• 1.2.3. Plazmali displeylar
  • Qо’yiq kristalli monitorlar




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/25
    Sana10.11.2022
    Hajmi1.42 Mb.
    #29733
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    1-ma`ruza
    Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)
    1.2.2. Qо’yiq kristalli monitorlar
    Hozirgi kunda kompyuter monitorlarining aksariyati qо’yiq kristalli (LCD) 
    monitorlardan iborat. LCD-monitorlarining ishlash prinsipi CRT-monitorlari ishlash 
    prinsipidan farqli о’laroq yorug’likni qutblantirishga asoslangan. Yani LCD 
    monitorlarida yorug’lik ma’nbai bо’lib galogen lampalar xizmat qiladi. Bu lampalar 
    qо’yiq kristalli qoplama-matritsa chetlariga о’rnatilgan. Yorug’lik matritsa markazi 
    tomon bir tekis taqsimlangan va bir jinsli oqim bо’lib kristallar qatlamidan о’tadi. 
    Kristallarning joylashishiga bog’liq holda kristal qatlamdan о’tayotgan yorug’lik 
    nuri qutblanishi yoki qutblanmasligi mumkin. Bu qatlamdan о’tgan yorug’lik nuri 
    qutblangan yorug’lik nurini о’tkazuvchi maxsus qatlamdan о’tadi. Bu maxsus 
    qatlam о’zidan о’tayotgan yorug’lik nurlariga rang beradi. Bu rangli nur tasvirlarni 
    ifodalaydi.


    1.4-rasm. LCD - qo’yiq kristalli monitor 
    LCD-monitorlarda tasvir oddiy oq yorug’lik nurini qayta ishlash bilan 
    olinayotgani uchun inson salomatligiga ta’sir kо’rsatmaydi. Shuning uchun ularda 
    havfsizlik standartlari degan tushuncha qaralmaydi. LCD-monitorlarida о’zida 
    belgilangan vertical va gorizontal nuqtalar soni ishlatiladi. Aks holda tasvirlar 
    chо’zilib qolishi yoki ekran chetlaridan bо’sh joy paydo bо’lishi mumkin. Bundan 
    tashqari bu monitorlarda ekranda tasvirlarni о’tish chastotasi degan tushuncha ham 
    yо’q. Ularda har bir nuqta (piksel) alohida boshqariladi. Bu nuqtalar almashinib 
    turadi. Shu almashinish natijasida ranglar о’zgaradi. Shunga kо’ra LCD 
    monitorlarda piksellar matritsasining о’zgarish varti tushunchasi mavjud. Bu 
    parametr millisekundlarda о’lchanadi.
    1.2.3. Plazmali displeylar
    Plazmali displeylarni (Plasma Display Panel PDP) ishlab chiqarishga bо’lgan 
    urinishlar 1966-yilda Illinoys universiteti laboratoriyasida gazli plazmani effekti, 
    ya’ni gazlarni elektr toki ta’sirida yorug’lik chiqarishi hodisasi о’rganilganidan 
    boshlandi. 1968-yil plazmali displeylar ishlab chiqarish boshlandi. Birinchi ishlab 
    chiqarilgan plazmali displeylar monoxromli bо’lib, ular doimiy tokni gazli razriyadi 
    prinsipiga asoslangandi. Keyinchalik о’zgaruvchan tok razriyadi texnologiyasiga 
    о’tildi.
    Plazmali displeylarda tasvirlarni hosil qilish texnologiyasi quyidagicha: 
    birbiridan 0,1 mm masofada joylashgan oynali plastinalarga ksenon va neon gazlari 
    aralashmasini qamalgan. Oldingi yaltiroq plastinaga yupqa yaltiroq tok о’tkazgichlar 
    (elektrodlar) qoplangan. Orqa plastina qoplamasi mikroskopik yacheykalardan 
    iborat bо’lib, bu yacheykalar qizil, siyoh rang va yashil rangli lyuminofor moddasi 
    bilan tо’ldirilgan va har bir uch yacheyka bir nuqta (piksel)ni tashkil etgan. Bu 
    plastinalarga tok berilganda plastinalar orasidagi gazli aralashma о’zidan 


    ultrabinafsha rangli yorug’lik nuri chiqaradi. Bu yorug’lik nuri lyuminofor moddasi 
    qoplangan plastinkaga tushib ranglar spektri hosil qiladi va tasvir paydo bо’ladi.
    1.5-rasm. Plazmali monitor 
    Plazmali monitorlar tok quvvatini kо’proq iste’mol qilsada, lekin magnit 
    maydon hosil qilmaydi va bu о’z navbatida inson salomatligiga ziyon keltirmaydi. 
    Plazmali monitorlar ishlab chiqarish bilan kо’pgina firmalar shug’ullanadi. Masalan, 
    Hitachi ( 1970 yildan) Fujitsu, Sharp, NEC, Toshiba, JVC, Mitsubishi, Sony va 
    Pioneer kabi yirik firmalar plazmali monitorlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanib 
    kelishmoqda.

    Download 1.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish