|
Talab va taklif. Mukammal va nomukammal raqobat bozori
|
bet | 5/11 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #264556 |
Bog'liq madinaTalab va taklif. Mukammal va nomukammal raqobat bozori
Talab deb, та ’lum daw mobaynida та 'lum narxda olinishi mumkin bo ‘Igan tovarlar yoki xizmatlar miqdoriga aytiladi.
Talablar har xil bo‘lib, bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi o ‘zaro farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi.
Har bir iste’m olchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi.
Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Individual, ya’ni yakka talab ham , bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu m iqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o ‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o ‘zgari- shiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi jadval m a’lumotlari asosida ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o ‘rtasidagi bog‘liqlik.
Jadval m a’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, tovarga narxning pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o ‘sishiga va aksincha, narxning o ‘sishi esa uning miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi.
Narx bilan talab o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi qonun talab qonuni deyiladi.
Talab hajmining o ‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta ’sir korsatadi:
istemolchining didi, bozordagi iste’molchilar soni, iste’molchining daromadlari; bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; kelajakda narx va daromadlarning о ‘zgarishi ehtimoli.
Talab narxga bog’liq bo’lmagan omillar ta’sirida o‘zgarsa, xuddi shu narxdagi tovar boshqacha vujudga keladi.
Talab sohasidagi o ‘zgarish taklif tom onidan o ‘zgarish sodir bo'lishiga olib keladi.
Taklif deb, ishlab chiqaruvchilarning та ’lum davrda, та ’lum narxda sotishga tayyor bojgan tovarlari yoki xizmatlari hajmiga aytiladi. Taklif bilan narx o‘rtasidagi to‘g‘ri proporsional bogMiqlik mavjud.
Taklif qonuniga binoan boshqa sharoitlar o ‘zgarmagan holda taklif hajmi o‘zgarishi bilan ishlab chiqaruvchilar ko‘proq tovarlar taklif etadilar, aksincha, narx tushishi bilan esa taklif ham kamayib boradi.
Taklif hajmi zaxiralar, yangi quw at ishga tushirilganda, yangi ishlab chiqaruvchilar ish yurita boshlashi bilan ortadi.
Taklif, narxga bog’liq bo’lmagan quyidagi omillar ta’sirida ham o‘zgaradi:
ishlab chiqarish xarajatlari;
bozorga yangi firmalar kirib kelishi;
boshqa tovarlar narxi o ‘zgarishi; 4) tabiiy ofat, urushlar.
|
| |