Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
333
Asarda davlat rahbari, oliy hokimiyat egasi bo‘lmish sultonlardan tortib
ularning yordamchilari bo‘lgan beklar, noiblar, vazirlar, sadrlar, sarkardalar,
yasovullar, askarlarga ta’riflar, islom dini peshvolaridan shayxulislom, qozilar,
muftiylar,
mudarrislarga xos jihatlar, tabiblar, shoirlar, kotiblar, maktab ahli,
hofizlar, voizlar-u munajjimlar to‘g‘risida,
savdogar-u tijoratchilar, hunarmand-
kosiblar, dehqonlar kabi zaruriy kasb egalari bilan bir qatorda axloqi bir qadar
pastroq qatlamlar tilanchilar, darveshlar xususida ham qimmatli ma’lumotlar
keltirilgan. Asar leksikasiga murojaat qilish orqali istiorizm va arxaizmga aylangan
leksik birliklarga duch kelamiz.
Asarning “Odil salotin zikrida” bobida podshohlar haqida so‘z boradi. Salotin,
podshoh kabi so‘zlar bugungi o‘zbek tilida arxaizm so‘z sanaladi. Negaki davlatni
boshqaruvchi shaxs hozirgi kunda ham mavjud, lekin
uning nomi va mohiyati
Navoiy davridagi davlat rahnamolaridan farq qiladi. Shu bilan bir qatorda shoir
hukmdorda bo‘lishi lozim deb hisoblagan jihatlar ayni davrda ham davlat boshliqlari
uchun zaruruiy sifatlar hisoblanadi: “Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va
mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila abri bahordek qora tufrog‘din
gullar ochar va mulk ahli boshig‘a oltin bila durlar sochar... Hirosatidin qo‘y-u qo‘zi
bo‘ri havfidin emin va siyosatidin musofir ko‘ngli qaroqchi vahmidin mutmain”. Bu
parchani hozirgi o‘zbek tiliga tabdil qiladigan bo‘lsak, quyidagi mazmunni beradi:
“Odil podshoh xaloyiqqa Tangri taoloning rahmatidir va mamlakatga omonlik va
farovonlikdir. Quyosh bilan bahor yomg‘iridek qora tuproqdin gullar ochadi va
mamlakat ahli ustiga oltin-u durlar sochadi... Uning davlati soyasida qo‘y va qo‘zilar
bo‘ridan omonlikda. Yomonlarga shafqatsizligidan musofirlar yo‘lto‘sarlar va
qaroqchilar havfidan omonlikda”.
Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik so‘zlar hozirgi kunda arxaizm hisoblanadi,
ayrimlari esa bugungi kun o‘zbek tili leksikasining kamiste’mol qismiga mansubdir.
Jumladan, xaloyiq, abr, emin kabi so‘zlar nofaol bo‘lsa, mamolik, mujib, amniyat,
rafohiyat, mutmain singari leksik birliklar arxaizmlarga tegishli (tushuncha saqlanib,
faqat so‘zning o‘zi eskirsa, ya’ni iste’moldan chiqib ketsa, arxaizm hodisasi vujudga
keladi. Boshqacha qilib aytsak, so‘z o‘z o‘rnini boshqa bir so‘zga bo‘shatib beradi).
Asarda biron so‘zga ta’rif berilganda uning etimologiyasi, lug‘aviy ma’nosiga
ham e’tibor qaratilgan. Masalan, vazir so‘zini olaylik.
Tarixdan bilamizki, vazir
mansabidagi kishi podshohning yordamchisi, turli davlat ishlarida maslahatchi,
podshohning farmon va amrlarining ijrosini ta’minlaydigan shaxs hisoblangan.
Navoiy shu amal egasi haqida gapirar ekan, ularning o‘z
vazifalarini sitqidildan
bajarmasligi, xalq manfaati emas, faqat o‘zining nafsi yo‘lida harakat qilishiga
to‘xtalib, vazir so‘zining ma’nosida ham shunga yaqinlik borligini aytib o‘tadi:
“Vazir vizrdin mushtakdur va bu fe’l aning ahak va alyakdur”. Ya’ni, “Vazir so‘zi
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
334
“vizr” – gunoh so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu fe’l aning tabiatiga juda mos va
loyiqdir”.
Xulosa o‘rnida
aytish mumkinki, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”
asari nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki o‘zbek tilshunosligining ham bemisl
xazinasi hisoblanadi. Asar orqali qadim o‘zbek tilining boy leksikasi haqida ko‘plab
ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.