• Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
  • 2.Tarbiyaviy maqsad
  • Darsning tashkiliy qismi
  • Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
  • Mavzu
  • Dasrning turi
  • Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi




    Download 325,32 Kb.
    bet1/12
    Sana13.11.2020
    Hajmi325,32 Kb.
    #12404
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    Toshloq4m.zn.uz

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun.Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan

    kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda

    elеmеntlar xossalarining o`zgarishi.
    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun.Atom tuzilishi

    nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va

    Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining

    o`zgarishi haqida bilim ko`nikma va malaka berish;



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


    Yangi darsni rejasi.
    1: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun.

    2 Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni.



    3. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi.
    Yangi darsning bayoni.

    Davriy qonun asosida elementlar davriy sistemasi vujudga kelgan.Davriy sistemaning dastlabki variantida (1-mart 1869-y.) 63 ta element aks etgan bo`lsa, uning zamonaviy variantida 118 ta element aks ettirilgan.Davriy sistemada elementlarning joylashish tartibi ularning fizik va kimyoviy xossalarining davriy o`zgarishi bilan tavsiflanadi. Davriylik deganda ma'lum intervaldan so`ng xossalarning takrorlanishi tushuniladi. Masalan, ishqoriy metallar, galogenlar va inert gazlar jadvalda 8 yoki 18 elementdan iborat to`g`ri interval (davr) orqali joylashadi. Xossalarning bunday o`zgarish tartibi atomlar elektron pog`onalarining to`lib borishi bilan bog`liqdir.Atom tuzilishi nuqtayi nazaridan kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Davriy qonun kashf qilindi va davriy sistema tuzildi, lekin D.I.Mendeleyev elementlar xossalarining o`xshashligi va farqlarini, davriy o`zgarish sabablarining tub mohiyatini tushuntirib bera olmadi.XIX asrda atom kimyoviy reaksiyalarda o`zgarishga uchramaydigan zarra deb hisoblangan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kimyo fanida erishilgan yutuqlar bu tasavvurni o`zgartinb yubordi:

    X-(rentgen) nurlarining ochilishi (nemis olimi K.Rentgen, 1895). Radioaktivlikning ochilishi (fransuz olimi A.Bekkerel, 1896).Elektronning ochilishi (ingliz olimi J.Tomson, 1897).
    Atom yadrosi zaryadining elementning davriy sistemadagi tartibraqamiga tengligi (ingliz olimi D.Mozli, 1913). Yadro tuzilishi proton-neytron nazariyasining yaratilishi (rus olimlariDJDJvanenko va E.N.Gapon hamda nemis olimi V.Geyzenberg, 1932).Kimyoviy elernentning davriy sistemadagi o`rni uning atom tuzilishi va xossalariga bog`liq.Radioaktivlikni o`rganish (MSkladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, E.Rezerford) kimyoviy element atomi murakkab sisteraa ekanligini ko`rsatdi. Atom musbat zaryadga ega bo`lgan yadrodan va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat (elektron (e) 9,1-1O31 kg massaga va 1,6-1O19 Kl manfiy elektr zaryadiga ega). Atomdagi elektronlar to`plami elektron qobiq deb ataladi. Atom elektroneytral zarra, demak, atom elektron qobig`idagi elektronlar soni yadro zaryadiga yoki davriy sistemadagi element tartib raqamiga (Z) tengdir.Proton-neytron nazariyasiga ko`ra, atom yadrosi proton va neytronlardan iborat (proton (p) 1 a.m.b. massaga va + 7 zaryadga ega zarra; neytron (n) proton massasiga yaqin massaga ega elektroneytml zarra).Yadro zaryadi uning tarkibiga kiruvchi protonlar soni bilan belgilanadi, demak, atom yadrosidagi protonlar soni elementning davriy sistemadagi tartib raqamiga teng.Elementlar davriy sistemasi va davriy qonunAtom massasi (A) atom tarkibiga kiruvchi barcha zarralar massalari yig`indisiga teng:A=protonlar massasi+neytronlar massasi+elektronlar massasiElektronlar massasi shu qadar kichikki, atom massasini proton va neytronlar massasidangina iborat deb olish mumkin. Proton va neytronlarning umumiy massasi massa soni (A) deb ataladi va u butun songacha keltirilgan element nisbiy atom massasi (Ar)ga teng: Ar=Z (proton soni, tartib raqami)+N (neytron soni).Atom yadrosidagi neytronlar soni element nisbiy atom massasi va uning tartib raqami orasidagi farqqa teng: N=Ar- Z.Shunday qilib, elementning davriy sistemadagi o`rriiga qarab, uning atom tarkibini aniqlash mumkin.Ko`rib turganimizdek, atom tarkibiga musbat va manfiy zaryadli zarralar-elektronlar va protonlar kiradi va u qarama-qarshi xossali zarralar to`plamidan iborat.Proton, neytron, elektron elementar zarralar hisobianib, hozirgi kungacha turli xossalarga ega (massa, zaryad va b.) ko`plab zarrachalar ma'lum. Biz ularni ko`ra olmasak-da, ularning haqiqatda mavjudligi olimlar tajribalarida aniqlangan ko`rsatkichlar bilan tasdiqlanadi.Elementar zarralar ham atom va molekulalar singari materiya turlaridir.Atom tuzilishini o`rganish shuni ko`rsatdiki, davriy sistemada elementlar atomlarning elektron pog`onalari tuzilishiga mos ravishda ma'lum tartibda joylashadi.Qo`zg`almagan holatda atomning elektron tuzilishi undagi elektronlar soni bilan belgilanadi. Bunda elektronlar energiyasi minimal bo`lgan orbitallarni egallaydi. Elektronlar soni yadro zaryadiga teng bo`ladi. Shunday qilib, aynan yadro zaryadi atomning elektron tuzilishini va shu bilan birgalikda element xossalarini belgilovchi tavsif bo`lib hisoblanadi. Bundan davriy qonunning quyidagi ta'rifi kelib chiqadi:
    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1. Qanday elementlar atomlari tiigallaiigaii va tiigallanmagan tashqi elektron pog'onalariga ega?

    2.Bosh guruhchalarda element tartib raqami ortishi bilan xossalari qanday o'zgaradi?

    3.Qaysi metall faolroq hisoblanadi: a) natriy yoki rubidiy; b) kaliy yoki skandiy;
    1. Natriy atomining massasini toping.

    2. Nikel atomining massasini hisoblang.

    3. 4,4 g massali kalsiydagi modda miqdorini toping.

    4. 11,2 g massali temirda qancha temir moddasi bor?

    5. 14,2 g (NH4)2C2O4.H2O dagi modda miqdorini toping.

    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.


    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Kimyoviy bog`lanishning turlari: kovalеnt (qutbsiz va qutbli), ionli bog`lanishlar.

    Elеmеntlar valеnt imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi.


    Darsning maqsadi:

    1. Ta`limiy maqsad:Kimyoviy bog`lanishning turlari: kovalеnt (qutbsiz va qutbli), ionli

    bog`lanishlar. Elеmеntlar valеnt imkoniyatlari va ularning oksidlanish

    darajasi. haqida bilim ko`nikma va malaka berish;

    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
    Yangi darsni rejasi.
    1.Kimyoviy bog`lanishning turlari: kovalеnt (qutbsiz va qutbli), ionli bog`lanishlar.

    2. Elеmеntlar valеnt imkoniyatlari . 3. Elеmеntlar oksidlanish darajasi.


    Yangi darsning bayoni.
    Kimyoviy bog`lar hosil bo`lishi ekzotermik jarayon bo`lib, energiya ajralib chiqishi bilan boradi, bog` uzilishi endotermik jarayon bo`lib, energiya yutilishi bilan boradi.Kovalent, ion, metall, vodorod bog`lari kimyoviy bog`lanishning asosiy tiplari hisoblanadi.Atomlarning umumiy elektron juftlar yordamida bog`lanishi kovalent bog`lanish deb nomlanadi.Kimyoviy element atomining umumiy elektron juftni o`ziga tortish xususiyati elektrmanfiylik deb ataladi:elektrmanfiylik qiymati bir xil bo`lgan atomlar orasidagi kovalent bog`qutbsiz kovalent bog` deb ataladi (umumiy elektron jufti qo`shni yadrolar orasida simmetrik joylashadi);elektrmanfiyliklari qiymati turlicha bo`Igan atomlar orasidagi kovalent bog` qutbli kovalent bog` deb ataladi (umumiy elektron jufti yadrolardanbiri tomonga siljigan holda bo`ladi).Oddiy moddalar (H2, F2, C12, O2, N2 kabilar) qutbsiz kovalent bog`ga, ko`pchilik.Murakkab moddalar (H2O, NH3, HF, SO2, C2H5OH kabilar) qutbli kovalent bog`ga ega.Kovalent bog`li moddalar odatdagi sharoitda qattiq (parafin, muz), suyuq (suv, spirt), gazsimon (kislorod, azot, ammiak) bo`lishi mumkin.Elektrmanfiylik jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi element atomlaridan (tipik metallar va tipik metallmaslar) birikma hosil bo`lganda, umumiy elektron jufti elektrmanfiyligi katta bo`lgan atom tomoniga butunlay siljiydi. Natijada, ionlar (musbat zaryadli kation va manfiy zaryadli anion) hosil bo`ladi. Masalan, natriy xlorda yondirilganda natriyning 3s-elektroni xlorning 3p-elektroni bilan juftlashadi va umumiy elektron jufti xlor atomi tomonga to`la siljiydi, natijada natriy kationi Na+ va xlor anioni Cf hosil bo`ladi.Atomlar elektron biriktirishi yoki yo`qotishidan hosil bo`lgan zarralar ionlar deb ataladi.lonlardan hosil bo`lgan birikmalar ion birikmalar deb ataladi. lonlar orasidagi bog` ion bog` deb ataladi.Ion bog` va kovalent bog` orasida keskin chegara yo`q. lon bog`ni qutbli kovalent bog`ning yuqori holati sifatida qabul qilish mumkin. Lekin, kovalent bog`dan farqli ravishda ion bog` yo`naluvchanlikka bir element atomi faqat qat'iy belgilangan sondagi boshqa element atomlari bilan birikishi mumkin.Valentlik - bu malum element atomining qafiy belgilangan sondagi boshqa element atomlari bilan birika olish imkoniyati. Elementning valentligi shu element atomini boshqa element atomi bilan bog`lab turuvchi umumiy elektron jufti soni bilan aniqlanadi.Valentlik nol, manfiy yoki musbat qiymatlarga ega bo`lmaydi. Valentlik tushuuchasini faqat kovalent bog`li birikmalarga nisbatan qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi.Hozirgi vaqtda birikmalardagi atom holatini tavsiflash uchun oksidlanish darajasi deb ataluvchi tushuuchadan foydalanilmoqda.Oksidlanish darajasi - atom ionga aylangan holda (ya'ni, umumiy elektron jufti kuchli elektrmanfiy atom tomonga to`la yoki qisman siljigan holda) molekuladagi atomda hosil bo`Iuvchi shartli zaryad.Oksidlanish darajasi har doim ham valentlikka son jihatidan teng bo`lavermaydi. Birikmalardagi har bir elementning oksidlanish darajasini aniqlashda quyidagilarni yodda tutish lozim:Bir xil atomlardan hosil bo`lgan molekulalardagi atomlaming oksidlanish darajasi nolga teng.Vodorod metall gidridlarida -1, qolgan barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasiga ega.Kislorod ko`pchilik birikmalarda -2, ftorli birikmalarda +2,peroksidlarda (E-O-O-E) -1 oksidlanish darajasiga ega. Ftor barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasiga ega;Ishqoriy metallar barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasiga ega;II guruh bosh guruhcha elementlari barcha birikmalarida +2 oksidlanishdarajasiga ega.Oddiy moddalardagi atomlar nol oksidlanish darajasiga ega. Ion bog`lanishli birikmalar odatdagi sharoitda qattiq moddalardirKuchli elektrmanfiy element atomi (ftor, kislorod, azot) bilan bog`langan vodorod atomi boshqa kuchli elektrmanfiy element atomi bilan yana bir bog` hosil qilish qobiliyatiga ega. Masalan, suv molekulasida vodorod kuchli elektrmanfiy kislorod bilan qutbli kovalent bog` orqali bog`larigan. Umumiy elektron juft kislorod tomonga siljigan va vodorod musbat zaryadlangan, kislorod esa manfiy zaryadlangan. Suvning bir molekulasidagi musbat zaryadli vodorod boshqa suv molekulasidagi manfiy zaryadlangan kislorodga tortiladi. Ikki kislorod atomlari orasidagi to`g`ri chiziq bo`ylab vodorod orqali bog` hosil bo`ladi.Suv, suyuq ammiak, suyuq vodorod ftorid, ko`plab organik birikmalar vodorod bog`iga ega.Metallarga eng quyi ionlanish energiyasi xos va ularda harakatchan elektronlar miqdori ko`p.

    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1. 0,1 mol karbonat angidrid (CO2) necha g keladi?

    2. 0,5 mol kalsiy fosfat [Ca3(PO4)2] necha g keladi?

    3. 17,2 g gips (CaSO4.2H2O) da nechta oltingugurt va kislorod atomlari bor?

    4. Ammoniy nitratning qancha massasida 8,5 g natriy nitratdagicha azot atomi bo’ladi?

    5. Natriy fosfatning qancha massasida 0,34 g fosfindagicha fosfor atomi bo‘ladi?
    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Elеktrolitik dissotsiyalanish nazariyasi.
    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad:Elеktrolitik dissotsiyalanish nazariyasihaqida bilim

    ko`nikma va malaka berish;



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
    Yangi darsning bayoni.
    Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o`tkazadigan moddalar elektrolitlar deb ataladi.

    Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o`tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deb ataladi. XIX asrda kashf etilgan eritmalar nazariyalari (D.I.Mendeleyevning gidratlar va S.Arreniusning ionlanish nazariyalari) bir qarashda qarama-qarshi ma'noga egadek ko`ringan edi. D.I.Mendeleyevning gidratlar nazariyasi ishqor, kislota va tuzlar eritmalarining elektr o`tkazuvchanligini tushuntirib bera olmagan bo`lsa, S.Arreniusning ionlanish nazariyasi elektrolitlarning eritmalarda ionlarga ajralish hodisasini to`liq izohlab bera olmasdi.Biriuchi marta bu ikki nazariyani elektrolhik dissotsiatsiyalanish nazariyasi shaklida birlashtirishni rus olimi I.A.Kablukov taklif etdi.Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasiga ko`ra elektrolitning qutbli erituvchida erishida elektrolitning erituvchining qutbli molekulalari bilan o`zaro ta'sirlashuvi ro`y beradi.Elektrolitlar ion yoki qutbli kovalent bog`li birikmalardir.Dissotsiatsiyalanish jarayonida ionlar gidratlangan holatga o`tadi.Har bir ionga bir necha erituvchi (suv) molekulalari birikadi. Odatda, erituvchi molekulalari elektrolitlarning kimyoviy reaksiyalarida ishtirok etmaydi, shuning uchun kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzishda ular hisobga olinmaydi.Elektrolitmaslar qutbsiz yoki kuchsiz qutbli kovalent bog`li birikmalar bo`lib, erituvchi ta'sirida ionlanmaydi va shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o`tkazmaydi.Elektrolit suv yoki boshqa qutbli erituvchi ta'sirida eriganda hamda yuqori harorat ta'sirida suyuqlanganda, uning ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissotsiatsiyalanish deb ataladi.Har bir elektrolit musbat va manfiy zaryadli ionlar hosil qiladi va bu ionlar neytral atom yoki molekuladan elektr zaryadi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Xossalar turliligi ularning elektron tuzilishidagi farq asosida izohlanadi.Eritmada ionlar tartibsiz harakat qiladi, lekin elektr toki o`tkazilganda manfiy zaryadlangan ionlar elektrod-anodga, musbat zaryadlangan ionlar elektrod-katodga tomon harakat qiladi.Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasiga ko'ra elektrolitning qutbli erituvchida erishida elektrolitning erituvchining qutbli molekulalari bilan o'zaro ta'sirlashuvi ro'y beradi.Elektrolitlar ion yoki qutbli kovalent bog'li birikmalardir.Dissotsiatsiyalanish jarayonida ionlar gidratlangan holatga o'tadi.Har bir ionga bir necha erituvchi (suv) molekulalari birikadi. Odatda, erituvchi molekulalari elektrolitlarning kimyoviy reaksiyalarida ishtirok etmaydi, shuning uchun kimyoviy reaksiya tenglamalarini tuzishda ular hisobga olinmaydi.Elektrolitmaslar qutbsiz yoki kuchsiz qutbli kovalent bog'li birikmalar bo'lib, erituvchi ta'sirida ionlanmaydi va shuning uchun ularning eritmalari elektr tokini o'tkazmaydi.Elektrolit suv yoki boshqa qutbli erituvchi ta'sirida eriganda hamda yuqori harorat ta'sirida suyuqlanganda, uning ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissotsiatsiyalanish deb ataladi.Har bir elektrolit musbat va manfiy zaryadli ionlar hosil qiladi va bu ionlar neytral atom yoki molekuladan elektr zaryadi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Xossalar turliligi ularning elektron tuzilishidagi farq asosida izohlanadi.Eritmada ionlar tartibsiz harakat qiladi, lekin elektr toki o'tkazilganda manfiy zaryadlangan ionlar elektrod-anodga, musbat zaryadlangan ionlar elektrod-katodga tomon harakat qiladi.Ma'lum haroratda dissotsiatsiyalangan molekulalar sonining erigan moddaning dastlabki molekulalari soniga nisbati elektrolitning dissotsiatsiyalanish darajasi (a) deb ataladi.Dissotsiatsiyalanish darajasi erituvchi va erigan elektrolit tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga, haroratga bog'liq bo'ladi.Dissotsiatsiyalangan va dastlabki molekulalar orasidagi muvozanat konstantasi dissotsiatsiyalanish konstantasi deb ataladi.Dissotsiatsiyalanish konstantasi erituvchi va erigan elektrolit tabiatiga,haroratga bog'liq bo'lib, konsentratsiyaga bog'liq bo'lmaydi.
    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1.Elektrolit va elektrolitmas moddalarga misollar keltiring.

    2.Elektrolitlar nima uchun elektr tokini o'tkazadi?

    3.Ionlar atom va molekulalardan nimasi bilan farq qiladi?

    4.Ration va anionlarga misollar keltiring.

    5.Elektrolitik dissotsiatsiyalanish deb nimaga aytiladi?

    6.Dissotsiatsiyalanish darajasi nima?

    7.Nima uchun kislotalarning eritmalari umumiy xossalarga ega bo'ladi?
    1. Oltingugurt atomining massasini hisoblang.

    2. 46 g massali natriyda qancha natriy moddasi bor ?

    3. 4,86 g kaliy geksaxloroplatinat (K2PtCl6)dagi modda miqdorini toping.

    4. Modda miqdori 0,25 mol bo‘lgan kaliy sulfat (K2SO4) necha gramm keladi ?

    5. 17,2 g gips (CaSO4.2H2O) da nechta oltingugurt va kislorod atomlari bor ?
    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Masala va mashqlar yechish.
    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad: O`tilgan mavzular yuzasidan masalalar yechib

    bilim,ko`nikma va malaka berish.



    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy masalalar yechish.

    Darsning usuli: masalalar yechish.. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.



    Yangi darsning bayoni.
    1. Tarkibida bariy gidroksid bo‘lgan eritma orqali 11,2 l karbonat angidrid o‘tkazilganda 93,58 g bariy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘lgan bo‘+lsa, shu reaksiyaning unumi qanday bo‘ladi?

    2. Tarkibida 5 % begona jinslar bo‘lgan 50 g texnik oltingugurtni yondirishda hosil bo‘lgan oltingugurt (IV) oksid natriy gidroksid eritmasi orqali o‘tkazilganda qancha massa natriy gidrosulfit hosil bo‘ladi?

    3. Tarkibida 98 % kalsiy karbonat bo‘lgan marmartoshning 150 kg massasini kuydirganda qancha hajm (n.sh.) karbonat angidrid va qancha massa kalsiy oksidi hosil bo‘ladi?

    4. Tarkibida 7,8 g bariy xlorid bo‘lgan eritmaga, tarkibida 6,6 g natriy sulfat bo‘lgan eritma qo‘shilganda qancha massa bariy sulfat cho‘kmasi hosil bo‘ladi?

    5. Tarkibida mis va rux bo‘lgan 56 g massali qotishmaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan yetarli miqdorda qo’shilganda 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, qotishma tarkibidagi misning massa ulushi qanday bo‘lgan?
    6. Qisman zanglagan temirning 12 g parchasini xlorid kislota bilan ishlaganda 4,48 l gaz ajralib chiqqan bo‘lsa, namuna tarkibida necha foiz temir bo‘lgan? 1.112. Hajmi 50 l bo‘lgan idishdagi vodorod va kislorod aralashmasi portlatilgandan so‘ng 18 g suv kondensatlanib, kislorod ortib qolgan. Dastlabki aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini toping.

    7. Massasi 82,5 g bo‘lgan rux va temir aralashmasini xlorlash uchun 41,2 l (n.sh.) xlor sarflangan bo‘lsa, aralashmadagi temirning massa ulushi qanday bo’lgan? .

    8. Massasi 23,2 g bo‘lgan volfram (VI) oksidini qaytarishga yetarli bo‘lgan vodorodni olish uchun qancha miqdor rux kerak? .

    9. 40 g massali ko’mirni yondirganda hosil bo‘lgan karbonat angidrid tarkibida 111 g kalsiy gidroksid bo‘lgan eritma orqali o‘tkazilganda dastlab hosil bo’lgan cho‘kma to‘liq erib ketgan. Ko‘mir namunasidagi uglerodning massa ulushini toping. .

    10. HF, HCl, HBr, HJ qatorida gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi?

    11. Uglerod elementining davriy sistemadagi o‘rniga qarab, uning yuqori oksidi va gidridining formulalarini keltiring, ularning xossalarini tushuntiring.

    12. Tartib raqami 17 bo‘lgan elementning yuqori oksidi, gidridining formulalarini keltiring, xossalarini tushuntiring.

    13. Tartib raqamlari 2, 3, 6, 7, 8, 9 va 10 bo‘lgan elementlardan qaysi juftligi qutbliligi eng katta bo‘lgan ion bog‘lanishli birikma hosil qiladi? (Javob: 3–9).

    14. Tarkibida sp3 gibridlangan atom bo‘lgan moddalarni ko‘rsating: 1) berilliy xlorid; 2) bor ftorid; 3) metan; 4) suv; 5) ammiak; 6) ammoniy ioni; 7) xlorid kislota; 8) sulfit angidrid; 9) sulfat angidrid; 10) sulfat ioni.

    15. Tarkibida sp2 gibridlangan atom bo‘lgan moddalarni ko‘rsating: 1) berilliy xlorid; 2) bor ftorid; 3) sulfit angidrid; 4) sulfat angidrid; 5) etilen; 6) atsetilen; 7) karbonat ioni; 8) sulfit ioni. 16. Tarkibida sp gibridlangan atom bo‘lgan moddalarni ko‘rsating: 1) berilliy xlorid; 2) karbonat angidrid; 3) kremniy (IV)–oksid; 4) suv; 5) vodorod sulfid;

    6) xlorid kislota; 7) sulfit angidrid; 8) boran 9) atsetilen.

    17. Quyidagilardan qaysilari qutbsiz molekulalar hisoblanadi:

    1) Cl2, 2) HCl; 3) H2; 4) H2S; 5) H2O; 6) NH3; 7) CO2; 8) C2H6; 9) CH3OH.

    18. Kaliy dixromatdagi kimyoviy bog‘lanishlar soni nechta, shulardan

    qanchasi  va qanchasi  bog‘lanishlarga to‘g‘ri keladi?

    19. 1 m3 havoning 25 oC harorat va 2 atm bosimdagi massasini hisoblang.

    20. 10 m3 karbonat angidridning 27 oC harorat va 1,5 atm. bosimidagi massasini toping.

    21. 40 l hajmli gazometrda 1,4 atm bosimi va 30 oC haroratda

    saqlanadigan geliyning massasini toping.

    22. 640 ml gaz 39 oC harorat va 741 mm sim.ust. bosimida

    1,73 g kelsa, shu gazning molyar massasi qanday bo‘ladi?

    23. 1,5 kg havo 30 oC harorat va 304 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi?

    24. 20 g kislorod 27 oC harorat va 150 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi?

    25. 25 oC haroratda 750 ml hajmli idishda 56 g kislorod bo‘lsa, gazning bosimi qanday bo‘ladi?




    Download 325,32 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 325,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi

    Download 325,32 Kb.