lumotlar 
bazasini boshqarish tizimlari, operatsion tizimning tashkil etuvchilari va 
instrumentlar o’zlarining kesh-xotiralariga ega bo’ladi. Hozirgi zamonaviy markaziy 
protsessorlar L1, L2 va L3 deb nomlanuvchi uch darajali kesh xotiralarga ega 
bo’ladi. Ular apparat modullari shaklida mikroprotsessor bilan birga bir kristalga 
joylashtirilgan. Bunda L1-darajali kesh xotira eng kichik (32-64Kb) hajmga ega 
bo’lgan tezligi juda yoqori bo’lgan xotira hisoblanadi. U markaziy protsessor bilan 
bir xil chastotada ishlaydi, yani tezligi boshqa darajalardan ancha katta. L2 - darajali
kesh xotira tezlik va sig’imi bo’yicha o’rtacha pozitsiyani egallaydi. Uning sig’imi
128 Kbdan 12 Mb gacha bo’ladi. L3 - darajali kesh xotiraning xajmi eng katta (40 
Mb gacha), lekin tezligi eng kichik bo’lgan xotira hisoblanadi.
Endi keshning ishlash prinsipini ko’rib chiqaylik. Kesh xotira kesh-kontroler 
va keshning o’zidan iborat. Kesh-kontroller (boshqaruvchisi) kesh xotiraning ishini 
boshqaradi, ya’ni u kerakli ma’lumotlarni tezkor xotiradan (RAMdan) yuklaydi va 
kerak bo’lganda protsessor tomonidan o’zgartirilgan ma’lumotlarni RAMga 
qaytaradi. Arxitektura jihatidan, kesh-kontroller markaziy protsessor va tezkor xotira 
(RAM) o’rtasida joylashgan (1.11-rasmga qarang). Kesh-kontroller markaziy 
protsessorning tezkor xotiraga yuborgan so’rovlarini qabul qilib olib, so’ralgan 
ma’lumotlarning keshda mavjud yoki yo’qligini aniqlaydi. Agar bunday nusxa 
bo’lsa, unda bu "keshga tegish" (cache hit) deb ataladi. Bu holda ma’lumotlar 
keshdan juda tez olinadi (RAM-ga qaraganda tezroq). Agar keshda talab qilinadigan 
ma’lumotlar bo’lmasa, unda ular "keshga tegmaslik" (cache miss) deb ataladi.
Bunday ma’lumotlarni olish uchun ma’lumot so’rovi tezkor xotiraga yo’naltiriladi.
1.11-rasm. Kesh xotiraning tuzilishi va joylashishi 



Download 1.42 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish