• Assesment” metodi bo’yicha topshiriq namunasi
  • Matematika va informatika




    Download 7.46 Mb.
    bet5/14
    Sana06.02.2023
    Hajmi7.46 Mb.
    #41206
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mamadaliyev Nurali
    Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari
    Python dasturlash
    tilida ma’lumot turlari

    Metod natijasi:



    String
    Float Intager


    Python dasturlash
    tilida ma’lumot turlari

    Dict Bool



    Set

    3-metod: Assesment metodi.
    Metod bayoni.
    “Assesment” inglizcha “assessment” so’zidan olingan bo’lib, “baho”, “baholash” ma’nolarini bildiradi. Assesment metodi talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar to’plami bo’lib, u biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o’quv individual topshirig’i, bahs- munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatishi, rolli hamda ishbilarmonlik o’yinlari kabilardan tashkil topadi. Bu metod asosan quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi:

    • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama, xolis baholash;

    • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;

    • talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan istikbol reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish.

    Mazkur texnologiyaning yaratilish tarixi o’tgan asrning 30-40- yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to’g’ri baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o’rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdek, ofiserlarni tanlash maqsadida qo’llanilgan.
    Keyinchalik bu metod tadbirkorlik sohasiga ham samarali tatbiq etildi. Metodni birinchi marta 1954-yilda “AT&T” kompaniyasi tomonidan tadqiqot dasturlarini amalga oshirish doirasida qo’llanilgan.
    To’rt yildan so’ng malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo’llanila boshlangan ushbu metod negizida tadbirkorlar va psixologlar bilan hamkorlikda mazkur texnologiya yordamida ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari hamda tashkilotlar uchun malakali mutaxassislarni tanlash xizmati – “Assesment-markaz” (“The Assessment Centre”) faoliyatini yo’lga qo’yildi.
    1960 yilda “IBM”, “Standart oyl of Ogayo”, “Sirs Robaks” kabi yirik amerika kompaniyalari o’z faoliyatlariga bu texnologiyani samarali tatbiq etdilar. Agar 1980 yilda 2000 ta firma “Assesment-markaz” asosida malakali mutaxassislarni tanlashni ma’qul ko’rgan bo’lsa, hozir bu texnologiyadan o’n minglab korxona, tashkilot, firma va kompaniyalarda samarali qo’llanilmoqda.
    Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniyalari malakali menejerlarni tanlash maqsadida mazkur texnologiyadan muvaffaqiyatli foydalanmoqdalar. So’nggi yillarda mazkur texnologiya ta’lim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning yordamida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasi har tomonlama, xolis baholanmoqda.
    Metodning qo’llanishi. “Assesment” metodi o’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanish yoki dars oxirida yoki o’quv predmetning biron-bir bo’limi tugallanganida) o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasshsh baholash takrorlash mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin ta’lim oluvchilarning bilimlarini tekshirib olish, malaka oshirishga kelgan tinglovchilarning dastlabki bilimlari, ko’nikma, malakalarini aniqlab olish uchun mo’ljallangan.

    Ushbu metodni mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida hamda yakka tartibda qo’llash mumkin. Bu metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo’ladi. Bunda topshiriqlar shakli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin.


    Assesment” metodi bo’yicha topshiriq namunasi 




    Download 7.46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 7.46 Mb.