Eng muhim birikmalari. Natriy va kaliyning amaliy ahamiyatga ega bo 'lgan ko'plab birikmalari bor.
Ishqoriy metallarning gidroksidlari, NaO H2 KO H2 LiO H2 RbO H2 CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun xos bo'lgan barcha reaksiyalarni beradi. Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi. Natriy gidroksid - NaOH. Amaliyotda kaustik soda deb ham ataladi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni natriy metalliga, natriy oksid yoki peroksidlariga suv ta'sir ettirib olish mumkin. Na2O + H2O = 2NaOH Sanoat miqyosida NaOH ni olish uchun osh tuzi eritmasini elektroliz qilinadi.Kaliy gidroksid ham laboratoriya sharoitida kaliy metalli va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Natriy va kaliy gidroksidlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi.natriy gidroksid quyidagilar olinadi.To'qimachilik sanoatida,Sun'iy tolalar ishlab chiqarishda,Qog'oz ishlab chiqarishda,Neft mahsulotlarini tozalashda,Sovun olishda,Organik sintezda Natriyning boshqa birikmalarini olishda ishlatiladi
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Soda ishlab chiqarish.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsadSoda ishlab chiqarish.
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Natriyli soda. 2. Kaliyli soda. 3. Ammoniyli soda
Yangi darsning bayoni.
Soda – Na2CO3 natriyning eng muhim bhikmalaridan bo'lib, xalq xo'jaligi uchun amaliy ahamiyatga ega. Sanoatning ko'p tarmoqlarida sodadan xomashyo sifatida foydalaniladi, xususan, shisha ishlab chiqarishda shixtaning (xomashyolaming aniq nisbatlardagi aralashmasi) asosiy tarkibiy qismi, sellulozadan qog'oz tayyorlashda, to'qima materiallar ishlab chiqarishda, yog'-moylar tarkibidagi yog' kislotalarni, sintetik yog' kislotalarini neytrallab sovun olishda, neft qazib olishda burg'ulash ishlarini yengillashtirish, neftni qayta ishlashda naften kislotalaridan yuvuvchi vositalar tayyorlashda, natriyning boshqa tuzlarini sintez qilishda soda ishlatiladi.Soda tabiatda juda oz miqdorda uchrab, unga bo'lgan sanoat ehtiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun uni arzon xomashyodan sintez qilib olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu yo'nalishda dastlabki texnologik jarayon XVIII asrda fransuz vrachi L. Leblan tomonidan taklif etilgan «sulfat usuli» bo'lib, unda osh tuzi sulfat kislota yordamida natriy sulfatga o'tkaziladi. Natriy sulfat esa ko'mir bilan qizdirilib, natriy sulfidga aylantiriladi. Natriy sulfid kukun holidagi ohaktosh bilan qizdirilib soda hosil qilinadi:
NaCl Na2SO4 Na2S Na2CO3 .2NaCl + H2S04 Na2SO4 + 2HCl .
Na2SO4 + 2C Na2S + 2CO. 3. Na2S + CaCO3 Na2CO3 + CaS.
Ohaktosh bilan qizdirilganda hosil bo'lgan sodani ajratib olish uchun qattiq aralashma maxsus tegirmonda maydalanib, suvda eritiladi. CaS suvda yomon eriydi, eritma undan ajratilib, bug'latiladi va soda kristallari olinadi. Bu texnologik jarayon qimmatga tushganligi sababli keyinchalik boshqa tejamli usul («ammiakli usul») bilan almashtirilgan.
«Ammiakli usul» E.G. Solve tomonidan taklif etilgan bo'lib, bunda ammoniy xloridga so'ndirilgan ohak bilan ishlov berilganda hosil bo'ladigan ammiak bilan osh tuzining konsentrlangan eritmasi to'yintiriladi va unga bosim ostida karbonat angidrid yuboriladi. Eritma sovutilganda sovuq eritmadan yomon eriydigan natriy gidrokarbonat cho'kmaga tushadi, uni ajratib olib, qizdirilsa soda hosil bo'ladi.
2NH4C1 + Ca(OH)2 2NH3 + CaCl2 + 2H2O. 2. NH3 + CO, + H2O -> NH4HCO3
NH4HC O3 + NaCl -»> NaHC O3 + NH4C1. 4. 2NaHCO3 Na,CO3 + CO2 + H2O
Soda Na2CO3- 10H2O holatda kristallogidrat tuz bo'lib, bevosita "kir sodasi" nomi bilan yuvish vositasi sifatida ishlatiladi. Uni yuqori haroratda qizdirib, kalsinatsiyalangan (suvsizlantiiilgan) soda - Na,C O3 (temir sodasi) olinadi. NaHC O3holida esa ichimlik sodasi deb atalib, kundalik turmushda turli maqsadlarda ishlatiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. KBrO3qaytarilganda Br- hosil bo‘lsa, moddaning ekvivalenti qanday bo‘ladi?
2. Massasi 5,6 g bo’lgan noma’lum ikki valentli metall 1,6 g kislorod bilan oksid hosil qilgan.
3. Massasi 400 g bo’lgan ikki valentli metall 320 g massali oltingugurt bilan ta’sirlashib,
sulfid hosil qilgan bo‘lsa, bu qaysi metall ekanligini aniqlang.
4. E2O5tarkibli oksid hosil qiladigan 10,33 g elementga 12 g magniy to’g’ri keladi. Bu qaysi
5. Oksidining tarkibi R2O3 bo’lgan elementning 32 g miqdoriga 9,6 g kislorod to‘g‘ri kelsa, bu
6. Oksidlanish darajasi +4 bo‘lgan elementning xlorli birikmasi tarkibida 92,21 % xlor bor. 7. 0,7 g ikki valentli metall kislota bilan ta’sirlashganda 0,28 l vodorod ajralib chiqqan bo’lsa,qaysi metall kislota bilan ta’sirlashgan? .
8. Vodorod bilan RH4tarkibli birikma hosil qiladigan elementning oksidi tarkibida 53,3 %
kislorod bo‘ladi. Shu elementning nomini ayting.
9. Yuqori oksidi RO3bo‘lgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47 % vodorod
bo‘lsa, bu qaysi element?
10. Noma‘lum elementning vodorodli birikmasi H2X formulaga javob beradi, uning kislorodli
birikmasi tarkibida 20,0 % kislorod bor. Bu qaysi element?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: 3- nazotar ishi. Masalalar yechish
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad O`tilgan mavzular yuzasidan masalalar yechib o`quvchilarga
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: Masalalar yechish.
Darsning usuli: Masalalar yechish.
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni.
1-Variant.
1.Natriy sulfat tuziga natriy korbanat aralashmasiningni qanday tajriba bilan
aniqlash mumkin. Reaksiya tenglamasini yozing.
2.Osh tuzi eritmasidan elektr toki o`tkazilganda anodda normal sharoitda o`lchangan 33.6 litr kislorod ajratilgan bo`lsa, katodda necha gramm natriy gidroksid hosil bo`ladi.
3. 2.6 mol kaliy suv bilan reaksiyaga kirishganda normal sharoitda o`lchanganda qancha hajm vodorod ajralib chiqadi. Reksiya tenglamasini yozing.
4. Quyidagi o`zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamasini yozing.
NaCl→ Na→ NaOH→ NaNO3 → O2
5. 10 g massali alyuminiy 6 g massali uglerod bilan birikma hosil qilgan bo‘lsa,
Shu moddaning eng oddiy formulasini toping.
2-Variant.
1.45 garamm natriy korbanat yetarli miqdordagi ohakli suv bilan reaksiyaga kirishib qancha o`yuvchi natriy hosil qiladi?
2.Osh tuzi eritmasidan elektr toki o`tkazilganda anodda normal sharoitda o`lchangan 33.6 litr kislorod ajratilgan bo`lsa, katodda necha gramm natriy gidroksid hosil bo`ladi.
3. 2.6 mol natriysuv bilan reaksiyaga kirishganda normal sharoitda o`lchanganda qancha hajm vodorod ajralib chiqadi. Reksiya tenglamasini yozing.
4. Quyidagi o`zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamasini yozing.
K→ KOH→ K2SO4→KCl →KNO3→KNO2
Oksid tarkibidagi 12,8 g misga 1,8 g kislorod to‘g‘ri keladi.
Shu oksidning engoddiy formulasini toping.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Ishqoriy yer metallarini davriy sistemada joylashgan o’rni, atom tuzilishi.
Tabiatda uchrashi va olinishi.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Ishqoriy yer metallarini davriy sistemada joylashgan o’rni,
atom tuzilishi. Tabiatda uchrashi va olinishi.
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
Tabiatda uchrashi. Ishlatilishi.
Yangi darsning bayoni.
Element
|
Kimyoviy belgisi
|
Nisbiy
atom
massa
|
Tartib
raqami,
yadro
zaryadi
|
Elektron konfigu- ratsiya
|
Suyuqlanish harorati, °C
|
Zichligi, kg/m3
|
Magniy
|
Mg
|
24,305
|
12
|
[Ne]3s2
|
648,8
|
1738
|
Kalsiy
|
Ca
|
40,08
|
20
|
[Ar]4s2
|
838,8
|
1550
|
Mg (+12) 2-8-2 ls22s22p63s2
|
Ts, °C
|
Tq, °C
|
D, g/sm3
|
E°, v
|
Kashf etilgan
|
650
|
1090
|
1,74
|
-2,36
|
J.Blek, 1755
|
Ca (+20) 2-8-8-2 ls22s22p63s23p64s2
|
TS,°C
|
Tq,°c
|
D, g/sm3
|
E°, v
|
Kashf etilgan
|
838,8
|
1480
|
1,55
|
-2,82
|
G.Devi, 1808
|
Ishlatilishi. Magniy va kalsiy hamda ularning birikmalari amaliyotda ko'p sohalarda qo 'llanadi. Metall holida magniy va kalsiylar yengil, pishiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Yorituvchi raketalar, olov signallari, mayoqlari, fotografiyada magniy keng qo'llanadi. Ular asosiy qurilish materiallari: asbest, alebastr, gips, ohak, marmar, oddiy va silikat g'isht, sementlaming asosini tashkil qiladi. Magniy va kalsiy tuzlari tibbiyotda juda keng qo'llanadi: magnezit, kuydirilgan magneziya, kalsiy xlorid, kalsiy glukonat, talk kabilar shular jumlasidandir.Shisha, po'lat, cho'yan ishlab chiqarishda, ohak, tuproqning kislotaliligini pasaytirishda kalsiy karbonat va so'ndirilgan ohak, rezina, bo'yoqlar, tish pastalari (kalsiy karbonat), optik asboblar (islandiya shpati) tayyorlashda, qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda so'ndirilgan ohak kabi kalsiy birikmalari keng ishlatiladi.Kalsiy gidroksidning tiniq eritmasi ohak suvi, suvdagi oq tindirmasi ohak suti deb ataladi. So'ndirilgan ohak qurilishda keng ishlatiladi. Ohak suti qand ishlab chiqarishda qand lavlagisi sokini tozalashda qo'llanadi.Biologik ahamiyati. Magniy va kalsiy biologik jihatdan muhim elementlar qatoriga kiradi:Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchun muhim ahamiyatga ega kimyoviy elementlardir.O'simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchi xlorofill asosida magniy joylashgan.Hayvonlar suyaklari tarkibining 80 % kalsiy fosfatdan iborat.Ma'lumki, sayyoramizdagi hayot kislorod asosiga qurilgan va kislorodni havoga, asosan, o'simliklar yetkazib beradi. Undan tashqari, sayyoramizdagi ozuqaviy zanjirda o'simliklar eng muhim o'rin tutadi. Ular havodagi karbonat angidridni quyosh nuri ishtirokida organik molekulalar-ozuqaviy zaxiralarga aylantiradi. Bu jarayonni o'simlik hujayralarida markaziy atom sifatida magniy tutgan kompleks- xloroplast, xlorofill donachalari amalga oshiradi. Kalsiy birikmalari tirik tabiatda hayvonlar harakat-tayanch sistemasining asosini tashkil etadi, himoya funksiyasiga ega. Organizmda kalsiy disbalansi allergik kasalliklar kelib chiqishiga, suyak kasalliklariga olib keladi. Qonning ivishi, ba'zi fermentlar faolligi ham kalsiy bilan bevosita bog'liq omillardir.Magniy muskul to'qimasida 0,09 %, ilikda 0,07-0,18 %, qonda 37,8mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 250-380 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 19 g miqdorda bo'ladi.Kalsiy muskul to'qimasida 0,14-0,7 %, ilikda 17 %, qonda 60,5mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 0,6-1,4 g iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 1 kg miqdorda bo'ladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning taxminan 99% suyakda, 1% esa qon va limfada bo'ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Magniy va kalsiyning asosiy fizik xossalarini aytib bering.
Magniy va kalsiy tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi?
Sanoatda kalsiy qanday olinadi?
Magniy va kalsiyning kimyoviy xossalarini ifodalovchi reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
Nima uchun kalsiy oksid tabiatda uchramaydi?
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Kalsiy va magniyning eng muxim birikmalari. Ularni biologik ahamiyati. Ishlatilishi.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Kalsiy va magniyning eng muxim birikmalari. Ularni biologik
ahamiyati. Ishlatilishihaqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
Kalsiy eng muxim birikmalari.. Magniyning eng muxim birikmalari. .
Kalsiy va magniyni ularni biologik ahamiyati. Kalsiy va magniyning ishlatilishi.
Yangi darsning bayoni.
Kalsiy va magniyda metallik xossalari ishqoriy metallardan ko`ra kuchsiz namoyon bo`ladi. Chunki ularning tashqi elektron qavatlarida ishqoriy metal-larnikidan bitta ortiq elektron bor.
Magniy ko`zni qamashtiradigan oq alanga hosil qilib yonadi, galogenlar, azot bilan ta'sirlashadi, karbonat angidrid, suv bug`i bilan ham reaksiyaga kirishadi:Kalsiy odatdagi sharoitda havo kislorodi, galogenlar bilan ospn ta'sirlashadi: 2Ca + O2 -> 2CaO kalsiy oksid Ca + C12 -» CaCl2 kalsiy xlorid. Qizdirilganda azot, fosfor, oltingugurt, uglerod va vodorod bilan reaksiyaga kirishadi:
3Ca + N2 = Ca3N2 kalsiy nitrid 3Ca + 2P = Ca3P2 kalsiy fosfid,
Ca + S = CaS kalsiy sulfid Ca + 2 C = CaC2 kalsiy karbid
Ca + H2 -» CaH2 kalsiy gidrid Ca + 2HC1 - CaCl2 + H2
Ishqoriy metallar kabi kalsiy ham kislotalar bilan shiddatli ravishda reaksiyaga kirishadi:
Suv bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishib, kalsiy gidfbksid hosil qiladi:
Ca + 2H2O -» Ca(OH)2 + H2 Ca + 2HC1 - CaCl2 + H2
Ishlatilishi. Magniy va kalsiy hamda ularning birikmalari amaliyotda ko`p sohalarda qo`llanadi. Metall holida magniy va kalsiylar yengil, pishiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Yorituvchi raketalar, olov signallari, mayoqlari, fotografiyada magniy keng qo`llanadi. Ular asosiy qurilish materiallari: asbest, alebastr, gips, ohak, rnarmar, oddiy va silikat g`isht, sementlarning asosini tas ikkil qiladi. Magniy va kalsiy tuzlari tibbiyotda juda keng qo`llanadi: magnezit, kuydirilgan magneziya, kalsiy xlorid, kalsiy glukonat, talk kabilar shularjumlasidandir.
Shisha, po`lat, cho`yan ishlab chiqarishda, ohak, tuproqning kislotaliligini pasaytirishda kalsiy karbonat va so`ndirilgan ohak, rezina, bo`yoqlar, tish pastalari (kalsiy karbonat), optik asboblar (islandiya shpati) tayyorlashda, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda so`ndirilgan ohak kabi kalsiy birikmalari keng ishlatiladi.Kalsiy gidroksidning tiniq eritmasi ohak suvi, suvdagi oq tindirmasi ohak suti deb ataladi. So`ndirilgan ohak qurilishda keng ishlatiladi. Ohak suti qand ishlab chiqarishda qand lavlagisi sokini tozalashda qo`llanadi.Biologik ahamiyati. Magniy va kalsiy biologik jihatdan muhim elementlar qatoriga kiradi:Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchun muhim ahamiyatgaega kimyoviy elementlardir.o`simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchi xlorofili asosidamagniy joylashgan.Hayvonlar suyaklari tarkibining 80 % kalsiy fosfatdan iborat.Ma'lumki, sayyoramizdagi hayot kislorod asosiga qurilgan va kislorodni havoga, asosan, o`simliklar yetkazib beradi. Undan tashqari, sayyoramizdagi ozuqaviy zanjirda o`simliklar eng muhim o`rin tutadi. Ular havodagi karbonat angidridni quyosh nuri ishtirokida organik molekulalar-ozuqaviy zaxiralarga aylantiradi. Bu jarayonni o`simlik hujayralarida markaziy atom sifatida magniy tutgan kompleks-xloroplast, xlorofill donachalari amalga oshiradi. Kalsiy birikmalari tirik tabiatda hayvonlar harakat-tayauch sistemasining asosini tas ikkil etadi, himoya funksiyasiga ega. Organizmda kalsiy disbalansi allergik kasalliklar kelib chiqishiga, suyak kasalliklariga olib keladi. Qonning ivishi, ba'zi fermentlar faolligi ham kalsiy bilan bevosita bog`liq omillardir.Magniy muskul to`qimasida 0,09 %, ilikda 0,07-0,18 %, qonda 37,8 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kuni ovqat bilan 250-380 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 19 g miqdorda bo`ladi.Kalsiy muskul to`qimasida 0,14-0,7 %, ilikda 17 %, qonda 60,5 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kuni ovqat bilan 0,6-1,4 g iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 1 kg miqdorda bo`ladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning taxminan 99% suyakda, 1% esa qon va limfada bo`ladi.Professor I.R.Asqarov tomonidan ishlab chiqilib, o`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ruxsati bilan amaliyotga joriy etilgan "Askalsiy" birikmasi tarkibiga, asosan, kalsiy va magniy hamda 20 dan ortiq mikroelementlar kiradi. "Askalsiy" birikmasi organizmning himoya vositasini kuchaytirish evaziga suyak, qon, xavfli o`sma, poliomiyelit kabi kasalliklarni davolashda qo`llaniladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Magniy va kalsiyning asosiy fizik xossalarini aytib bering.
Magniy va kalsiy tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi?
Sanoatda kalsiy qanday olinadi?
Magniy va kalsiyning kimyoviy xossalarini ifodalovchi reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
Nima uchun kalsiy oksid tabiatda uchramaydi?
So'ndirilmagan ohak tarkibida 90 % kalsiy oksid bor bo 'Isa, 2 t 20% li ohak suti olish uchun qancha so'ndirilmagan ohak olish kerak?
Kalsiy va magniyning biologik ahamiyatini aytib bering.
Tuproqning kislotaliligi qanday yo'qotiladi?
Magniy va kalsiyning xalq xo'jaligida qo'llanishi haqida jadval tuzing.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.«Yumshoq» va «qattiq» suvlar bir-biridan qanday farqlanadi?Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo`lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o`tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo`shimchalar mavjud bo`ladi. Qattiq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko`p bo`lgan suv.
Yumshoq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo`Imagan yoki juda
kam bo`lgan suv.Qattiq suv ko`p texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug` qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg`i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo`ladi.
Qattiq suvda sovun ko`pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Qattiq suvda go`sht, sabzavotlar, don mahsulotlari yaxshi pishmaydi, sifatli choy tayyorlab bo`lmaydi.Suvda vaqtiuchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi.
Vaqtiuchalik qattiqlik - suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HCO3)2;
Mg(HCO3)2] mavjudligi bilan bog`liq.
Doimiy qattiqlik - suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar fCaSO4,
CaCl2; MgSO4, MgCl2 ] mavjudligi bilan bog`liq.
Kalsiy qattiqligi - suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Magniy qattiqligi - suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq.
Umumiy qattiqlik - suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig`indisi.
Suvning qattiqligini pasaytiris H2 yumshatish uchun distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy usullarda magniy va kalsiy ionlari suvdan erimaydigan birikmalar tarzida chiqarib yuboriladi. Buning uchun:
Suvni qaynatish yo'li bilan vaqtinchalik qattiqlik yo'qotiladi:
Ca(HC O3), CaCO3+ H2O +CO2 Mg(HCO3)2— MgCO3+ H2O +CO2
Uyingizda choy damlash uchun suv qaynatiladi. Doimo suv qaynatadigan idish tubiga e'tibor bering. Suvda erimaydigan toshsimon quyqani ko'rasiz, u CaC O3 va MgC O3 tuzlaridir.
Ca(HCO3)2+ Ca(OH)2 2CaCO3l+ 2H2OMg(HCO3), + Ca(OH)2CaCO3MgCO3+ 2H2O
Ishqor ta'sir ettiriladi:
Ca(HC O3)2+ 2NaOH CaCO3+ Na2CO3+ 2H2O Mg(HC O3), + 2NaOH MgCO3+ Na2CO3+ 2H2O
Soda (Na2C O3) qo'shib Mg2+ va Ca2+ ionlari cho'ktiriladi:
Ca(HC O3)2+ Na2C O3 CaCO3+ 2NaHCO3Mg(HC O3)2+ Na2C O3 MgCO3+ 2NaHCO3
Bunda kalsiy va magniy ionlari suvda erimaydigan karbonatlar tarzida eritmadan chiqarib yuboriladi.Doimiy qattiqlik suvni qaynatish bilan yo'qolmaydi. Uni soda yoki natriy fosfat qo'shib yo'qotiladi:
CaSO4+ Na2CO3 CaCO3+ Na2SO43MgSO4+ 2Na3PO4— Mg3(PO4)2+ 3Na2SO4
Sanoatda suvning qattiqligini yo'qotish uchun ion almashinuv usuli qo'llaniladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. 150 g massali 10 %-li eritma tayyorlash uchun necha gramm Na2CO3 va suv kerak?
2. 100 g massali 12 %-li H3BO3 eritmasini tayyorlash uchun necha gramm H3BO3 va suv kerak?
|