|
Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o’rni Krish i-bob. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari
|
bet | 6/11 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #264556 |
Bog'liq madinaTaklif grafigi.
Talab va taklif ta ’siri natijasida bozor narxi o ‘rnatiladi.
U talab va taklif egri chiziqlari D va S kesishgan nuqta bilan belgilanadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi, narx esa muvozanat narxi deb ataladi. Xuddi mana shu nuqtada narx ham, xaridor ham sotuvchi uchun m a’qul bo‘ladi.
Taklif ishlab chiqaruvchi та 'lum vaqt ichida ishlab chiqarishga qodir bo
‘Igan narxining har bir darajasida bozorga sotishga chiqarilgan mahsulotlar miqdorini k o ‘rsatadi. Narx o ‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi.
Talab va taklif shkalalari bizga turli narxlarda xaridorlar qancha tovar talab qilishi, sotuvchilar esa qancha tovar taklif qilishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Ammo ular qanday narx boMganida oldi-sotdi haqiqatan ro‘y berishini bizga m a’lum qila olmaydi. Turli ikkita kuch birlashganida boshqacha bir hodisa ro‘y beradi. Taklif bilan talabning o‘zaro munosabati oqibatida muvozanat narxi yoki bozor narxi oTnatilishiga olib keladi. Bozor narxlari tovar va xizmatlar haqiqatda pulga ayriboshlanadigan asl narxdir.
Bu hodisa qay tariqa ro‘y berishini muzqaymoqqa qarab talab va taklif shakllarini birlashtiramiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar faoliyati
Har bir korxona, firma va qolaversa har bir shaxs o ‘z ishlab chiqarish faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Bunga qanday qilib erishish mumkin? Bunga umumiy javob shunday; korxona, firma va o‘z foydasi miqdorini ko‘paytirishni maqsad qilib qo‘ygan har bir shaxs ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil etishi lozimki, bir xil hajmdagi ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotga imkoni boricha kam ishlab chiqarish omillarini sarf etsin.
Tovarlar ishlab chiqarish va sotish jarayonida firma m a’lum xarajatlar qilishga majbur bo’ladi. Xarajatlarning ikki turi — ochiq xarajatlar zimmaga tushgan noaniq xarajatlarni ko‘rib chiqaylik.
Ochiq (aniq) xarajatlarga firmaning quyidagi ishlab chiqarish omillariga sarf etgan xarajatlar kiradi; 1. M ehnat—ish haqi. 2. Yer - ijara. 3. Kapital—asosiy va aylanma fondlarga xarajatlar. 4. Tadbirkorlik qobiliyatiga to‘lanuvchi haq.
Barcha aniq xarajatlarning yig‘indisi m ahsulot tannarxini bildiradi.
Bozor narxi bilan tannarx o ‘rtasidagi farq foydani ifodalaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga ochiq (aniq) xarajatlardan tashqari zimmaga tushgan noaniq xarajatlar ham kiritiladi.
Zim m aga tushgan xarajatlar deb, firm a m ulki b o ‘lgan resurslarni ishlatishdagi muqobil xarajatlarga (muqobil qiymat) aytiladi.
Bu xarajatlar firmalarning boshqa tashkilotlarga beradigan to‘Iovlariga kiritilmaydi (masalan, tadbirkor o‘z kapitalini ishlab chiqarishga kiritgan bo‘lsa, u bulami bankka qo‘yib, foiz ololmaydi).
Yer egasi renta toiam aydi, lekin yerda o‘zi ishlasa, u uni ijaraga berishdan keluvchi qo'shim cha daromaddan voz kechadi.
Sof iqtisodiy foyda m ahsulot sotilishidan olingan yalpi darom addan barcha xarajatlarni ayirib tashlash y o ‘li bilan aniqlanadi.
Aniq va zimmaga tushgan xarajatlar o ‘rtasidagi farqni bilib olib, biz foydani aniqlashimiz mumkin.
Xarajatlar to ‘g‘risida fikr yuritar ekanm iz „boy berilgan imkoniyatlar xarajati“ degan tushunchani bilishimiz kerak. „Boy berilgan imkoniyat xarajatiu deb biror xil resursdan foyda olish maqsadida foydalanib, lekin yo‘lning to ‘g‘ri tanlanmaganligi uchun boy berilgan daromadga aytiladi. „Foyda“ tushunchasining ikki ko‘rinishi bo‘lib ular:
buxgalteriya hisobidagi foyda;
iqtisodiy foyda:
Buxgalterlik hisob-kitobidagi foydani aniqlashda mahsulotni sotishdan kelgan pul tushumidan bevosita xarajatlar hamda ustama xarajatlar ayirilib tashlanadi.
Iqtisodiy foydani aniqlashda buxgalterlik hisob-kitobidagi foydadan „boy berilgan im koniyatlar xarajati“ ham ayirilib tashlanadi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin: Korxonaning jami pul tushumi = 10000 ming so‘m; — bevosita xarajatlar (xomashyo materiallar, ish haqi, yoqilg‘i moylash materiallari va h.k.) = 6000 ming so‘m;
— ustam a xarajatlari (ishlab chiqarishni tashkil etish va bosh- qarish xarajatlari va h.k.) = 1000,0 ming so‘m;
— buxgalterlik hisobi bo‘yicha foyda = 3000,0 ming so‘m; —„Boy berilgan imkoniyatlar harajati“ = 1000,0 ming so‘m; — iqtisodiy foyda = 2000,0 so‘m.
Albatta, bu yerda „boy berilgan im koniyatlar xarajati“ ni aniqlash birm uncha murakkab, buning uchun qo‘shimcha hisob- kitoblar qilishga, normativ m a’lum otlardan foydalanishga to ‘g‘ri keladi. Uni aniqlashning um um iy tartibini yuqorida ko‘rib o ‘tdik.
|
| |