Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
324
boshlanishini ifodalovchi” yordamchi fe’l maqomiga tushadi. Mazkur fe’l asosiy
fe’lning ma’nosiga ta’sir o‘tkazmaydi.
Kompozitsiya usulida yasaluvchi so‘zlarda umumiy ma’no qo‘shma so‘zning
morfemik tarkibiga kiruvchi taksonomik birliklarning ma’nolari yig‘indisidan kelib
chiqadi. M: [bel – inson tanasining o‘rta qismi, bog‘- biror narsani bog‘lash yoki
ushlab turish uchun ishlatiladigan narsa. Belbog‘- kiyimlarni va belni mahkam tutish
uchun inson tanasining bel qismiga bog‘lab yuriladigan mato].
Shakl va ma’no borasida bahs ketganda ma’no har doim ustun qo‘yilgan.
Fe’l
masdari + gereftan modelli fe’llar shakl jihatdan qo‘shma fe’llarga juda yaqin tursa-
da, ma’no jihatdan qo‘shma fe’llarning talabiga javob bermaydi.
Shuning uchun
fe’llarning bu tipini harakat yoki holatning tarzini ifodalovchi fe’lning grammatik
shakllari sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir.