|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq maktabgacha-ta-lim-va-tarbiyaning-xorij-davlatlardagi-ilg-or-tajribalariAcademic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 741 www.ares.uz
Qabul qilingan bu me‘yoriy-huquqiy hujjatlar faqatgina maktabgacha ta‘lim va
tarbiya sohasi faoliyatini huquqiy asoslash yoki himoyalash bilan cheklanmaydi. Bu
asoslar uzluksiz ta‘limning eng asosiy tayanch bo‗g‗inini isloh qilishni,
rivojlantirishni ta‘minlashga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai-nazardan ta‘lim sohasida
olib borilayotgan islohotlarda xorijiy tajribalarni o‗rganish, ularning ilg‗or
tajribalarini milliy ta‘lim va tarbiya bilan taqqoslash hamda ularning yutuqlarini
sohaga moslashtirish orqali joriy etish davr talabi hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya tizimini isloh qilishni prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev ―Yangi O‗zbekiston strategiyasi‖ kitobida ―inson kapitali‖
tushunchasi bilan bog‗laydi. Ya‘ni ―...rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning to‗liq
sikliga investitsiya kiritishga, ya‘ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‗lgan davrda
uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e‘tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya
jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‗rsatkich atigi 4
barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e‘tiborni kuchaytirishimiz,
buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart‖
3, 224-bet
-deb, yozadi
davlatimiz rahbari.
Demak, maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirishda prezidentimiz asarlari va
ma‘ruzalari hamda Farmonlari va Qarorlarida belgilangan vazifalar metodologik asos
sifatida xizmat qiladi.
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya tizimida xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini
o‗rganish yuzasidan alohida adabiyotlar, tadqiqot ishlari juda kam, bu boradagi
manbalarning faqatgina elektron resurslari mavjud bo‗lib, ularni ham internetning
turli veb saytlaridan topib, tarjima qilib o‗rganish mumkin.
Masalan, bu mavzuda B.E.Parmonov,
4
I.G‗.Mamajonov, R.Mamatovlar,
5
,
M.X.Qilichova
2
lar ilmiy izlanishlar olib borgan.
B.E.Parmonov ―Maktabgacha ta‘lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda xorijiy
tajribalarning psixologik jihatlari‖ maqolasida xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini
yoritgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Rossiya federatsiyasi, Yaponiya, Germaniya
kabi davlatlarining ilg‗or tajriblarini tahliliy o‗rgangan. I.G‗ Mamajonov,
R.Mamatovlar esa ―Germaniya davlati ta‘lim tizimi‖ni o‗rganishda qisman
maktabgacha ta‘lim tizimiga oid ma‘lumotlarni kiritib o‗tgan. M.X.Qilichova
maktabgacha ta‘lim va tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-
|
| |