|
Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati
|
bet | 9/10 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #270866 |
Bog'liq “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining- Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish.
500 ming nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish.
Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abiturientlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni to‘liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish.
- Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish;
Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 1 000 taga еtkazish. Kelgusi besh yilda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish.
2024-yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida
100 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qurilishi bo‘yicha shartnomalar tuzish. Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish. Davlat-xususiy sheriklik asosida va xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan 2 milliard dollarlik umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish loyihalarini amalga oshirish.
- Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar;
700 ta professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish.
14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga еtkazish. O‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga еtkazish.
- Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;
Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga еtkazish.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlash.
30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.
“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish.
10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga еtkazish.
- Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash doirasida;
5 ta oliy ta’lim muassasasini milliy tadqiqot oliygohlariga aylantirish.
Qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish.
Kutubxonalarni kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirish va kutubxona fondini to‘liq raqamlashtirish.
- Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish;
Fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so‘m mablag‘ ajratish.
Fundamental tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha 8 ta еtakchi xorijiy ilmiy maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat va san’at yo‘nalishlaridagi ilmiy dasturlar uchun 2 trillion so‘m ajratish.
- Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, «korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot» klaster tizimini joriy etish;
Amaliy tadqiqotlarga Davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yo‘nalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish.
Amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratish.
Transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-chiqarish klasterini tashkil etish.
- Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash;
40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushini kamida 60 foizga еtkazish, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqini o‘rtacha 2 barobarga oshirish.
Ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik tanlovlar sonini 20 taga еtkazish.
Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini 5 200 taga еtkazish.
- Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.
Har bir million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar sonini 2 ming nafarga еtkazish.
Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash.
Har bir million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar sonini 2 ming nafarga еtkazish.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, shundan ham ko‘rish mumkinki, davlatimiz rahbarining “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, Najot – bilimda” ezgu g‘oyasining Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tutgan rolining konseptual asoslari 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish oshirish asosida ro‘yyobga chiqarish hisoblanadi.
|
| |