O‘zbekistonda ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirilgan




Download 1,05 Mb.
bet3/11
Sana19.06.2024
Hajmi1,05 Mb.
#264556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
madina

O‘zbekistonda ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirilgan


Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ko’lami va mazmuni bilan iqtisodiyotni barcha jabhalarini qamrab olishi bilan birga tadbirkorlik faoliyatini yuritishda hamda biznesni olib borish imkoniyatlarini kengaytrishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanishiga katta zamin yaratmoqda.
Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanishiga katta zamin yaratmoqda.
Ayniqsa, so’nggi yillarda respublikamiz Prezidentining tadbirkorlikni yanada qo’llab-quvvatlash borasida qabul qilgan Farmon va qarorlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini o’z faoliyatlarini yanada kengaytirishlariga va ishlab chiqarishni samarali tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib berdi.
Ma’lumki, kichik biznesning respublikamiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2014-yil yakuniga ko’ra 56,6% ni tashkil etgan. Bunda ayniqsa, real sektorda xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan mahalliy kichik biznes korxonalarining salmog’i kundan-kunga ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mamlakatimizning chekka joylarida yangi ish o’rinlari yaratilishi bilan birga xalqimizning farovonligi ortishiga zamin yaratadigan ichki bozorimizda talab yuqori bo’lgan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish ko’payib bormoqda.
Bugungi kunda “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida respublikamizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda o’zining sifati va arzon narxi bilan nafaqat xalqimizga manzur bo’lmoqda, balki xorijiy bozorlarda ham o’z xaridorlarini topmoqda.
Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotni bozorda tez tanilishga erishish, reklama qilish, uni mahalliy bozorda sotish hamda dilerlik tarmog’ini yaratish masalalarida dastlabki qo’llabquvvatlashga ehtiyoj sezadilar.
Shu munosabat bilan 2013-yildan boshlab, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, ommaviy axborot vositalari ishtirokida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida kichik biznes korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning taqdimotini o’tkazish tashabbusini ilgari surmoqda, deya xabar beradi palata matbuot xizmati.
2014-yilda respublika hududlarida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida 350 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishtirokidagi 12 ta taqdimotlar o’tkazildi. Kichik biznes korxonalari tomonidan o’tkazilgan taqdimotlar mobaynida turli iste’mol va noiste’mol mahsulot turlari namoyish etildi.
Shuningdek, Xorazm, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yurtimiz tadbirkorlari ishtirokidagi ko’rgazmalar o’tkazildi. Ushbu tadbirlarda jami 319 nafar kichik biznes sub’yektlari ishtirok etdi.
Istiqlol yillarida iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlari, jumladan elektrotexnika sanoati jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O’tgan yil yakunlariga ko’ra, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari umumiy hajmida elektrotexnika sanoati ulushi qariyb 2 foizni tashkil etdi. Ana shu omillarni hisobga olgan holda, bu yilgi “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostidagi ko’rgazma elektrotexnika sohasiga bag’ishlanadi.
Prezidentimizning shu yil 4 martidagi 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash choratadbirlari to’g’risidagi farmoni elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Hujjatga muvofiq, sohada umumiy qiymati 268,5 million dollarlik 39 istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Tadbirda “FOTON” MCHJ, “AZN” MCHJ, “UZTELMASH” MCHJ, “ROISON
ELECTRONICS” QK MCHJ, “Alubond Composite Material” QK MCHJ,
“O‘zelektroapparat” QK MCHJ va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etdilar. Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni respublikamiz ommaviy axborot vositalari yordamida xalqimiz e’tiboriga yetkazish hamda ularning mahsulotini mahalliy bozorlarda keng tarqalishiga ko’maklashishdan iboratdir.
Tashqi bozorda korxonalarimiz mahsulotlariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston bozorlarida korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan keramik plitka, santexnika, quruq qurilish aralashmalari, gipsokarton, pishiq g‘isht, tabiiy toshdan qoplama mahsulotlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglarga talab ortib bormoqda. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, qurilish materiallari eksporti 113,1 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. 2018 yilda 55 mln. AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlarni eksport qilish ko‘zda tutilgan. O‘tgan 9 oyda eksportning haqiqiy hajmi 40 mln. AQSh dollarini yoki prognozga nisbatan 100,4 foizni tashkil qildi.
Korxonalarda eskport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish ishlari davom etmoqda. Joriy yilda eksport qilinadigan tovarlar assortimenti 40 nomdan 45 nomgacha oshdi. Yangilangan ro‘yxatdan ilgari eksport qilinmayotgan santexnika va keramik plitka tarlari, asbest mahsulotlari, sement va me’moriy oyna joy oldi. Mahsulotlarimizni import qiluvchi mamlakatlar qatoriga Tojikiston va
Afg‘oniston qo‘shildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro foydali hamkorlikni o‘rnatish doirasida turli qurilish materiallari namunalari Pokistonning yirik «BaxriyaTaun» kompaniyasiga, pardozlash toshlari namunalari Belorus korxonalariga, bazalt tosh namunalari Hindiston kompaniyalariga yuborildi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilarining faoliyatini rag‘batlantirishga doir yangi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Qurilishni faollashtirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, qat’iy tejash rejimini joriy etish, texnologik jarayonlarni ratsionallashtirish, ishlab chiqarishning material sarfini va energiya sarfini kamaytirish yo‘li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini keskin qisqartirish hisobidan tarmoqning raqobatbardoshligini yanada oshirish dolzarb vazifalar sirasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘tkazilgan texnik audit asosida «O‘zqurilishmateriallari» AJ korxonalarida umumiy qiymati 9 mln. AQSh dollarini tashkil qiladigan 51 ta ma’naviy va jismoniy eskirgan texnikani zamonaviy, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan asbob-uskunalarga almashtirish va yangilash nazarda tutilgan. 2017 yilda 6 ta korxonada 9,8 mln. AQSh dollarini o‘zlashtirish hisobidan 52 ta asbob-uskuna almashtirildi va yangilandi, 2018 yilda 15,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi 35 ta asbob-uskunani yangilash ko‘zda tutilgan. Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra 11 ta asbobuskuna modernizatsiya qilindi, asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 5,7 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.
Tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish maqsadida mahsulot tannarxini bir yilda o‘rtacha 8,1 foizga pasaytirish jamlama parametrlari tasdiqlangan. Umuman olganda, 2017 yilda «O‘zqurilishmateriallari» AJ faoliyatida yangi samarali texnologiyalarni, shu jumladan, energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobidan 109,5 mlrd so‘mlik mahsulotning tannarxi pasaytirildi.
Bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarorini bajarish yo‘lida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Ishlab chiqarishning energiya sarfini kamaytirish maqsadli parametrlari 3,8 foiz darajasida belgilandi. Shu bois 2017 yil yakunlariga ko‘ra 27,6 mln. kub. m tabiiy gaz, 27,9 mln kVt/ch elektr energiyasi va 215,7 tonna neft mahsulotlari tejaldi. 2017 yilda energiya sarfini rejalashtirilgan darajada kamaytirishga erishildi.

Har qanday soha rivoji yetuk va bilimli kadrlarga bog‘liq. Yosh mutaxassislarning faol bo‘lishga, innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalarni joriy etishga va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashga intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash siyosati o‘z mevasini bermoqda. Bugungi kunda tarmoq korxonalarida zamonaviy va ilg‘or bilimlarni egallargan yuqori malakali mutaxassislar mehnat qilmoqda.
Ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari ham ijobiy dinamikaga ega: 2017 yilda
1467 nafar kishi ishga joylashtirildi, 2018 yilda 1468 ta yangi ish o‘rni, shu jumladan, investitsiya dasturlarini amalga oshirish hisobidan 178 ta ish o‘rni, tarmoqni rivojlantirish dasturini amalga oshirish hisobidan 1213 ta ish o‘rni va kasanachilikni rivojlantirish dasturini amalga oshirish hisobidan 77 ta ish o‘rni barpo etildi. Joriy yil boshidan buyon o‘tgan 9 oy mobaynida 831 ta yangi ish o‘rni barpo etildi, bu prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 104,7 foizni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish materiallari tarmog‘i iqtisodiyotning eng istiqbolli va jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilar ekan, uni mustahkamlash – O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish strategiyasining muhim asosi bo‘lib xizmat qiladi.


Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirilgan

Download 1,05 Mb.