Qattiq disklar va ularning tuzilishi




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana10.11.2022
Hajmi1.42 Mb.
#29733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1-ma`ruza
Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)
1.3.2. Qattiq disklar va ularning tuzilishi
Qattiq disk (HDD - Hard Disk Drive) – bu multimediyali kompyuterlarda 
ma’lumotlarni doimiy saqlash qurilmasi bо’lgani uchun ba’zan uni doimiy xotira 
ham deb atashadi. Birinchi qattiq disk shaxsiy kompyuter paydo bo’lishidan oldin - 
1957 yilda IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U 5 MB hajmga ega bo’lib, 
narxi juda qimmat bo’lgan. Keyinroq IBM PC XT shaxsiy kompyuteri uchun 10 MB 
disk ishlab chiqilgan. O’sha paydagi qattiq disklar konsentrik dioralar – treklar 
shaklidagi 30 izli y’oldan va har bir yo’lda 30tadan sektor bo’lgan, ya’ni 30x30 
bo’lgan. Bu esa mashhur Winchester miltiqning kalibriga о’xshar edi. Shuning 
uchun qattiq diskni foydalanuvchilar hozitgacha “jargon” tilida "Vinchester" yoki 
qisqacha "Vint" deb atashadi.
Qattiq disk qanday tuzilishga ega? Qattiq diskning asosini magnit maydonning 
ta’sirini yaxshi saqlay oluvchi (masalan, temir oksidi) maxsus moddalar bilan 
qoplangan metall disk bloki tashkil etadi. Zamonaviy vintchesterlarda bunday 
disklardan bittadan uchtagacha bo’ladi. Bu disklar juda yaxshi muvozanatga va juda 
tekis yuzaga ega bo’ladi, chunki ularning aylanish tezligi ancha yuqori (standart 
tezliklar - 7200 yoki 10000 ayl/min) bo’ladi. Shu bilan birga ma’lumotlarni o’qish 
qurilmasini kerakli ma’lumotni o’qish uchun joylashish aniqligi juda yuqori bo’lishi 
kerak.
Diskga yozish uchun, tokli impulslar ta’siri ostida magnit maydonni 
yaratishga qodir bo’lgan maxsus magnitli kallaklar ishlatiladi. Odatda bunday 
kallaklar har bir disk uchun ikkitadan - diskning har ikki tomonida bo’ladi. Bunday 
magnitli kallak diskni ma’lum bir yo’nalishda magnit momentning yo’nalishiga 
qarab diskning bir qismini magnitlaydi (mantiqiy "nol" yoki mantiqiy "bir" kabi). 
Magnitlash jarayoni magnitli kallak kerakli joyga qo’yilganda, ma’lum bir vaqt 
oralig’ida tok impulsini uzatish orqali sodir bo’ladi.
Diskdan ma’lumotlarni o’qish uchun maxsus magnitga qarshilik ko’rsatuvchi 
kallaklardan foydalaniladi. ular magnit maydonning o’zgarishiga javob qaytaradi, bu 
esa qo’zg’aluvchan tok kuchini o’zgartiradi. Bunday analog signal o’qiladi va 
raqamli shaklga o’tkazilib, kompyuter tizimiga uzatiladi.


Disklardagi ma’lumotlar konsentrik doiralar - treklar shaklida joylashadi. 
Ishlash jarayonida magnitli kallaklar bir yo’ldan boshqasiga o’tib turadi. Zamonaviy 
qattiq disklarda magnit kallaklarni siljitish uchun solenoid diskdan foydalanadi. 
Quyidagi 8-rasmda kallaklarning harakati ko’rsatilgan - ular o’z o’qlari atrofida 
harakat qilishadi.
1.8-rasm. Diskning ma’lumot o’qish kallagining harakati 
Kallaklarning orqa tomoniga sim o’rami ("katushka") mahkamlangan bo’lib, 
elektromagnit ta’sirida u yoki bu tomonga tortiladi. Qattiq disk aylanganda kallak u 
yoki bu tomonga siljish orqali diskning istalgan nuqtasiga borish imkoniga ega 
bo’ladi. Tok quvvati o’chirgandan so’ng, ma’lumot o’quvchi bu kallaklar disk 
sirtidan chiqariladi va o’z joyiga borib turadi. Kallaklar disk yuzasiga tushishiga yo’l 
qo’yilmaydi.
Diskda ma’lumotlar konsentrik doiralar shaklida saqlanadi. Kallaklar bloki bir 
butun bo’lib, barcha kallaklar bir vaqtning o’zida harakatlanadi. Har bir kallak bitta 
diskning bir tomoniga xizmat qiladi. Istalgan vaqtda barcha kallaklar har xil diskda 
bo’lsada bir xil trekda joylashadi. Vertikal tekislikda bunday treklar to’plami silindr 
hosil qiladi.
Kompyuter ishlash jarayonida mikroprotsessor kerakli ma’lumotlarni qattiq 
diskdan o’qiydi va biror bir dastur orqali uni qayta ishlaydi, ishlov berish natijasini 
yana qattiq diskka yozadi.


1.9-rasm. Qattiq disk 
Qattiq diskning aylana ko’rinishdagi yo’llari sektorlarga bo’linadi. Har bir 
sector o’zida 512 bayt ma’lumotni saqlaydi. Sektor disk hajmining minimal 
elementi.
Qattiq diskning maksimal hajmi undagi silindrlar soni, kallaklar soni va 
sektorlar sonining bir-biriga ko’paytmasiga teng bo’ladi.
Odatda, texnologik nuqtai nazardan, qattiq disklar yaratishda undagi disklar sonini 
bu disklardagi yo’llarni zichligini oshirish hisobiga kamaytiriladi.
Qattiq disklarning asosiy xarakteristiklari ularning hajmini kattaligi va ishlash 
tezligigining yuqoriligi hisoblanadi.

Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish