• Mustciqil xulos a uchun topshiriq
  • Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • Mavzu
  • 2.Tarbiyaviy maqsad
  • Darsning tashkiliy qismi
  • Kimyoviy belgi Nisbiy atom
  • Suyuqla­nish haro­rati, °C Zichligi
  • Dasrning turi
  • Yangi darsni rejasi.
  • Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi




    Download 325,32 Kb.
    bet4/12
    Sana13.11.2020
    Hajmi325,32 Kb.
    #12404
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

    7-laboratoriya ishi

    Mis (Il)-xlorid va kaliy yodid eritmalarining elektrolizi.

                    1. U-simon nayning 3/4 hajmigacha mis (Il)-xlorid eritmasidan quying. Elektrolizyorning bir tomoniga mis, ikkinchi tomoniga grafit elektrod tushiring. Grafit elektrod (katod) ni manfiy ishorali, mis elektrod (anod) ni esa o'zgarmas tokning musbat ishorali manbasiga ulang. Katodda sof mis ajralayotganligini kuzating. Shu sharoitda anodda nima hosil bo'lishi mumkin? Qanday gaz ajraladi? Elektrodlarning qutblarini o'zgartirib yana tok manbasiga ulang. Anoddagi mis qanday o'zgarishga uchraydi. Katodda qanday modda ajraladi?

                    2. Elektrolizyorga 2 M li kaliy yodid eritmasidan quying. Nay ichiga grafit elektrodlarni tushiring va ularni o'zgarmas tok manbasiga ulang. Katodda vodorod pufakchalari hosil bo'lishini, anodda esa yod ajralishini kuzating. Tok oqimini to'xtatib elektrodlarni chiqarib oling. So'ngra U-simon nayning yod ajralgan tomoniga 1-2 tomchi yangi tayyorlangan kraxmal eritmasidan tomizing. Nima kuzatiladi?

    Mustciqil xulosa uchun topshiriq

                      1. Katod va anoddagi jarayonlarning tenglamasini yozing.


                      2. I
                        Elektrodlar atrofida elektrolit rangining o'zgarishiga izoh bering.


    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    8,1 g rux oksidi hosil bo‘lganda 34,8 kJ issiqlik ajralgan bo‘lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?

    9 g alyuminiy kislorodda yondirilganda 273,5 kJ issiqlik ajralib chiqqan bo’lsa, reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?

    5.9. 15,2 g magniy oksidi hosil bo‘lganda 305 kJ issiqlik ajralgan. Reaksiyaning issiqlik effekti qancha bo‘ladi?

    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Ishqoriy mеtallarning davriy sistеmada joylashgan o`rni.

    Ularga atom tuzilishi asosida tavsif. Tabiatda uchrashi va olinishi


    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsadIshqoriy mеtallarning davriy sistеmada joylashgan o`rni.

    Ularga atom tuzilishi asosida tavsif. Tabiatda uchrashi va olinishi

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;

    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:

    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
    Yangi darsni rejasi.

    Yangi darsning bayoni.

    Kimyoviy reaksiyalarda ishqoriy metallar o'zlarining valent elektronlarini oson beradi va +1 zaryadli ionga aylanadi. Ishqoriy metallar eng kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi va barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Atom yadrolarining zaryadi ortib borishi bilan ularda elektron qobiqlar soni va atom radiusi ortib boradi, tashqi elektronlarning yadroga tortilish kuchi va ionlanish energiyasi kamayib boradi, metallarning faolligi kuchayadi. Fransiy tabiatda uchramaydigan sun'iy radioaktiv element, shuning uchun mavjud metallar ichida eng kuchli qaytaruvchi, faol metall seziydir.Ishqoriy metallarning biologik ahamiyati va ishlatilishi.Ishqoriy metallardan litiy stimulatorlik xossasiga ega, teratogen, antidepressant xususiyatlari ham bor. Muskul to`qimasida 0.0023-10 %, qonda 0.004 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0,1-2 mg bo`lishi kerak. Zaharli dozasi 92-200 mg ga teng. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 0,67 mg miqdorda bo`ladi. Natriy muskul to`qimasida 0,26-0,78 %, ilikda 1,0 %, qonda 1970 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 2-15 g bo`lishi kerak. Zaharli emas. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 100 g miqdorda bo`ladi.Kaliy muskul to`qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo`lishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 140 g miqdorda bo`ladi.Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Tirik organizmlar hujayralaridagi kaliy-natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez jadallashuvini ta'minlash) va demak, muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon



    bosimi, yurak muskullarining ishini me'yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir.


    Element

    Kimyoviy

    belgi

    Nisbiy

    atom

    massa

    Tartib

    raqami,


    Elektron

    konfiguratsiya

    Suyuqla­nish haro­rati,

    °C

    Zichligi,

    kg/m1

    Litiy

    Li

    6,939

    3

    [He] 2s1

    180,52

    534

    Natriy

    Na

    22,989

    11

    [Ne]3s!

    97,79

    971

    Kaliy

    К

    39,102

    19

    [Ar]4s!

    63,63

    862

    Rubidiy

    Rb

    85,47

    37

    [Kr]5s!

    39, O3

    1532

    Seziy

    Cs

    132,905

    55

    [Xe]6s!

    28,36

    1873

    Fransiy

    Fr

    223

    87

    [Rn]7s!

    26,83

    2480


    Natriy xlorid NaCl osh tuzi sifatida ma'lum va tirik organizm uchun juda kerakli modda. Undan tibbiyotda (fiziologik eritma), oziq-ovqat va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Glauber tuzi Na2SO4-1OH2O tibbiyotda (surgi vositasi) va kimyo sanoatida ishlatiladi. Chili selitrasi NaNO qishloq xo`jaligida o`g`it sifatida ko`p sovun, natriy birikmalari olishda, bug` qozonlarida suvni umshatishda, bo`yoq ishlab chiqarishda, qog`oz fabrikalarida, kir yuvishda, turmushda ishlatiladi. Kaliy o`simliklar oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Kaliy miqdorining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlari hosilining pasayib ketishi, sifatining buzilishiga olib keladi. Kaliy xlorid KCl, kaliy nitrat KNO3, kaliy sulfat K2SO4,kaliy karbonat (o`simlik kulida mavjud) K2CO3 kabi birikmalari o`g`it sifatida ishlatiladi.Rubidiy stimulator xossasiga ega. Muskul to`qimasida 20-70-10 %, ilikda 0,1-5-10 %, qonda 2,5 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,5-6 mg bo`lishi kerak. Zaharliligi kam. Inson organizmida (7O kg) o`rtacha 68O mg miqdorda bo`ladi.

    Sezgi muskul to`qimasida 0.07-1.6 4 %, ilikda 1,3-5,2-1O %, qonda 0.0 O38 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kungi ovqat tarkibida 0.004-0. O3 mg bo`lishi kerak.
    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1. Temir (II) sulfat (FeSO4.xH2O) kristallgidrati tarkibidagi suvning massa ulushi

    0,453 ga teng bo‘lsa, x ni toping.

    2. Cr2(SO4)3.H2O tarkibidagi suvning massa ulushi 0,4525 bo‘lsa, x topilsin.

    3. K2S.xH2O da suvning miqdori 45 % bo‘lsa, uning formulasi tarkibidagi x

    qanchaga teng.

    4. Natriy gidrofosfat (Na2HPO4.xH2O) kristallgidrati tarkibida 65,67 % kislorod

    bo‘lsa, kristallgidrat tarkibidagi x ning qiymati nechaga teng?

    5. Elementlarning massa ulushlari bo‘yicha kristallgidratlar tarkibidagi x ni aniqlang:


    a)MgBr2xH2O, Br=54,79 %; b) MgCl2xH2O, Cl=34,98 %;
    c) Fe(NO3)3xH2O, N=10,4 %; d) Al2(SO4)3(NH4)2SO4xH2O, S=14,11 %.

    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Natriy va kaliyning fizik va kimyoviy xossalari
    Darsning maqsadi:


    1. Ta`limiy maqsadNatriy va kaliyning fizik va kimyoviy xossalari

    haqida bilim ko`nikma va malaka berish;

    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


    Yangi darsni rejasi.

    Natriy fizik va kimyoviy xossalari. Kaliyning fizik va kimyoviy xossalari


    Yangi darsning bayoni.

    Olinishi. Sanoatda natriy va kaliy ularning suyuqlantirilgan tuzlarini elektroliz qilib olinadi. Masalan, natriy xlorid suyuqlanmasi tegishli ionlarga dissotsiatsiyalanadi:Doimiy tok o`tkazilganda bu suyuqlanmadagi natriy ionlari katodga tortiladi va elektron qabul qilib erkin holda ajraladi; xlor ionlari anodga tortiladi va elektron berib erkin xlor gazi holida ajralib chiqadi. Kaliy - yumshoq, kumushrang metallar. Ularning zichligi va suyuqlanish harorati yuqoridagi jadvalda ko`rsatilgan. Tipik metallar kabi natriy va kaliy yuqori elektr va issiqlik o`tkazuvchanlikka, metall yaltiroqligiga, plastiklikka ega. Natriy va kaliy ionlari alangani o`ziga xos rangga bo`yaydi: natriy-sariq rangga, kaliy-och binafsharangga kiritadi. Bu xususiyatdan ularning birikmalarini aniqlashda foydalaniladi.Kimyoviy xossalari. Barcha ishqoriy metallar kabi natriy va kaliy kuchli qaytaruvchilardir. Ular barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Natriy va kaliy kislorodda yonganda peroksidlar Na2O2 va KO2 (yoki K2O4).hamda qo`shimchalar sifatida Na2O, K2O hosil bo`ladi (toza oksidlar peroksidlarga metall qo`shib qizdirib olinadi):Havoda natriy va kaliy tezda oksid qatlami bilan qoplanadi. Shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi. Natriy va kaliyning boshqa metallmaslar bilan ta'siridan tuzlar hosil bo`ladi: 2Na + C12 = 2NaCl natriy xlorid . 6K + N2 = 2K3N kaliy nitrid 2K + H2 = 2KH kaliy gidrid. 2Na + H2 = 2NaH Natriy gidrid.

    Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M2Sn tarkibli sulfidlar olinadi.

    2Na + S -> Na2S natriy sulfid.2Na + 2S - Na2S2 natriy disulfid 2K + 5S -» K2S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog`li qattiq moddalar.Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H2O =2NaOH + H2; 2K + 2H2O= 2KOH + H2 Natriy va kaliy kislotalar bilan shiddatli tarzda reaksiyaga kirishadi. HC1, HBr, HI, H2S, H2SO4 (suyul.) natijada vodorodni siqib chiqarib, tuzlar hosil qiladi: 2K + 2HC1 2KC1 + H2.Eng muhim birikmalari. Natriy va kaliyning amaliy ahamiyatga ega bo 'lgan ko'plab birikmalari bor.Ishqoriy metallarning gidroksidlari, NaO H2 KO H2 LiO H2 RbO H2 CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun xos bo'lgan barcha reaksiyalarni beradi. Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi. Natriy gidroksid - NaOH. Amaliyotda kaustik soda deb ham ataladi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni natriy metalliga, natriy oksid yoki peroksidlariga suv ta'sir ettirib olish mumkin. Na2O + H2O = 2NaOH Sanoat miqyosida NaOH ni olish uchun osh tuzi eritmasini elektroliz qilinadi.Kaliy gidroksid ham laboratoriya sharoitida kaliy metalli va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Natriy va kaliy gidroksidlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi.natriy gidroksid quyidagilar olinadi.To'qimachilik sanoatida,Sun'iy tolalar ishlab chiqarishda,Qog'oz ishlab chiqarishda,Neft mahsulotlarini tozalashda,Sovun olishda,Organik sintezda Natriyning boshqa birikmalarini olishda ishlatiladi.



    Yangi mavzuni mustahkamlash.
    1. Alyuminiy o‘z birikmalarida uch valentli, uning ekvivalenti qayday bo’ladi?

    2. Xrom (III) oksidda xromning ekvivalenti qanday?

    3. Oltingugurt (IV) oksidda oltingugurtning ekvivalenti qanday?

    4. Titan (IV) oksidda titanning ekvivalenti qanday?

    5. H2SO4 kislotadagi H2 atomlari to‘lig‘icha almashsa, H2SO4 ning ekvivalenti qanday bo‘ladi?

    6. Ca(OH)2 ning ekvivalenti qanday? 7. Na2SO4 ning ekvivalenti qanday?

    8. KMnO4 kislotali muhitda Mn2+ gacha qaytariladi.

    Shu modda ekvivalentining molyar massasi qanday bo‘ladi?

    9. K2Cr2O7 kislotali muhitda Cr3+ gacha qaytariladi.

    K2Cr2O7 ekvivalentining molyar massasi qanday bo‘ladi?

    10. Kristallgidrat tarkibidagi kislorodning massa ulushi bo‘yicha x ni aniqlang:


    1. Li2SO4xH2O, O =62,5 %; b) Cr2(SO4)3xH2O, O=67,04 %;

    c) MgSO4xH2O, O=71,54 %; d) Na2SO4xH2O, O=69,56 %;

    e) Mg(NO3)2xH2O, O=75 %; f) FeSO4xH2O, O=63,31 %;



    Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

    “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


    Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
    Mavzu: Natriy va kaliyning eng muhim birikmalari.

    Ishqoriy mеtallar va ularning birikmalarini biologik ahamiyati. Ishlatilishi.


    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsadNatriy va kaliyning eng muhim birikmalari.

    Ishqoriy mеtallar va ularning birikmalarini biologik ahamiyati.

    Ishlatilishi haqida bilim ko`nikma va malaka berish;

    2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

    nutqini oshirish va tarbiya berish;



    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish

    dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



    Dasrning turi: an`anaviy

    Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob

    Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga

    oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


    Darsning tashkiliy qismi:
    1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

    3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.



    Yangi darsni rejasi.
    Natriy eng muhim birikmalari.

    kaliyning eng muhim birikmalari.

    Natriy va kaliyning eng muhim birikmalarini ishlatilishi.
    Yangi darsning bayoni.

    Kaliy o'simliklar oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Kaliy miqdorining kamayishi qishloq xo'jaligi mahsulotlari hosilining pasayib ketishi, sifatining buzilishiga olib keladi. Kaliy xlorid KC1, kaliy nitrat KNO3, kaliy sulfat K2SO4, kaliy karbonat (o'simlik kulida mavjud) K2CO3 kabi birikmalari o'g'it sifatida ishlatiladi.Kaliy muskul to'qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo'lishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 140 g miqdorda bo'ladi.Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Tirik organizmlar hujayralaridagi kaliy-natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez jadallashuvini ta'minlash) va demak, muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon bosimi, yurak muskullarining ishini me'yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir. Natriy xlorid NaCl osh tuzi sifatida ma'lum va tirik organizm uchun juda kerakli modda. Undan tibbiyotda (fiziologik eritma), oziq-ovqat va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Glauber tuzi Na2S04*10H20 tibbiyotda (surgi vositasi) va kimyo sanoatida ishlatiladi. Chili selitrasi NaN O3 qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida ko'p miqdorda qo'llanadi. Suvsiz soda Na2CO3 va kristall soda Na2C O3 10H20 shisha, sovun, natriy birikmalari olishda, bug' qozonlarida suvni yumshatishda, bo'yoq ishlab chiqarishda, qog'oz fabrikalarida, kir yuvishda, turmushda ishlatiladi.

    Rubidiy stimulator xossasiga ega. Muskul to'qimasida 20-70-10 4 %, ilikda 0,1 -5* 10 4 %, qonda 2,5mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,5-6 mg bo'lishi kerak. Zaharliligi kam. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 680 mg miqdorda bo'ladi.

    Tabiatda uchrashi. Natriy va kaliy tabiatda keng tarqalgan bo'lib, faqat biiikmalari shaklida ko'plab tog' jinslari va minerallar tarkibiga kiradi. Natriy xlorid (osh tuzi) ko'l, dengiz va okean suvlarida, ayrim joylarda esa toshtuz shaklida yer ostida 100 m qalinhkkacha bo'lgan qatlamlar tashkil qilgan holda uchraydi.Glauber tuzi Na1S04-10H10 va Chili selitrasi NaN O3 ham natriyning tabiatda ko'p uchraydigan birikmalaridir.Silvinit KCl-NaCl, karnallit KCl-MgCl^H^O minerallari tarkibiga kaliy ham kiradi va u barcha o'simliklarda uchraydi.

    O'zbekistonda kaliyning tuzlari Qashqadaryo viloyatidagi Tubokat, Surxondaryo viloyatidagi Xo'jaikon konlaridan qazib olinadi.Toshtuz (natriy xlorid) Xo'jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan qazib olinadi.Borsakelmas toshtuzidan Qo'ng'irotda soda ishlab chiqarilmoqda. 2Na + H2 = 2NaH Natriy gidrid. Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M2Sn tarkibli sulfidlar olinadi.2Na + S -> Na2S natriy sulfid.2Na + 2S - Na2S2 natriy disulfid 2K + 5S -» K2S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog`li qattiq moddalar.Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H2O =2NaOH + H2; 2K + 2H2O= 2KOH + H2 Natriy va kaliy kislotalar bilan shiddatli tarzda reaksiyaga kirishadi. HC1, HBr, HI, H2S, H2SO4 (suyul.) natijada vodorodni siqib chiqarib, tuzlar hosil qiladi: 2K + 2HC1= 2KC1 + H2.



    Download 325,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 325,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi

    Download 325,32 Kb.