Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
58
gimonografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvomadaniyatshunoslik
fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o‘rganilgan.
1
Lingvokulturologiya til va madaniy tushunchalar o‘rtasidagi
munosabatni
o‘rganuvchi tilshunoslikning bir bo‘limidir. Lingvokulturologiya alohida fan sohasi
sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi.
2
Tadqiqotchilarning qayd qilishicha
“Lingvokulturologiya” lotincha lingua - til, cultura - madaniyat va logos - fan, ta’lim
ma’nosini bildiradi.
3
Yana bir manbaga ko‘ra lingvokulturologiya (lot. lingua “til”;
cultus “hurmat qilish, ta’zim qilish”; yunon. “ilm, fan”) - madaniyatshunoslik va
tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasi.
Lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini, o‘zaro ta’sirini, tilda o‘z
aksini topgan xalq madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi.
4
Lingvokulturologiya
etnolingvistika,
sotsiolingvistika,
lingvomamlakatshunoslik va etnopsixolingvistika bilan chambarchas aloqadadir.
Lingvokulturologiyaning obyekti - madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi, o‘zaro
ta’sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir. Lingvokulturologiyaning predmeti -
madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma’no kasb etgan va natijalari inson ongida
umumlashtirilib mif, afsona, folklor va diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy
matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari
sanaladi.
5
Lingvokulturologiya sohasida tadqiqotlar yaratgan V.A.
Maslova ushbu
sohaning rivojlanishini uch davrga ajratib ko‘rsatadi:
Birinchi davr - fanning shakllanishiga turtki bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning
yaratilishi (V. Fon Gumboldt, A.A. Potebiy, E.Sepir va boshqa tilshunoslarning
asarlari);
Ikkinchi davr - lingvokulturologiyaning mustaqil tadqiqot sohasi sifatida
shakllanishi.
Uchinchi davr - lingvokulturologiyaning
fundamental, mustaqil fan sifatida
paydo bo‘lishi.
Shu bilan birga lingvokulturologiyada hozirgi kunga qadar bir qancha
yo‘nalishlar shakllangan:
1.Ayrim ijtimoiy guruhlarning ko‘zga ko‘ringan madaniy yorqin davrdagi
lingvokulturologiyasi, ya’ni muayyan lingvokulturologik vaziyatni o‘rganish.
2.Diaxronik lingvokulturologiya, ya’ni etnik
guruhning lingvomadaniy
holatining ma’lum vaqt oralig‘idagi o‘zgarishlarini o‘rganish.
1
http://cyberleninka.ru/article/n/lingvomadaniyatshunoslik-fanining-tarixiy-va-nazariy-negizlari
2
Маслова В. А. Лингвокультурология: Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. - М.: Изд.
Центр «Академия», 2001. – C. 28.
3
http://hozir.org/til-va-tafakkur-til-va-madaniyat-bogliqligi-reja.html?page=4
4
Umarova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari (o‘quv qo‘llanma). T., 2015. – B. 181.
5
O‘sha asar, o‘sha bet.