Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
335
Yunon-lotin terminologiyasi bugungi kunda tibbiyot leksikasining asosi
hisoblanib, muvaffaqiyatli ravishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1)
tizim hosil qiluvchi omil muhim ahamiyatga ega,
boshqacha qilib
aytganda, aynan kelib chiqishi yunon-lotin tiliga taalluqli boʻlgan terminlar tibbiy
termin tizimining asosini, yadrosini tashkil qiladi. Yunon-lotin terminologiyasi,
tibbiyot fanining qaysidir soha tushunchasi (tezaurusi) hisoblanadi, ya’ni tibbiyot
termini va asosiy tushunchani oʻz ichiga olib, ularsiz tibbiyotning maxsus sohalarini
mazmunan oʻzlashtirish mumkin emas;
2)
davolash ishining bazali tushunchasini ifodalaydi,
kommunikatsiya
mazmuni tushunchasining bir ma’noliligi, oʻzaro ta’sir optimizatsiyasini
ta’minlaydi. Bugungi kunda tibbiyot termin tizimi juda yaxshi ishlab chiqilgan
natijaviylikka, kasbiy sohada tibbiyot xodimlari oʻrtasida oʻzaro munosabatni
optimallashtirishga yoʻnaltirilganligi bilan ajralib turadi.
Tibbiy termin tizimining zamonaviy koʻrinishda shakllanishi oʻzining uzoq
tarixiy rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. MDX davlatlari va ular ichida Oʻzbekiston
shifokorlari ham koʻp sonli birliklar (masalan, kalla (череп) - cranium, umurtqa pogʻ
onasi (позвоночный столб) columna vertebralis, bosh (голова) – caput kabi soʻzlar
keyinchalik tibbiyot terminlariga aylangan, milliy tibbiyot termin tizimining vaqt
oʻtishi bilan shakllanishi praslavyan davriga tegishli boʻlgan,
avval inson, uning
organizmi va uning oʻzi haqidagi tasavvurga ega boʻlgan. Albatta, XVIII asrgacha
boʻlgan davrda qandaydir uygʻun, oʻziga mos termin tizimi haqida gapirish mumkin
emas edi.
Oʻzini bilish jarayoni va inson salomatligi bilan bogʻliq u yoki bu tushuncha,
birinchi nominatsiyaning paydo boʻlishi taxminan lingvo madaniy modellarda
analogik tarzda kuzatilgan. Mazkur tadqiqot mavzusiga kelsak, unda kelib chiqishi
yunon-lotin tili terminlarining nutqda mustahkamlanish mexanizmlari diqqatni
tortadi. A. N. Agafonov, V. A. Agafonovlar fikricha, lotin tili oʻzining
dastlabki
boshlanishini uzoq qadimdan lotinlar – Apennin yarim orolining markazi Latsiya
hududida istiqomat qilgan xalqdan olgan. Arxaik lotincha yoki qadimgi lotin tilining
paydo boʻlshi eramizdan avvalgi II ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Klassik
lotin qadimgi terlar va faylasuflarning adabiy tili singari oʻz rivojini eramizdan
avvalgi I ming yillik oxirida boshlagan va Oʻrta yer dengizining yirik davlatiga
aylangan Rim ekspansiyasiga toʻgʻri keldi.
Yunoniston kengayish jarayonida Rim ta’lim va madaniyat darajasi anchagina
yuqori edi, Rim tsivilizatsiyasi ellin fani kontseptsiyasi va asarlari, uning falsafasi,
dini va shubhasiz tibbiyoti boyib bordi. Yunon va Rimning birikishi ikki tilli yunon-
lotin terminologiyasining shakllanishiga olib keldi.
Oʻzbek tilshunosligi, xususan oʻzbek tibbiy atamashunosligi Rossiya
atamalari orqali rivojlangan. Shu bois tibbiy atamashunoslikni
Rossiya tibbiy
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
336
atamashunoslik terminlari bilan oʻxshash tomonlari koʻp. Qoʻshni Rossiyada esa rus
tili terminologiyasi Vizantiya orqali rivojlandi. Boʻlgʻusi rus tili tizimida birinchi
oʻzlashma soʻzlar VI asrga taalluqli, chunki Kiyev Rusi va Vizantiya oʻrtasida jonli
savdo sotiq rivojlanishi natijasida rus va yunon tillaridan soʻzlarning bir-biriga
oʻtishi, oʻzlashishi boshlandi. Xristian dinini qabul
qilish yunon madaniyati va
yunon tilini oʻzaro ta’sirining kuchayishiga sabab boʻldi, buning ta’siri natijasida rus
tiliga koʻplab ilmiy tushunchalar nomlari kirib keldi va buning natijasida Rossiyadan
oʻzbek tilshunosligiga ham qator atamalar kirib kelgan.
Ta’kidlash joizki, bu bosqichda oʻzbek tibbiy atamashunosligi oʻzlashishning
kuchli ta’siriga kirib qoldi, milliy madaniyatga nafaqat ayrim leksik birliklar va
sintaktik konstruktsiyalar, balki alohida soʻz yasovchi morfemalar ham koʻchdi, ular
yangi tilda yuqori mahsuldorlikka ega boʻldi, oʻzlashma soʻzlar tub oʻzbek tili
asoslari bilan birikdi, bu umuman oʻzbek tibbiy atamashunosligining boyishiga va
rivojlanishiga sabab boʻldi.