• Mustaqil xulosa uchun topshiriq
  • Mavzu
  • Dasrning turi
  • Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
  • Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
  • Yangi darsni rejasi. 1.Kimyoviy korroziya. 2. Elektrokimyoviy korroziya. 3. Ingibitorlar Yangi darsning bayoni.
  • Darsning tashkiliy qismi
  • Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi




    Download 325,32 Kb.
    bet3/12
    Sana13.11.2020
    Hajmi325,32 Kb.
    #12404
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    4-laboratoriya ishi

    Metallar namunalarini ko'zdan kechirish

    1. Berilgan metall namunalarini ko'rib chiqing va ularning nomini ayting.

    2. Sizga berilgan metallarning suyuqlanish harorati va qattiqligini ma'lumotnoma

    jadvalidan foydalanib aniqlang.

    3. Metallarning issiqlik o'tkazuvchanligini taqqoslash uchun temir va misdan yasalgan

    ikkita bir xil plastinka olib, ikkala plastinkaning bir uchiga parafin bo'lagini

    joylashtiring. So'ngra bu plastinkalarning ikkinchi uchini gorelka alangasiga tuting.

    Kuzatish asosida qaysi metallning issiqlik o'tkazuvchanligi yuqori ekanligini aniqlang.



    Mustaqil xulosa uchun topshiriq

    Sizga berilgan metall namunalarini tekshirib, ularning nomini ayting.

    Tekshirib ko'rilgan metallarning qattiqligi, suyuqlanish harorati va issiqlik

    o'tkazuvchanligini ortib borish tartibida, bir qatorga yozing.


    Yangi mavzuni mustahkamlash.

    1. Mis (II)oksiddan xlorid kislota ta’siridan 1 mol mis (II) xlorid olganda 63,6 kJ issiqlik ajraladi. 120 g mis (II)oksidga kislota ta’sir ettirganda qancha issiqlik ajraladi?

    2.. 1 mol etilen yonganda 1400 kJ issiqlik ajralsa, 56 g; 3,5 mol va 67,2 l etilen ta’sirlashganda qancha issiqlik chiqadi?.

    3. 22,4 l atsetilen yonganda 1305 kJ issiqlik ajralsa, 2 mol; 224 l va 5,2 g atsetilen yonganda qanchadan issiqlik ajraladi? .

    4.15. Tarkibi ko‘mir va suv bug‘laridan tashkil topgan aralashmadan tarkibida 1 mol CO va 1 mol H2 bo‘lgan aralashma hosil qilish uchun 132 kJ issiqlik sarflangan bo‘lsa, tarkibida 56 g CO va 44,8 l vodorod, 2,24 l CO va 0,2 g vodorod bo’lgan aralashmalar hosil qilish uchun qancha issiqlik sarflanadi?

    5.2 mol oltingugurt (IV)oksid yondirilganda 284,2 kJ issiqlik ajralsa, 6,4 g SO2 yonganda qancha issiqlik ajraladi?



    Metallarning tabiatda qanday holda tarqalgan.

    Metallar qanday usulda olinadi.

    Metallar qanday sohada ishlatiladi.

    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Qotishmalar va ularning ishlatilishi. 5-laboratoriya ishi
    Darsning maqsadi:

    1. Ta`limiy maqsad:Qotishmalar va ularning ishlatilishi

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


    Yangi darsni rejasi.

    Yangi darsning bayoni.

    Oltin zaxiralari bo`yicha o`zbekiston dunyoda 4-o'rinda turadi.Oltin konlari Qizilqumdagi Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balkantov,Aristontov, To`rboy va boshqa yerlarda joylashgan. Kumush konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, o`qjetpes,Kosmonachi; Namangan viloyatidagi Oqtepada joylashgan.Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri bo`lib,Qalmoqqir konida qazib chiqarilgan ruda asosida ishlaydi va rangli metallar ishlab chiqaradi.Shuningdek o`zbekistonda Au, Ag, Cu, Re, Mo, Pb, Zn, W, Cd, Ni, Os, V, Sc, Te, Se kabi ko`plab metallar konlari mavjud.Qotishmalar Qotishmalarning turmushdagi ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? Qotishmalar - suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo`lgan eritmalar. Qotishmalar kristall tuzilishga ega bo`ladi. Qotishmalar qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta'siriga chidamli turlarga bo`linadi.Metallar qotishmalarining issiqlik va elektr o`tkazuvchanligi yuqori bo`ladi. Qotishmalaming xossalari ular tarkibini tas ikkil qiladigan moddalarning xossalarigabog`liq. 99 % mis va 1 % berilliydan tas ikkil topgan qotishma misdan 7 marta qattiq bo`ladi.5O,1 % vismut, 24,9 % qo`rg`oshin, 14,2 % qalay, 1O,8 % kadmiydan iborat qotishma 65,5°C da suyuqlanadi (vismut - 271,3°C, qalay -231,9°C, kadmiy - 32O,9°C, qo`rg`oshin - 327,4°Cda suyuqlanadi). Rux, mis, aluminiy alohida bo`lganda suvda erimaydi, lekin 5 % rux, 5O % mis, 45 % aluminiydan iborat qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi.Qotishmalar ham metallar kabi kristall tuzilishga ega va ularning xossalari tuzilishlariga bog`liq bo`ladi. Kristallanganda ba'zi qotishmalarda kimyoviy birikmalar vujudga keladi; ba'zilarida esa metallar atomlari kimyoviy jihatdan bog`lanish hosil qilmaydi. Bunday qotishmalar qattiq eritmalar deb ataladi. Qotishmalarning kristall panjaralari sof metallarnikidan keskif farq qiladi, 8-rasmda sof rux va mis hamda ularning bir-biridagi qattiq eritmalar: kristall tuzilishlari ko`rsatilgan.Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi tufayli sanoatda va maishiy turmushdz keng qo`llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5OOO yil muqaddam ham ishlatilgan Hozirgi vaqtda temir va aluminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan otishmalardir.Gomogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu-Au, Ag-Au, Na-K, Bi- Geterogen qotishmalar - atom radiuslari o'lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo'lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn-Al, Zn-Al).Intermetall (metallararo) qotishmalar - elektrmanfiylik qiymatlari bir- biridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo'lgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8).Ayrim hollarda metallar bir-biri bilan aralashmaydi va qotishma hosil bo'lmaydi.Kundalik turmushimizda sof metallardan tayyorlangan buyumlarni deyarli uchrat- maymiz. Qotishmalar oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo'lishini rejalashtirilganholda tayyorlanadi. Qotishmalaming kristall panjaralari sof metallarnikidan keskin farq qiladi. sof rux va mis hamda ulaming bir-biridagi qattiq eritmalari kri stall tuzilishlari ko'rsatilgan.Qotishmalar xossalarining tiirli-tiimanligi tufayli sanoatda va maishiy tumiushda keng qo'llaniladi. Masalan, qalay bronzasi 5000 yil muqaddam ham ishlatilgan. Hozirgi vaqtda temir va aluminiy asosidagi qotishmalar eng keng tarqalgan qotishmalardir.

    5-laboratoriya ishi

    1.Qotishmalaming namunalari bilan tanishish.

    2. Sizga berilgan qotishmalar namunalarini ko'rib chiqing.

    Mustaqil xulosa uchun topshiriq

    Berilgan namunalarning qattiqligi va plastikligini tekshirib ко'ring.

    Ularning rangiga e'tibor bering.
    Yangi mavzuni mustahkamlash.


    1. 10 g massali alyuminiy 6 g massali uglerod bilan birikma hosil qilgan bo‘lsa, shu

    moddaning eng oddiy formulasini toping.

    1. Oksid tarkibidagi 12,8 g misga 1,8 g kislorod to‘g‘ri keladi. Shu oksidning eng

    oddiy formulasini toping.

    1. Oksid tarkibida 42 g temir va 6,4 g kislorod borligi ma’lum bo‘lsa, uning

    formulasi qanday bo‘ladi?

    1. Massasi 49 g bo‘lgan oltingugurtning xlorli birikmasida 6,4 g oltingugurt va

    23.6 g xlor bor. Shu moddaning formulasi qanday?

    1. Natriy sulfat kristallgidrati Na2SO4.xH2O tarkibida 33,9 % H2O bor. x ni toping.



    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Metallarning fizik va kimyoviy xossalari. Metall bog‘lanish.

    Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. 6-laboratoriya ishi.
    Darsning maqsadi:

    1. Ta`limiy maqsad:Metallarning fizik va kimyoviy xossalari. Metall bog‘lanish.

    Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


    Yangi darsni rejasi.
    1.Metallarning fizik va kimyoviy xossalari. 2.Metall bog‘lanish.

    3. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori.
    Yangi darsning bayoni.

    Metall bog`lanishning boshqa kimyoviy bog`lanish turlari bilan o`xshash va farqli tomonlari haqida nimalar bilasiz?Fizik xossalari. Metallar (fransiy va simobdan tashqari) odatdagi sharoitda qattiq agregat holatdagi moddalardir. Kristall holatidagi metallar nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun yaltiroqlikka ega. Indiy va kurnush nurni yaxshi aks ettirganliklari uchun projektor va reflektorlar tayyorlashda ishlatiladi. Aluminiy va magniydan boshqa barcha metallar maydalangan (kukunsimon) holda qoramtir yoki to`q kulrangga ega bo`ladi. Oltin va misdan boshqa metallar oq yoki kulrangning turli tuslarida tovlanadi.Barcha metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Kumush va mis bu sohada dastlabki o`rinlarni egallaydi. Metallar bolg`alanuvchanlik va plastiklik xossasiga ega. Bolg`alanuvchanlik - jismlarning tashqi ta'sirlar natijasida osongina shaklini o`zgartirish qobiliyati. Eng bolg`alanuvchan metall oltin bo`lib, undan yupqa folga va nozik ip tayyorlash mumkin.Metall bog`. Metallarning bu kabi tavsifli xossalari ular ic ikki tuzilishining o`ziga xosligi bilan izohlanadi. Metallarning kristall panjarasi tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo`lib turadi. Shu erkin elektronlar bo`lishi ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazishini ta'minlaydi. Elektronlar butun kristall bo`yicha umumiy hisoblanadi.Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan j kimyoviy bog` metall bog` deb yuritiladi.Metall bog` qattiq va suyuq agregat holatida bo`lisbidan qat'iy nazar, faqat metallar uchungina xosdir.Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall atornlarining xususiy xossalari bo`lgan yadro zaryadi, massa, metall bog`ning mustahkamligiga bog`liq.Umumiy zichlik bo`yicha metallar yengil, ya'ni zichligi 5OOO kg/m3 dan kichik (litiy, natriy, magniy, aluminiy va b.) hamda zichligi bundan katta og`ir metallarga (rux, temir, mis, simob, oltin, platina, osmiy va b.) bo`linadi.Eng quyi suyuqlanish harorati simobga tegishli (-38,87°C) bo`lsa, eng yuqorisi volframga tegishli (341O°C). Eng qattiq metallar xrom va volfram bo`lsa, eng yumshoqlari natriy, kaliy va indiydir.Kimyoviy xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari ular atomlarining valent elektronlarini oson berib tegishli ionlarga aylanish qobiliyatlari bilan aniqlanadi. Kimyoviy reaksiyalarda metallarning atomlari qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan, kislorodda yonish jarayonida metall valent elektronlarini berib, musbat zaryadli ionga aylanadi-oksidlanadi, kislorod esa elektronlarni qabul qilib, manfiy zaryadli ionga aylanadi-qaytariladi:Natriy xlor bilan birikkanda elektronlarini xlorga beradi, rux sulfat kislota bilan ta'sirlashganda, uning bergan elektronlarini vodorod qabul qiladi (reaksiya tenglamalarini yozing).Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori. Metallarning qaytaruvchanlik xossasi turlicha namoyon bo`ladi. Rux qo`rg`oshin nitratidan qo`rg`oshinni siqib chiqaradi:
    Yangi mavzuni mustahkamlash.


    1. 18 g massali alyuminiy 6 g massali uglerod bilan birikma hosil qilgan bo‘lsa, shu

    moddaning eng oddiy formulasini toping.

    1. Oksid tarkibidagi 12,8 g misga 1,6 g kislorod to‘g‘ri keladi. Shu oksidning eng

    oddiy formulasini toping.

    1. Oksid tarkibida 16,8 g temir va 6,4 g kislorod borligi ma’lum bo‘lsa, uning

    formulasi qanday bo‘ladi?

    1. Massasi 49 g bo‘lgan oltingugurtning xlorli birikmasida 6,4 g oltingugurt va

    42,6 g xlor bor. Shu moddaning formulasi qanday?

    1. Natriy sulfat kristallgidrati Na2SO4.xH2O tarkibida 55,9 % H2O bor. x ni toping.


    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Metallarning korroziyasi

    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsadMetallarning korroziyasi

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:

    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.



    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
    Yangi darsni rejasi.
    1.Kimyoviy korroziya. 2.Elektrokimyoviy korroziya. 3.Ingibitorlar
    Yangi darsning bayoni.
    Metallar korroziyasi. Metall buyumlar nima uchun anglaydi? Metall buyumlar (turli xildagi detallar)ning zanglashi natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarning qanday oldini olish mumkin?Atrof-muhit ta'sirida metallardan tayyorlangan ko`p buyumlar metallarning oksidlanishi natijasida oksidlar, gidroksidlar, tuzlar kabi kimyoviy birikmalar hosil qilib yemiriladi. Korroziyaning quyidagi turlari kuzatiladi: kimyoviy korroziya, biokimyoviy yoki biokorroziya, elektrokimyoviy korroziya. Korrozion jarayonning borish sharoitiga ko`ra korroziyaning quyidagi turlari farqlanadi: atmosferaviy, suyuqlikda yoki elektrolitlarda, tuproqda yoki yer ostida, elektrokorroziya, tirqish korroziya, kuchlanish ostidagi korroziya. Korroziya - metallarning atrof-muhit bilan ta'sirlashishi natijasida mirilish jarayoni.Kimyoviy korroziya- elektr tokini o`tkazmaydigan muhit bilanta'sirlashish natijasida metallning yemirilishi.Elektrokimyoviy korroziya - boshqa metall yoki elektrolit, suv bilanbevosita ta'sirlashish natijasida metallning yemirilishi. Kimyoviy korroziyaga natriy va kalsiyning havoda oksidlanishi, vodorod sulfidli, galogenli, oltingugurt (IV)-oksidli va boshqa gazli muhitda, elektr tokini o`tkazmaydigan neft, benzin, toluol kabi suyuqliklar ta'sirida metall yemirilishi misol bo`ladi. Bunda elektronlar metalldan bevosita oksidlovchiga o`tadi.Elektrokimyoviy korroziyada murakkab jarayonlar ro`y beradi. Texnikada ishlatiladigan metallarga hamma vaqt boshqa metallar aralashgan bo`ladi. Shuning uchun metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element hosil bo`ladi, bunda metall faol yemiriladi. Havoda har qanday metall buyum yuzasida suv kondensatlanadi. Unda atmosfera gazlari erib, elektrolit hosil bo`ladi. Agar metall boshqa metallga tegib tursa yoki tarkibida qo`shimchalar tutsa, galvanik juft hosil bo`ladi va elektrokimyoviy korroziya yuz beradi. Toza metallar elektrokimyoviy korroziyaga uchramaydi.Korroziya xalq xo`jaligiga katta zarar keltiradi. Avtomobillar, kimyo sanoati uskunalari, asboblar, trubalar va boshqalar korroziya natijasida eng ko`p zararlanadigan obyektlardir.Metall kuchlanishlar qatorida qauchalik chapda turgan bo`lsa, ya'ni qauchalik faol bo`lsa, u shuuchalik oson korroziyalanadi, deb aytish mumkin. Haqiqatda esa hamma vaqt ham bunday bo`lavermaydi. Masalan, metallar elektrokimyoviy qatorining boshrog`ida joylashgan aluminiy atmosfera ta'sirida bo`ladigan korroziyaga birmuucha yaxshi qarshilik ko`rsatadi. Buning sababi shuki, aluminiy sirtida aluminiy oksiddan iborat yupqa parda hosil bo`lib, bu parda aluminiyni atrofdagi muhit ta'siridan himoya qilib qo`yadi. Bu parda biror usul bilan yo`qotilsa, aluminiy juda tez korroziyalana boshlaydi.Xalq xo`jaligida elektrokimyoviy himoya usullari suvli muhitdagi yoki tuproqdagi metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Metallar va metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashning quyidagi usullari amalda keng qo`llaniladi:Himoya qoplama hosil qilish.Korrozion muhitning faolligini kamaytirish (ingibirlash).Metallning xossalarini o`zgartirish (qo`shimchalarni yo`qotish yoki qo`shimchalar qo`shish).Elektrokimyoviy himoyalash.Kimyoviy barqaror materiallardan foydalanish.Metallar korroziyasi xalq xo`jaligiga juda katta zarar yetkazganligi uchun metallarni korroziyadan saqlash muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun yuqorida ko`rsatilgan usullardan eng muhimlarini ko`rib chiqamiz.Himoya qavatlar. Metall sirtiga uni korroziyadan saqlash uchun metall bo`lmagan qoplamalar: lok-bo`yoq, emallar, smolalar, plastmassalar, oksidlar (oksidlash), tuzlar (fosfatlash) va boshqalar qoplanadi.Fosfatlash - qora va rangli metallar sirtida fosfat qoplamalar olish usulidir. Bu usul metallarning fosfat kislota va uning tuzlari eritmalari bilan ta'sirlashib, metallar sirtida suvda erimaydigan fosfat tuzlaridan iborat qoplamalar hosil qilishga asoslangan. Fosfat qoplamalar olish uchun ishlatiladigan moddalar anod ingibitorlari qatoriga kiradi.Fosfat qoplamalarning elektroizolatsiori xossalari yaxshi bo`lganligi sababli ulardan elektromashinalar qismlarini tayyorlashda elektrotexnik va boshqa po`latlar sirtida elektroizolatsion qavat hosil qilishda foydalaniladi.Har qanday o`lcham va shakldagi buyumlarni fosfatlash mumkin, bunda harorat darajasi turlicha bo`lgan fosfatlovchi eritmalar ishlatiladi, fosfatlash uchun ketgan vaqt esa qisqa bo`ladi. Metall buyumlarni bo`yashdan oldin fosfatlash bo`yoqlarning po`lat bilan mustahkam birikishini hamda sirtning turli nuqsonlarida korrozion yemirilishlarning kam bo`lishini ta'minlaydi.Fosfat qoplama hosil bo`lishi vodorod chiqishi biJan boradi. Temir atomlari bosqichma-bosqich kislota tarkibidagi vodorod atomlari o`rnini oladi:Ko`piucha, metallar korroziyaga aucha chidamli boshqa metallar (nikel, rux, icrom, aluminiy, oltin, kumush) bilan ham qoplanishi mumkin. Agar qoplama /emirilsa, ya'ni metall sirtining bir qismi ochilib qolsa, himoya qilinuvchi metall igressiv muhitga tushib, galvanik element hosil bo`ladi va metall korroziyalana :>oshlaydi. Agar qoplama metall himoya qilinuvchi metalldan faolroq, masalan, emir ustiga rux qoplangan bo`lsa, qoplangan metall (rux) anod bo`ladi va bunday qoplama anod qoplama deyiladi. Himoya qilinayotgan metall (temir) katod bo`ladi.U qoplangan ruxning hammasi sarflanib bo`lmaguucha buzilmaydi. Himoya jiluvchi metallga qaraganda faolligi kamroq bo`lgan metallar katod qoplama losil qiladi. Bordi-yu katod qoplama buzilsa, himoya qilinuvchi metall juda tez corroziyalanadi. Korrozion muhitga ishlov berish. Metall atrofidagi muhitdan zararli `o`shimchalar chiqarib tashlanib, erigan kislorod va tuzlar miqdori kamaytirilsa, ilar ta'sirida korroziyalanadigan metallarning korroziyalanishini kamaytirish uchun corroziyani sekinlatuvchi ingibitorlar deb ataluvchi moddalar. Ingibitorlar - maxsus moddalar bo`lib, korrozion muhitga oz miqdorda qo`shilganda korrozion jarayon tezligini keskin pasaytiradi yoki 3utunlay to`xtatadi. Ingibitorlar sifatida turli individual organik va noorganik •noddalar hamda ularning aralashmalari qo`llanadi. Ingibitorlar atmosferadagi, cislotali muhitdagi, dengiz suvidagi, sovutgich suyuqliklardagi, oksidlovchilardagi, noylar va boshqalardagi korroziyadan metallarni himoya qilishda ishlatiladi. ngibitorlarning himoyalash xususiyati ularning metall sirtiga adsorbsiyalanib, catod va anod jarayonlarni sekinlashtirishi bilan bog`liq.Elektrokimyoviy himoya. Elektrokimyoviy himoyaning mohiyati shundaki, unda limoya qilinuvchi inshoot doimiy tok manbasi katodiga ulanadi. Natijada nshootning o`zi katodga aylanadi. Korroziyadan bunday saqlanish katod himoyasi leyiladi. Bunda anod sifatida metall holidagi lom ishlatiladi va u korroziyaga jchrab himoyalanuvchi buyumni korroziyalanishdan saqlaydi.
    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1. Kimyoviy korroziyatushuntiring?

    . 2 .Elektrokimyoviy korroziya tushuntiring?

    3.Ingibitorlar deb nimaga aytiladi?
    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________

    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Elektroliz va uning amaliy ahamiyati. 7-Laboratoriya ishi
    Darsning maqsadi:

    1. Ta`limiy maqsadElektroliz va uning amaliy ahamiyati.

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy Laboratoriya ishi

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:

    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.



    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
    Yangi darsning bayoni.
    Elektrod potensiali -O,41 v dan kichik bo`lgan metallarning tuzlari eritraasidan elektr toki o`tkazilganda, katodda metall ionlari emas, balki suv molekulalari qaytarilishi kerak. Isbot uchun NaCl ning suvdagi eritmasi elektrolizini ko`rib chiqaylik,

    katod «- Na+ Cl- anod (Anod) 2H2O + 2e = H2 + 2OH 2CT-2e = C12

    Bu holatda suv molekulalari potensiallar qatorida aluminiydan oldin joylashgan eng faol metallar tuzlarining eritmalari elektroliz qilingandagina qaytariladi. Bunga sabab shuki, suv molekulalarining qaytarilish jarayoni o`ta kuchlanish hodisasi tufayli murakkablashadi va ularni qaytarish uchun ortiqcha elektr yuritish kuchi kerak bo`ladi. Elektroliz jarayoni boradigan eng kichik potensiallar ayirmasi parchalanish kuchlanishi deyiladi va hamma vaqt tegishli galvanik elementning elektr yuritish kuchi (e.yu.k.) E dan katta, ya'ni E >E bo`ladi:Anodlar ikki xil - eruvchan va erimaydigan bo`ladi. Eravchan anodlar - elektroliz vaqtida yemiriladigan, ya'ni eritmaga ionlar holida o`tadigan elektrodlardir. Masalan: CuCl2 eritmasi orqali tolc o`tkazilsa va anod sifatida mis plastinka olinsa, katodda mis ajralib chiqadi, anodda esa xlor ajralib chiqmaydi. Bunday holda mis atomlari Cl- ionlariga qaraganda elektronini oson beradi. Natijada anodning o`zi eriydi, ya'ni mis anoddan Cu2+ ionlari holida eritmaga o`tadi.Eruvchan anoddan foydalaniladigan elektroliz sanoatda juda toza moddalar olish uchun, bir metallni boshqa metall qavati bilan qoplash uchun ishlatiladi. Masalan, buyumlarai nikellashda anod nikeldan tayyorlanadi, nikellanuvchi buyum esa katod bo`ladi. Har ikkala elektrod nikel tuzi eritmasiga tushiriladi.Erimaydigan anodlar, odatda, oltin, platina yoki grafitdan tayyorlanadi. Erimaydigan anod elektroliz paytida ionlar holida eritmaga o`tmaydi. Bu holda anod sirtida yoki kislota qoldig`i ionlari, yoki suv molekulalari oksidlanadi. Elektrolit birmuucha konsentrlangan bo`lsa, kislorodsiz kislotalarning ionlari, masalan, Cl, Br-, I-, S2- lar oson zary adsizlanadi. Kislorodli kislotalarning anionlari, masalan, SO`, PO-, NO; zaryadsizlanmaydi. Kislorodli kislota yoki uning tuzi suvdagi eritmasi elektroliz qilinganda anodda suv molekulalari oksidlanib, gaz holdagi kislorod ajralib chiqadi.Agar faol metall va kislorodli kislotadan hosil bo`lgan tuzning, masalan, Na2SO4 ning suvdagi eritmasi orqali elektr toki yuborilsa, tuzning kationlari ham, anionlari ham zaryadsi/lanmaydi. Katodda suv qaytariladi va anodda oksidlanadi. Shu sababli katodda vodorod, anodda kislorod ajralib chiqadi: (Anod) 4OH - 4e - 2H2O + O2 b Na2SO4 + H2O -* 2Na+ + SOf + H2O (H+ + OH)(Katod) 2H+ + 2e -» H+Elektroliz jarayoni natijasida eritmadagi suv parchalanib, tuzning eritmadagi konsentratsiyasi ortadi.Ko`piucha elektrolitlar suyuqlantirilgan holda elektroliz qilinadi. NaCl singari elektrolitlar suyuqlantirilgan ionli kristall panjaralari buziladi. Hosil bo`lgan suyuqlanma tartibsiz harakat qiluvchi ionlardan iborat bo`ladi. NaCl suyuqlanmasida faqatgina Na+ ionlar musbat zaryadlanganligi sababli, elektroliz natijasida katodda xuddi shu ionlar zaryadsizlanadi: Na+ + e = Na°. Hozirgi vaqtda sanoatda ko`pgina metallar (Al, Mg, Ca, Na va boshqalar) suyuqlantirilgan birikmalarni elektroliz qilish yo`li bilan olinadi. Vodorod, kislorod, ftor, xlor, ishqorlar ham elektroliz orqali olinadi.Olingan metallarni tozalashda, bir metallga ikkiuchi metallni qoplashda (nikellas H2 xromlas H2 oltin qoplash) ham elektrolizdan keng foydalaniladi. Nikel, xrom, oltin qoplama buyumlarga nafaqat chiroyli ko`rinish beradi, balki ularni kimyoviy yemirilishdan (korroziyadan) ham saqlaydi.Elektroliz qonunlari. Elektroliz qonunlarini ingliz olimi M.Faradey kashf etgan. Faradeyning 1-qonuni: elektrodda ajralib chiqadigan moddaningmiqdori faqat birgina omilga - eritmadan o`tayotgan elektr miqdorigaproporsionaldir.
    Download 325,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 325,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi

    Download 325,32 Kb.