• Yadrolarning gamma (  )-nurlanishi.
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet187/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Betta (β) yemirilish.

    -yemirilish hodisasi shundan iboratki, ayrim elementlarning yadrolari o’z-o'zidan elektronlar va juda kichik massali neytral zarra antineytrina chiqaradi. Qizig'i shundaki, radioaktiv yemirilish jarayonida yadrolar o'zida bo'lmagan elektronlarni chiqaradi (yadrolar proton va neytronlardan tuzilgan). Bu juda oson tushuntiriladi. Aniq sharoitlarda yadroda neytronning proton va elektronga aylanishi yuz beradi. Paydo bo'lgan elektron yadrodan uchib chiqadi. Yadro neytronning proton va elektronga aylanish jarayoni neytronlari ko'p bo'lgan yadrolarda kuzatitadi. Yadrodan uchib chiquvchi elektron Dm massalar farqiga ekvivalent bo'lgan E kinetik energiyaga ega bo'ladi.


    Keyinchalik -yemirilishda ishtirok etuvchi ikki xil neytrino mayjudligi aniqlangan: neytrino n bilan belgilanadi va antineytrino n bilan belgilanadi. .
    -yemirilish natijasida massa soni oldingidek, ammo atom nomeri (zaryad soni) birga ortik, bo'lgan yangi yadro hosi1 bo' ladi:
    (3)


    Masalan, ushbu reaksiya bo'lishi mumkin:


    (4)


    Yadrolardan -yemirilish jarayonida chiquvchi elektronlar energiyasi n dan berilgan yadro uchun mumkin bo'lgan maksimal qiymatgacha uzluksiz ravishda o'zgarib turishi tajribalarda aniqlangan.
    Ammo faqat ahyon-ahyondagina maksimal energiyali elektronlar nurlanadi.


    Yadrolarning gamma ()-nurlanishi.
    .
    Yadro, xuddi atom singari. eng kichik energiyali holatda va qo'zg'algan holatda bo'lishi mumkin. Yadroning eng kichik energiyali holatdan qo'zg'algan holatga o’tishi uni zarralar yoki fotonlar bilan bombardimon qilish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, element yadrosi n chastotasi fotonlar bilan bombardimon qilinganda u ( )* qo'zg’algan holatga o'tishi mumkin:





    O'zining asosiy holatiga qaytib, vadro -kvantlar chiqaradi:


    (6)


    Shunday qilib,  -kvantning chiqishi atomning buzilishi bilan bog'liq emas, ular atomlar tomonidan emas, balki yadrolar, tomonidan nurlanadi. -nurlanish radioaktiv yemirilish bilan birgalikda yuz beradi, masalan, natriyning radioaktiv yemirilishi - va -nurlanish bilan birgaiikda sodir bo'ladi:


    (7)


    -nurlanishning asosiy xossalari bilan tanishaylik. Eng avvalo uning nihoyatda yuqori chastotali ekanini ta'kidlash kerak. Shuning uchun uning to’lqin xossalari zaif bo’lib, birinchi o'ringa korpuskulyar xossalari chiqadi.
    -nurlanish, fotonlari elektr zaryadiga va tinchlikdagi massaga ega emas.
    Shuning uchun moddadan o'tishda g-kvantlar yadro va elektronlar bilan juda kam to'qnashadi. Ammo onda-sonda to'qnashishlar natijasida ular o'zlarining dastlabki yo'nalishidan keskin og'adi. Bunda -kvantlar energiyasi deyarli o'zgarmaydi, ammo -kvantlarning bir qismi moddada yutiladi. -nurlanishning katta o'tuvchanlik qobiliyati ularni inson uchun xavfli qilib qo'yadi.







    Download 8,06 Mb.
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.