|
Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o’rni Krish i-bob. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari
|
bet | 8/11 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #264556 |
Bog'liq madina Xususiy tadbirkorlik
Kichik biznesda tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli bu yakka xususiy tadbirkorlikdir. Xususiy tadbirkorlik— xo‘jalik yuritishning shunday tashkiliy-huquqiy shakliki, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va faoliyatidan kelgan daromadni (turli to‘lov va soliqlar to‘laganidan keyin) hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf-xatar va tavakkalchilik uchun yakka o‘zi javob beradi.
Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, umumiy ovqatlanish sohasida, m aslahat sohasidagi biznesda, maishiy xizmatda, fermerchilikda, tibbiyotchilik amaliyotida va hunarmand- chilikda ko‘proq uchraydi. U ikki xil k o
‘rinishda tashkil qilinishi mumkin:
a) individual — ya’ni korxona tashkil qilmasdan va
b.) xususiy korxona — ya’ni yuridik shaxs tashkil qilgan holda.
Xususiy tadbirkorlikning afzalliklari: — ishni tashkil qilishdagi oddiylik, to
‘la mustaqillik, harakat- dagi erkinlik va tezkorlik. Tadbirkor biror qaror qabul qilishida yuqori tashkilotlarga murojaat qilishning yoki sheriklar roziligini olishning zarurati yo‘q; — ishga qiziqtiruvchi sabablaming ko'pligi, chunki barcha foyda faqat mulkning yolg‘iz egasiga kelib tushadi va u ko‘proq ishlashga rag‘batlanadi, ish ustidan kerakli nazorat oTnatish, ehtiyotlik bilan qaror qabul qilish va ish ko‘lamini yanada kengaytirishga intiladi; — konfidensiallik (ishdagi maxfiylik) saqlanadi.
Ba’zi bir biznes tu rlarid a m axsus uslub, y o ‘llar, texnologiyalar tadbirkorlik faoliyatining asosiy boyligini (kapitalini) tashkil qiladi. Xususiy tadbirkorlik maxfiylikni saqlashga imkon yaratadi va h.k.lar.
Xususiy tadbirkorlikning kamchiliklari:
— zaif moliyaviy poydevorga egiladi. Bu katta miqdordagi kapitallarni jalb qilishdagi qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi;
— xo‘jalik faoliyatida xavf-xatar va tavakkalchilik yuqori darajada bo‘lganligi sababli faoliyat davomiyligining noaniqligi;
— barcha xo‘jalik faoliyati uchun cheklanmagan javobgarlikning hukm surishi;
— yakka xo‘jalik mulkining mulkni boshqa shaxsga (masalan, boshqa oila a’zolariga) berishda noqulayligi — ixcham emasligi",
— mulk egasining o ‘limi, mehnatga noloyiq bo‘lib qolishi yoki ishdan chetlanish hollari yuz berganda, yakka xo'jalik mulki tarkibini saqlab qolishning mushkulligi.
Yuqorida keltirilgan kam chiliklarni bartaraf etish niyatida ishbilarmonlar mol-mulki, kasb yoki kapitallarini qo‘shib birlasha- dilar. 0 ‘rtoqliklar, kom m andit, to ‘la va chala shirkatlar.
Kichik biznesda ishbilarmonlik faoliyatini amalga oshirish uchun har xil shakldagi shaxslar birlashuvi ichida eng oddiysi o'rtoqlik, ya’ni shirkatchilikdir. O ‘rtoqlik — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkini umumiy manfaatni ko‘zlovchi maqsadlardagi tadbirkorlik harakatini uyushtirish birlashuvidir.
U shartnom a asosida tashkil qilinadi, uning qatnashchilari aw alo o ‘zining va boshqa a ’zolarning manfa- atini ko‘zlab harakat qiladilar. 0 ‘rtoqlikning, asosan, u c h ta turi mavjud: chala (oddiy), to ‘la va &0w/Mtf/76f/7shirkatchiligi.
Chala (oddiy) shirkatchilik — bu ikki va un d an k o ‘p shaxslaming shartnomaviy birlashuvi bo‘lib, unda mulk va tadbirkorlik harakatlari umumiy shirkatchilik manfaatiga erishish maqsadida birlashadi. Ushbu biHashish shaklida tashkilot umuman boMmaydi, chunki shirkatchilik sheriklari har biri alohida harakat qiladi.
To ‘la shirkatchilik — bu shartnoma asosida ikki va undan ortiq shaxslaming umumiy maqsadga erishish uchun o‘z mulklari va tadbirkorlik kuchlarini birlashtirishga asoslangan kelishuvidir.
To’la shirkatchilikda ham xuddi chala (oddiy) shirkatchilikka o‘xshab, uning egalari manfaatining birligi seziladi. Agar chala (oddiy) shirkatchilikda umumiy manfaat maxfiy namoyon boMsa, toMa shirkatchilikda uchinchi shaxslar bilan boMadigan barcha munosabatlarda umumiy shirkatchilik manfaati aniq ko‘rinib turadi.
Kommandit shirkatchiligi — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkni va tadbirkorlik harakatlarini umumiy maqsadga erishish niyatida birlashtirishga asoslangan shartnomaviy kelishuvi boMib, bunda sheriklar ichida kam ida bittasi kreditorlar oldida to'la (cheklanmagan) javobgarlikka , yani bittasi cheklangan javobgarlikka ega bo’lmog’i kerak. To’la javobgar shaxslar haqiqiy a’zolar cheklangan javobgarlar omonatchi— a’zo yoki kommanditlardcb ataladilar.
Kommanditlar kreditorlar oldida o ‘zi- ning shaxsiy mulki bilan emas, balki umumiy mulkka qo'shgan hissasi bilan javobgar bo’ladi.
Sirdaryo viloyatida yangi tashkil etilgan kichik korxonalar
2023-yil yanvar mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha eng ko’p kichik korxona va mikrofirma qishloq xo’jaligi sohasida 296 ta savdoda 196 ta hamda sanoatda 59 ta yangidan tashkil etilgan.
Viloyatning tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda , eng ko’p kichik korxona va mikrofirma Guliston shahrida 121 ta, Sardoba tumanida 115 ta hamda Oqoltin tumanida 99 ta yangidan tashkil etilgan.
|
| |