• TILSHUNOSLIKDA KATAXREZA VA KALKA Abduraxmanova Madina Ulugbekovna
  • Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet184/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   219
     
    Adabiyotlar: 
    1. A. Quronbekov. Fors tili leksikologiyasi. T. - 2009.
    2. Л. С. Пейсиков. Лексикология современного персидского языка. М. -
    1975.
    3. Muhammadrizo Ogahiy. Asarlar. 9-jild. T. -2019.
    4. 
    دلج ادخ هد
    ۴
    .
    ص
    ۵۶۳۱
    .
    ادخ هد همانتغل
    .
    ربکا یلع
    5. 
    یدعس ناتسلگ
    .
    باتک یایند
    .
    نارهت
    .
    دنفسا
    ۲۸
    .
    TILSHUNOSLIKDA KATAXREZA VA KALKA
    Abduraxmanova Madina Ulugbekovna
    Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi oʻqituvchisi 
    Andijon davlat tibbiyot instituti 
     
    Tilshunoslik – til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, 
    tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti 
    haqidagi fan. Tilshunoslik fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni o‘rganishda, 
    terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy 
    sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy 
    narsalar (moddiylik va g‘oyaviylik)ning o‘zaro aloqadorligi muammolarini hal 
    qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot bo‘lmish insonning o‘zini to‘g‘ri 
    tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon beradi. Dunyo tilshunosligida 
    bugungi kunga kelib, lingvistik terminlarni o‘rganilishi tilshunoslikning rivoji uchun 
    xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada 2 ta lingvistik atamaga ta’rif bermoqchimiz: 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    325 
    Kataxreza - qadimgi yunoncha “katachresis” atamasi “soʻzni suiste’mol qilish, 
    notoʻgʻri ishlatish” deb tarjima qilingan. Lugʻatlarda bu tushuncha mos kelmaydigan 
    ma’noga ega boʻlgan soʻzlardan tashkil topgan soʻz birikmasi, nutqning burilishi 
    sifatida ta’riflanadi. Ya’ni, bunday iborada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosi mantiqiy 
    birikmaydigan so‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishidan kelib chiqadigan 
    mantiqiy nomuvofiqlik yuzaga keladi. Aynan shu xususiyat kataxrez haqida stilistik 
    trop sifatida gapirishga imkon beradi, chunki bu hodisa qoʻshma soʻzlarning 
    ma’nosini o‘zgartirish bilan bog‘liq. Bunday nomuvofiqlikka misol sifatida: oydin 
    kecha, oq tunlar, qizil siyoh kabi. va hokazo iboralarni keltirish mumkin.
    Ushbu tushunchani va “oksimoron” ni aralashtirmang. Oksimironda, qarama-
    qarshi, zid ma’noli sozlar ishlatiladi. N. A. Nekrasovning “Yashil shovqin” nomdagi 
    she’ridagi “sokin shovqin” va “yashil shovqin” iboralarini taqqoslaylik. Birinchisi, 
    oksimoronga misol, chunki tarkibiy soʻzlar qarama-qarshi ma’noga ega. Ikkinchisi 
    aniq kataxrezadir, chunki “yashil” sifatdoshi “shovqin” otiga qoʻllanilmaydi, balki 
    majoziy ma’noda (“bahor”) yangi tasvir ma’nosini ifodalaydi. Bundan tashqari, 
    oksimoron - nutq figurasi, kataxreza esa – tropi, ya’ni soʻzlarning toʻgʻridan-toʻgʻri 
    ma’nodan koʻchma ma’noga oʻzgarishiga asoslangan aylanmadir.
    Kataxreza haqida birinchi eslatma miloddan avvalgi 1-asrga togʻri keladi. Rim 
    notiq olimi Kvintilian o‘zining notiqlik darsligida bu tushunchaga ta’rif bergan. 
    Muallif buni aniq ta’rifga ega boʻlmagan boshqa bir atamani tushuntirish uchun 
    moslashtirish usuli sifatida tushundi. Shuningdek, rim ritorikasida “abusio” atamasi 
    qoʻllanilgan boʻlib, bu yangi obraz yaratish uchun ikki metafora birikmasini 
    bildirgan.
    Qadimgi ritorika va komediyada kataxrezadan hajviy effekt yaratish, absurd 
    tasvirlash va qiyoslashlarda foydalanilgan. Bunday allegorik iboralarning badiiy 
    ta’siri Yevropa shoir va yozuvchilari tomonidan ham yuqori baholangan.
    Kalka (fransuzcha calque – nusxa, taqlid). Oʻzga til materialidan qismma-
    qism nusxa оlish yoʻli bilan hоsil qilingan soʻz yoki bоshqa bir til birligi. Kalkalar 
    leksik, semantik, frazeоlоgik boʻlishi mumkin. Masalan, temir yoʻl soʻzi rus tilidagi 
    железная дорога, yarim oʻtkazgich-полупроводник soʻzining kalkasidir. 
    Kalkalashning bu turi toʻliq kalka sanaladi, chunki unda boshqa til soʻzining ifoda 
    materiali oʻzbek tili materiali bilan toʻliq almashtirilgandir. Ba’zan boshqa til 
    soʻzining bir qismi oʻzgarishsiz olinadi, qolgan qismi esa oʻzbek tili materiali bilan 
    almashtiriladi. Qiyos qiling: mikroo‘g‘it < rus. микроудобрение, ultratovush < 

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish