Ikkinchi bosqich - 2022-yildan to bugunga qadar




Download 0,63 Mb.
bet7/10
Sana11.09.2024
Hajmi0,63 Mb.
#270866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining

Ikkinchi bosqich - 2022-yildan to bugunga qadar.
2022-yildan to bugunga qadar davom etayotgan izchil siyosat natijasida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi bilan ifodalanadi. Buni biz 2023-yil 30 -prelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash orqali jamiyatni ilm-fan bilan rivojlantirishning huquqiy asoslari mustahkamlandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy еtukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaganidan dalolat berdi. Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash hisoblanadi. Yangi konstitutsiyaning 50-moddasida har kim ta’lim olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yildi. Xususan, davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanaydi degan moddaning mavjudligi ham “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” konseptual g‘oyasining amaliy ifodasi ekanligini ko‘rsatadi.


Barcha ezgu maqsadlarga ta’lim,
tarbiya va bilim orqali erishiladi

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkinchi bosqich - 2022-yildan to bugunga qadar

Download 0,63 Mb.