• 1.3.1. Mikroprotsessorlar Mikroprotsessor
  • Tizimli blok va uning tashkil etuvchilari




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/25
    Sana10.11.2022
    Hajmi1.42 Mb.
    #29733
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    1-ma`ruza
    Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)
     1.3. Tizimli blok va uning tashkil etuvchilari
    Tizimli blok – bu kompyuterning asosiy qismi bо’lib, u tizimli blok korpusiga 
    joylashuvchi bosh plata va unga ulanuvchi qurilmalar: mikroprotsessor, qattiq disk, 
    tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan 
    elektron sxemalar – kontrollerlar, adapterlar (video, musiqa, tarmoq platalari), elektr 
    manbai bloki va kompakt disk yurituvchi kabilardan iborat.
    1.6-rasm. Shaxsiy kompyuterning tizimli bloki 


    Tizimli blokning asosiy vazifasi kompyuterning barcha qurilmalarini 
    birlashtirishdan va ularning ishini ta’minlashdan iborat.
    1.3.1. Mikroprotsessorlar
    Mikroprotsessor – bu kompyuterning markaziy qurilmasi bо’lib, dastur 
    orqali berilgan arifmetik va mantiqiy amallar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash 
    funksiyasini va kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqarish funksiyasini 
    bajaradi. Shunga kо’ra protsessor ikki qurilmadan: arifmetik-mantiqiy qurilmadan 
    va boshqarish qurilmasidan tashkil topadi. Arifmetik-mantiqiy qurilmaning vazifasi 
    buyruqlarni bajarishdan, boshqarish qurilmasining vazifasi esa kompyuter 
    qurilmalari ishini dasturiy boshqarishdan iborat. Bu qurilmalar shartli ravishda bir 
    biridan ajratilsada, loyihasi jihatdan ular ajralmas hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy 
    protsessorlar mikroprotsessorlar kо’rinishida ishlab chiqarilmoqda. Fizik jihatdan 
    mikroprotsessorlar kristalli kremniy moddasidan yasalgan uncha katta bо’lmagan 
    kvadrat shakldagi plastinkadan iborat bo’ladi. Bu plastinkaga protsessorning barcha 
    funksiyalarini amalga oshiruvchi integral sxemalar joylashtirilgan. Kristalli 
    plastinka odatda plastmassali yoki keramik korpusga joylashtiriladi va oltin simlar 
    orqali metal oyoqchalarga ulanadi. Bu oyoqchalar orqali bosh plataga 
    mahkamlanadi. Quyidagi 7-rasmga qarang.
    1.7-rasm. Core i7 rusumli mikroprotsessor
    CPU parametrlari haqida gapiradigan bo’lsak, bular ma’lumotlar shinasining 
    razryadligi, manzili va ishlash tezligi asosiy parametrlari hisoblanadi. Protsessorning 
    ishlash tezligini megagers (MHz) da o’lchanadi - bu bir soniyada million taktga 


    (sikl) teng degani. Tezlik qanchalik yuqori bo’lsa, protsessor yaxshiroq va tezroq 
    bo’ladi.
    Protsessor uchta muhim qurilmani o’z ichiga oladi, ularning asosiy 
    parametrlari razryadligi (sig’imi) hisoblanadi:
    • 
    Ma’lumotlarini kiritish va chiqarish shinasi;
    • 
    Ichki registrlar;
    • 
    Xotira manzili shinasi.
    Kompyuterning tezligi ko’p jihatdan protsessor chastotasiga bog’liq. Oddiy 
    kompyuterning mikrosxemalari bir necha million gers chastotada ishlaydi. (Gers - 
    bu sekundiga bitta tebranish). Ishlash tezligi megahertsda o’lchanadi, ya’ni 
    sekundiga millionlab sikl bajaradi.
    Markaziy protsessorlar bosh plataning skeet deb nomlamadigan joyiga 
    ulanadi. Soket (Socket) – bu markaziy protsessorni o’rnatish yoki almashtirish 
    uchun xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda soket bu ulagich. Markaziy 
    protsessor shu ulagich orqali bosh plataga ulanadi. Soketlarning xilma-xilligi juda 
    katta va har bir protsessor uchun o’ziniki mavjud. Masalan, so’nggi Intel rusumli 
    protsessorlarda LGA 1150 yoki LGA 1155 soketlari ishlatadi. AMD firmasining 
    protsessorlari uchun FX2 va AM3, AM3 + kabi soketlar mavjud. AMD 
    protsessorlarining soketlari ba’zan bir-biriga tushishi mumkin, lekin Intel 
    protsessorlarining har birini o’zini soketi mavjud va ular bir-biriga mos kelmaydi. 
    Shuning uchun kopyuter yig’ishda protsessorni bosh plata soketiga tushish yoki 
    tushmasligini hisobga olish kerak. Shuningdek, bosh platani tizimli blok ko’rpusiga 
    mos qilib tanlash kerak, ya’ni form-foktori to’g’ri kelishi kerak.
    Hozirgi paytda mikroprotsessor ishlab chiqaradigan firmalaining soni 
    anchagina. Shular ichida Intel firmasining Core i3, Core i5 va Core i7 rusumli 
    mikroprotsessorlarining 9-avlodlari va AMD firmasining Ryzen Threadripper 
    3960X, Ryzen Threadripper 3970X kabi mikroprotsessorlari protsessorlar bozorida 
    eng kuchli deb tan olingan protsessorlar hisoblanadi.



    Download 1.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimli blok va uning tashkil etuvchilari

    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish