Tezkor xotira va uning turlari




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana10.11.2022
Hajmi1.42 Mb.
#29733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
1-ma`ruza
Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)
1.3.3. Tezkor xotira va uning turlari
Tezkor xotira (RAM - Random Access Memory) - bu kompyuter, smartfon, 
noutbuk kabi elektron qurilmalar tizimining eng muhim elementlaridan biridir. U 
dasturlarni va operatsion tizimni ishlash tezligi va yuklanishiga javobgardir. Avvalo 
shuni tushunish kerakki, tezkor xotira energiyaga bog’liq holda ma’lumotlarni eslab 
qoluvchi elektron qurilma hisoblanadi, ya’ni kompyuter yoqilganda ma’lumotlarni 
o’zida saqlaydi va kompyuter o’chirilganda undagi ma’lumotlar ham o’chib ketadi
Tezkor xotira mikrosxemalari yoki kompyuterning tezkor xotirasi – bu 
kompyuter yoqilganda kompyuterni bashqaruvchi dasturlar va boshqa amaliy 
dasturlarni vaqtinchalik о’zida saqlovchi qurilma hisoblanadi. Butun tizimning 
tezligi RAM miqdoriga bog’liq. Bu qanchalik katta bo’lsa, qurilmaning dasturiy 
ta’minot qismi tezroq ishlaydi.


Kompyuterning tezkor xotirasi o’zining xususiyatlarini tavsiflovchi ko’plab 
parametrlarga ega, ammo ularning barchasini faqat mutaxassislar tushinadi. Oddiy 
foydalanuvchilar esa operativ xotiraning faqat asosiy xususiyatlari: turi, hajmi va 
ishlash chastotasi kabilarni bilishi etarli hisoblanadi.
Tezkor xotira parametrlari ichida eng birinchi qaraladigan narsa bu uning turi 
hisoblanadi. Chunki xotira turi sizning kompyuteringizni bosh platasiga tushish yoki 
tushmasligini aniqlaydi. Tezkor xotira birinchi kompyuterlar paydo bo’lganidan beri 
bir necha avlod xotiralari paydo bo’lgan. Hozirgi vaqtda siz eski kompyuterlarda 
DDR2 turli tezkor xotirani (RAMni) uchratishingiz mumkin. Unday keyingi avlod
DDR3 xotirasi hanuzgacha tizimlarda mavjud. Hozirgi kunda asosan DDR4 xotirasi 
ishlatilmoqda. Tezkor xotira ishlab chiqarishda har bir keyingi avlod xotirasidan 
nafaqat samarali ishlashi bilan, balki kam kuchlanishda ishlashi bilasn ham ajralib 
turadi. Shuning uchun hozirgi avlod tezkor xotiralarining energiya sarfi 
avvalgilariga nisbatan kamroq.
Tezkor xotiraning ikkinchi bir muhim parametri bu uning xajmi hisoblanadi.
Chunki butun kompyuter tizimning ishlash tezligi unga o’rnatilgan tezkor xotiraning 
hajmiga bog’liq.  
a) 
b)
c)


1.10-rasm. Tezkor hotira turlar: a) DDR 2, b) DDR 3, c) DDR 4 
Agar tezkor xotira hajmi juda kam bo’lsa, talab qilinadigan dasturlarning 
ishlashi sezilarli darajada sekinlashadi. Hozirda eng zaif kompyuterlarga ham 
kamida 2 GB tezkor xotira o’rnatilmoqda. Uy stol kompyuterlarida kamida 4 GB 
o’rnatish kerak. Multimediyali kompyuterlarda yoki kompyuter o’yinlari o’ynash 
uchun yig’ilgan kompyuterlarda kamida 8 GB tezkor xotira talab qilinadi.
Tezkor xotiraning har bir yangi avlodida RAM chastotasi oshib boradi. Bu 
tezkor xotirani ma’lumotlarni o’tkazish qobiliyatini belgilaydi. Ammo chastotasi 
yuqori bo’lgan tezkor xotirani o’rnatish umuman tizimning ishlashini sezilarli 
darajada oshirishni kafolatlamaydi. Masalan, shaxsiy kompyuterdan normal 
foydalanish paytida foydalanuvchi 1066 MGts va 1600 MGts chastotali xotiradan 
foydalanish o’rtasidagi farqni sezmaydi, chunki uning ishlashini cheklaydigan 
boshqa parametrlar ham mavjud. Farq faqat maxsus dasturlar yordamida sinovdan 
o’tkazilgandan keyin ko’rinadi.

Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish