Mavzu: Sun’iy intellekt tushunchasi va uning rivojlanish tarixi. (11-sinf) S




Download 7.46 Mb.
bet8/14
Sana06.02.2023
Hajmi7.46 Mb.
#41206
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Mamadaliyev Nurali
Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari
Mavzu: Sun’iy intellekt tushunchasi va uning rivojlanish tarixi.
(11-sinf)
S - Texnologik taraqqiyot va insoniyat ehtiyojlarining umumiy talabi sun’iy aqlning hayotimizning barcha sohalariga kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. U inson aqlining muqobili sifatida ko‘rilmoqda va tibbiyot, iqtisod, ta‘lim kabi ko‘plab sohalarning rivojlanishida asosiy rol o‘ynamoqda. Ma‘lumki, Facebook, Google, YouTube, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar yoki Amazon, Alibaba kabi Internet do‘konlari ham sun’iy intellektdan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlar har bir foydalanuvchi tashqi qiyofasini taniy olishi, uning qiziqishlarini tahlil qila olishi sababli turli xizmatlarni taklif qilishi mumkin. Sun’iy intellektdan Internet xizmatlaridan tashqari davlat tashkilotlarida foydalanish ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, sun’iy intellekt usullari moliya sohasida qaysi operatsiyalarda firibgarlik bo‘lishi mumkinligini aniqlashda, tezkor va aniq kredit qarorlarini qabul qilishda, shuningdek, ma‘lumotlarni boshqarish bo‘yicha vazifalarni avtomatlashtirishda yordam bermoqda.
Sun’iy intellektni puxta o‘rganish natijasida har bir shaxs kelajakda o‘z kasbida undan samarali foydalanish, uning imkoniyatlarini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
W –SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud. Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. SI mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”. Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi. “Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, SI shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts.
O - 2009-yilda Google tomonidan haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarildi.
2011-yilda IBM tomonidan ishlab chiqilgan, savollarga tabiiy tilda javob beruvchi “Watson” nomli kompyuter bilim borasida insondan ustun keldi. Bu esa sun’iy intellektning bilim olish qobiliyati cheksiz ekanligini yana bir bor isbotladi.
2011-yilda Apple, 2014-yilda esa Microsoft va Amazon kompaniyalari o‘zlarining ovozli yordamchilari (chatbot)ni taqdim etdi.
2012-yilda surat orqali inson tashqi qiyofasini xaritalovchi sun’iy intellekt texnologiyasi yaratildi.
T - sun’iy intellektning keskin rivojlanishining salbiy tomonlari ham mavjud. Jumladan, inson aralashuvisiz sun’iy intellekt asosida harakatlanadigan qurollar insonlar hayotiga xavf solishi ma‘lum bo‘ldi. Shu boisdan, 2015-yilda Ilon Mask, Stiven Xoking va Stiv Voznyak hamda shu sohada ko‘zga ko‘ringan 3000 nafar olimlar tomonidan avtonom ravishda harakatlanuvchi qurollarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ochiq xat imzolandi.

5-metod: “Firklash dizayni” (Design thinking ) kreativ metodi.


Metod bayoni.


“Fikrlash dizayni” – bu innovatsiyani yaratuvchi metodikadir. Uning kalit elementi – muammoni chuqur tushunish va kuzatish.
Fikrlash dizayni olib borish bosqichlari quyidagilardir (1- rasm):

1-rasm. “Fikrlash dizayni” (Design thinking) kreativ metodi bosqichlari


  1. Download 7.46 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 7.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Sun’iy intellekt tushunchasi va uning rivojlanish tarixi. (11-sinf) S

Download 7.46 Mb.