• Darsliklarning multimediali ilovalari
  • O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma




    Download 454.37 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana12.08.2022
    Hajmi454.37 Kb.
    #25196
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1MnWh6imzeA6xOxrwMVsfILg0ahG5Voj0bQEUpK3
    1. Bir bitli xotira elementi deganda nima tushuniladi , 2 5204164640807847008, Homo cultures и современное общество, vektorlarning-skalyar-ko-paytmasi, 309, Мои планы на будуще, TARMOQ TEXNOLOGIYALARI. INTERNET BAYONNOMALARI, YUSUF JALG`ASHEV, БМИ Низоми - для слияния, 5 1.7 Способы кодирования информации1, 4-MAVZU пул маблаглари (1), Gomotetiya va o’xshashlik, Йул варакаси боллар, adabiyot
    O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma—darslikdagi har bir mavzuni 
    samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining 
    darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir 
    darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish 
    usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va 
    boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv 
    nashri. 
    Darsliklarning 
    multimediali 
    ilovalari—axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va 
    o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan,o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, 
    o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, 
    animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan 
    o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini 
    boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga 
    murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot–ta’lim resursi. 
    O‘quv–metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv–reja va 
    dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik–psixologik, estetikva gigiyenik 
    talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik 
    qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi. 


    O‘quv–metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda umumiy 
    talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 
    O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta 
    ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda 
    kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni 
    vasifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali 
    tatbiq etishdan iborat. 
    O‘quv–metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari 
    quyidagilardan iborat: 
    o‘quv–metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari 
    hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
    o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga 
    qadriyatli munosabatni tarkib toptirish; 
    davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, 
    ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish; 
    o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy 
    qobiliyatlarini rivojlantirish; 
    yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish; 
    o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini 
    shakllantirish; 
    umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida 
    ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish. 
    O‘quv–metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida 
    amalga oshiriladi: 
    o‘quv–metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
    prinsiplari asosida yaratilganligi; 
    o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik 
    xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi; 
    o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga 
    qaratilganligi; 
    umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining zarur hajmi 
    berilganligi,o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va 
    amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi. 

    Download 454.37 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 454.37 Kb.
    Pdf ko'rish