Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/46
Sana18.06.2022
Hajmi0.52 Mb.
#23941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI
EKG, otabek DXN, El.Tex.Qur 20, 5052 iboti texnologiyalari, 1-Ma\'ruza Taqdimoti, Биз меҳнат килаётган 29, 12121212121, Algoritmlar.Ашуров-М, Eng yangi tarix, Umumiy Pedagogika fanidan Mustaqil ish
 
12 
Tilning frazeologik sostavi juda keng ma’noga va stilistik bo’yoqlarga ega. 
Frazeologik birliklar bilan so’zlarni butunlay ekvivalent sifatida qarash yaramaydi. 
Chunki, frazeologik birliklar doim ham so’zlarning o’rnini bosa olmaydi. 
Frazeologik birliklar hamda so’zlarning strukturasi va ma’nolarida juda ko’p 
farqlanish alomatlari mavjud bo’lib, ularning morfologik va sintaktik funksiyalari 
ham turlichadir. Tarkibiga ko’ra so’zlar yaxlit holda, frazeologik birliklar esa 
alohida holda gap va so’z birikmalari kabi hosil bo’ladi. Bu xususiyatlar ularning 
talaffuzi va yozilishida o’z aksini topgan. 
Frazeologik birlik lug’aviy birlik bo’lganligidan u nutq jarayonida gap 
tarkibida bir mustaqil so’z kabi harakat qiladi- bir gap bo’lagi yoki kengaytiruvchi 
sifatida keladi: 1. Madamin bo’yniga qo’yilgan aybnomadan tamom hovuridan 
tushdi. 2. Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi; Several candidates are 
already jockeying for position. 3. Qosh qo’yaman deb ko’z chiqaradigan bunday 
hodisalar hali ham onda sonda ro’y berib turibdi; Talks between staff and 
management will resume after a two week cooling off period. 4. Kovushini 
to’g’rilab qo’yish kerak; The sky is the limit. 1- va 2- gaplarda frazeologik birliklar 
gap markazi- kesim mavqeida, 3-gapda so’z kengaytiruvchisi – aniqlovchi va 4-
gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan. 
Frazeologik birlik tashqi ko’rinishi jihatidan so’z birikmasi yoki gap 
ko’rinishida bo’ladi. So’z birikmasi ko’rinishidagi frazeologik birlik: ko’ngli 
bo’sh, jig’iga tegmoq; heavy father, to take care va hokazo. Gap tipidagi 
frazeologik birlik “gap kengaytiruvchisi+ kesim” qolip mahsuli: istarasi issiq, 
kapalagi uchib ketdi; to let the cat out of the bag
Ayrim leksik birliklar frazeologik birlikning tadrijiy taraqqiyoti mahsulidir: 
dardisar, toshbag’ir. Demak, leksema hosil bo’lish manbalaridan biri – frazeologik 
birlikdir. 
Ma’no turlari jihatidan iboralar asosan 2 turga bo’linadi: 
1. Nomlovchi iboralar. Bular ko’pchilikni tashkil qiladi. Masalan quyidagi 
gaplarda ishlatilgan iboralar 1- ibora narsaga xos belgining nomi ( 
do’ppining tagidakkina- nisbatan juda kichik; dull as lead;), 2- ibora – 



Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ingliz va O’zbek tillaridagi frazeologizmlarda polisemiya

Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish