Video kartalar va ularning turlari




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana10.11.2022
Hajmi1.42 Mb.
#29733
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
1-ma`ruza
Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)
1.3.5. Video kartalar va ularning turlari
Video karta - kompyuter xotirasida saqlanadigan grafik tasvirni monitor 
ekranida namoyish qilish uchun mos shaklga o’zgartirib beruvchi qurilma.
Video karta GPU (graphics processing unit) – ma’lumotni tasvirlash 
qurilmasiga (monitor yoki televizor) video (ba’zan audio) signallarni qayta ishlash 
va chiqarish uchun mo’ljallangan kompyuter qurilmasi. Tasvirni chiqarish uchun 
kerakli portlar mavjud. Masalan, VGA, DVI, DisplayPort, HDMI.
Markaziy protsessordan olingan qayta ishlash kerak bo’lgan ma’lumotlar
(OpenGL, DirectX) video xotiraga tushadi va video protsessor uni monitor uchun 
tushunarli bo’lgan signalga aylantirish uchun ma’lum bir tarzda qayta ishlaydi.
Video xotirani kadrlar buferi desa ham bo’ladi.
Video karta turlari haqida gapiradigan bo’lsak ular 3 turga bo’linadi:
1. Integratsiyalashgan yoki o’rnatilgan video karta. bu turli video kartalar 
avvallari bosh plataga o’rnatilgan bo’lardi. hozirda ular markaziy protsessorga 
o’rnatilmoqda.
Bu turli video kartalarning afzallaiklari quyidagicha:
• Narxi CPU narxiga kiritilgan.
• Foydalanish qulay. O’rnatilgan video kartaning ishlashi uchun 
foydalanuvchidan hech qanday harakat talab qilinmaydi, shunchaki 
kompyuterni yoqib ishlayveradi.
• Kam energiya sarflaydi. Bu noutbuklar kabi portativ qurilmalar uchun juda 
muhim parameter.
• Shovqinsiz ishlaydi.
Kamchiliklari haqida esa quyidagilarni aytish mumkin:
• Boshqa turli video kartalarga nisbatan ancha past samaradorlikga ega;
• Video tasvir sifati yuqori darajada bo’lmaydi;
• Protsessorni to’liq almashtirmasdan almashtirish yoki ta’mirlash mumkin 
emas;
• O’rnatilgan video kartaning o’z xotirasi yo’qligi sababli kompyuterning 
tezkor 
xotirasidan 
foydalanadi. 
Bu 
kompyuterning 
umumiy 
ish 
samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;


• Markaziy protsessorni qo’shimcha qizib ketishiga olib keladi, chunki
umumiy sovutish tizimidan foydalaniladi.
2. Diskret video karta. Video kartaning bu turi o’zining grafik protsessoriga, 
video xotirasiga, quvvat va sovutish tizimiga, video chiqishlariga ega bo’lgan 
alohida bir qurilma ko’rinishida bo’ladi. Ular almashtirish mumkin bo’lgan 
kompyuterni alohida tarkibiy qismi hisoblanib, juda yuqori samaradorlikda ishlaydi.
Musol tariqasida ushbu MSI GeForce GTX 750 Ti, ASUS AMD Radeon RX 460 
kabilarni keltirish mumkin.
1.12-rasm. Diskret video karta 
Diskret video kartalarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• Video protsessorlarining barcha turlari orasida eng yuqori samaradorlikda 
ishlaydi;
• Eng yuqori sifatli tasvirni beradi;
• Ikki va undan ortiq monitorlarni ulash imkoniyati (ma’lum modelga qarab) 
mavjud.
• Ta’mirlash mumkinligi;
• Tez almashtirish va yangi modeliga yangilash mumkinligi;
• Ish samaradorligini oshirish maqsadida 2 ta zamonaviy diskret video kartadan 
foydalanish mumkin (SLI va Crosfire rejimlari);
• NVidia CUDA va AMD STREAM texnologiyalaridan foydalangan holda 
hisoblash samaradorligini oshirish uchun diskret grafik kartadan markaziy 
protsessorga "yordamchi" sifatida foydalanish mumkin.
Diskret video kartalar ham kamchiliklardan holi emas:


• Eng jiddiy kamchiligi - bu ularning narxini balandligi. Bu turdagi video 
kartalarning o’rtacha narxi 400 AQSh dollar va undan yuqori narxlarda 
boshlanadi. Eng yaxshi modellarning narxi 3500 dollardan oshib ketgan;
• Energiya sarfi ko’p. Bu darajadagi video kartalar uchun etarlicha kuchli 
quvvatga ega bo’lgan tok manbai bloki kerak bo’ladi (500 Vt va undan 
yuqori);
• Shovqinning mavjudligi. Bu mavjud sovutish tizimiga bog’liq. Agar yaxshi 
sovutish tizimi qo’yilsa shovqin yo’qoladi;
• Video kartaning monitor uchun video chiqishlari bilan mosligi. Ba’zan ular 
mos kelmay qoladi;
Yuqoridagilardan hulosa qilishimiz mumkinki, diskret grafik karta "og’ir" 
zamonaviy o’yinlar, shuningdek, loyihachilar, muhandislar va dizaynerlar 
tomonidan ishlatiladigan ko’p resurslarni talab qiladigan amaliy dasturlar (masalan, 
Adobe Primer) uchun kerak.
3. Tashqi video kartalar. Bu turli video kartalar uncha katta bo’lmagan qutiga 
o’xshash bo’lib, USB kabelidan foydalangan holda video manbasiga (kompyuterga), 
boshqa tomondan esa monitorga ulanadi. Bunday video kartalardan kompyuterga 
qo’shimcha monitorni ulash zarur bo’lganda yoki masalan, noutbukga o’rnatilgan 
video kartalar ishlamay qolgan hoillarda ishlatiladi.
1.13-rasm. Tashqi video karta 
Ular ishlash uchun yoki filmlar ko’rish uchun yaraydi, lekin jiddiyroq narsa 
uchun, yaramaydi. bu turli vide kartalarning asosiy afzalligi ularning narxi va 
ishlatishga qulayligi hisoblanadi. Ularning kamchiligi sifatida ish samaradorligini 
keltirish mumkin. Bu turli video kartalarning ish samaradorligi Integratsiyalashgan 
video kartalarning ish samaradorligidan ham past.



Download 1.42 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish