Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
60
Ikkinchi maktab N.D.Arutyunova maktabi bo‘lib, u turli davr va xalqlarga oid
matnlardagi umummadaniyat atamalarini o‘rganadi. Ushbu madaniy atamalar ham
haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchi emas, balki tashqi kuzatuvchi sifatida o‘rganiladi.
Uchinchi maktab V.N.Telia maktabi bo‘lib,
u Rossiyada va xorijda
Frazeologizmlarni lingvokulturologik tahlil qilish bo‘yicha tanilgan. V.N.Telia va
uning shogirdlari lisoniy mohiyatlarni jonli tilda so‘zlashuvchining aks etish
pozitsiyasidan o‘rganadilar, ya’ni bu madaniy semantikaning bevosita til va
madaniyat subyekti orqali egallashga qaratilgan yo‘nalishdir.
To‘rtinchi maktab esa V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein va boshqalar tomonidan,
Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida yaratilgan lingvokulturologiya maktabidir.
Ular Ye.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarov konsepsiyasini rivojlantirishdi.
1
Xulosa qilib aytganda, XXI asrning boshlariga
kelib lingvokulturologiya
jahon tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya
birinchi navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, an’ana, urf-odat, taomil,
ramzlarini va h.k.ni tadqiq etadi. Ushbu fan hozirgi zamon tilshunosligida o‘ta tez
sur’atlarda
rivojlanib, umumiy tilshunoslikda alohida o‘rin egalladi.