Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
321
областного университета. Серия «Русская филология». – М., 2014. № 4. – С.
61-65.
2. Жукевич В. А. Общая топонимика. – Минск: Высшая школа, 1980. –
280 с.
3. Мурзаев Э. М. Тюркские географические названия. – М.: Восточная
литература, 1996. – 252 с.
4. Суперанская А. В. Что такое топонимика? – М.: Наука, 1985. – 111 с.
“FE’L MASDARI+ GEREFTAN” MODELLI FE’L SHAKLLARI
BORASIDAGI NAZARIY QARASHLAR
Turdaliyev Olimjon Fayzullajon o‘g‘li
magistrant
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqola fors tilida uchraydigan “fe’l masdari+ gereftan”
modelli fe’l shakllari borasidagi nazariy masalalarga bag‘ishlangan. Forsiy
jumlalar Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asaridan olingan.
Аннотация: Данная статья посвящена теоретическим вопросам
глаголных форм в модели «масдар + герефтан», встречающихся в персидском
языке. Персидские предложения взяты из произведения Саади Шерази
«Гулистан»
Annotation: This article deals with the theoretical issues of the verb masdar
+gereftan model verb forms in Persian. Persian sentences are taken from Saadi
Sherozi’s Gulistan.
Fors tilidagi qo‘shma fe’llar nafaqat Eron, balki jahon tilshunoslari orasida
ham birmuncha bahsli bo‘lgan masaladir. Xususan eronlik dasturnavislardan P. N
Xonlari, Ahmadiy-Giviy, Esmat Huvayniy, Parviz Albo‘rzi, Asg‘ar Shahboziy,
Majid Dodfar, Hamedrezo Salmoniy, Masume Najafiy,
Muhammmad Dabir
Muqaddam, Doktor Ne’matulloh Alipur, Mahmud Javod Mashkur, Ali Asg‘ar
Faqihiy, Mahdiy Muiyniyon, Mahdiy Mashkuhiddin, G‘ulomrezo Arjang va
boshqalarning ishlarida qo‘shma fe’llar borasida nazariy qarashlarni ko‘rish
mumkin. Lekin mazkur mualliflarning ishlarida ham fe’llarni
tahlilga tortishdagi
aniq bir asosning yo‘qligi, qo‘shma fe’llarni turli jihatlariga ko‘ra o‘rganish ta’riflar
va tasniflarning xilma-xil bo‘lishiga olib kelgan. Biz ushbu maqolada “Guliston”
asari misolida
“fe’l masdari+ gereftan” modelli qo‘shma fe’llar borasidagi nazariy
masalalarga to‘xtalamiz. Fe’llarning mazkur qolipiga oid nazariy ma’lumotlar va
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
322
namunalar ko‘pgina eronshunos olimlarning ishlarida uchraydi. Xususan, A.
Quronbekov
“fe’l masdari+ gereftan” modelli qo‘shma fe’llar sifatida
bāridan
gereftan- yog‘a boshlamoq; vazidan gereftan- esa boshlamoq fe’llarini ko‘rsatadi
[1, b. 92].
A. S Peysikov “Shohnoma”dan asosiy fe’lga qo‘shilib, harakatning
boshlanishini ifodalaydigan
gereftan (
olmoq - نتفرگ) fe’li bilan keladigan
bāridan
gereftan-yog‘a boshlamoq, ruidan gereftan-o‘sa boshlamoq, šekāftan gereftan-
ochila boshlamoq, tapidan gereftan- urishni boshlamoq (yurak haqida), deraxšidan
gereftan – yaltiray boshlamoq kabi qo‘shma fe’llarni misol tariqasida keltiradi,
shuningdek, fe’l yasalishining bu turi so‘z yasalishining yangi formasi emasligi,
bunday fe’llar fors-dariy tilining ilk va so‘nggi davrlariga
oid matnlarda ham
uchrashligini qayd etadi [2, b. 113].
Xususan, klassik fors tili davriga oid bo‘lgan “Guliston” asarida ham
fe’l
masdari+gereftan modelli fe’llarni uchratish mumkin.
Fors tilining izohli lug‘atlarida
gereftan [نتفرگ] fe’lining
“olmoq, tutmoq”
ma’nolari beriladi.
“Fe’l masdari +gereftan” modelli fe’llarda esa u o‘zining
dastlabki leksik ma’nosini tamoman yo‘qotib, “asosiy fe’ldan anglashilgan
harakatning boshlanishi” grammatik ma’nosini ifodalashga o‘tadi.
“Guliston”da
gereftan sodda fe’lining sodda, prefiksli, qo‘shma fe’lning
hattoki fe’liy frazeologik birikmaning yordamchi komponenti sifatida kelganligi
kuzatiladi. Quyidagi jumlada sodda fe’lning yordamchi
qismi sifatida kelgan va
asliyatdagi “asosiy fe’ldan anglashilgan harakatning boshlanishi” grammatik
ma’nosi tarjimada aks etmagan. Faqatgina asosiy fe’lning o‘zbekcha funksional
muqobili berilgan.:
ا قیفر
رب مهب و دینشب نخس نی
ﺁ
شجنر یاه نخس و دیشک مهرد نم تیاکه زا یور و دم
ﺁ
زیم