|
yilgi Parij yozgi Olimpiya o‘yinlari natijalari
|
bet | 5/10 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #270866 |
Bog'liq “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining2024 yilgi Parij yozgi Olimpiya o‘yinlari natijalari.
O‘zbekiston jamoasi jami 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritish orqali 206 ta mamlakatlar orasidan rivojlangan mamlakatlarni ortda qoldirgan holda13-o‘rinni egallab, kuchli 15 talik ro‘yxatga kirishga sazovor bo‘ldi.
2024 yilgi Parij yozgi Olimpiya o‘yinlari chempionlarining Prezident bilan muloqoti.
NAJOT – BILIMDA
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida bilim quyidagicha tavsiflanadi.
Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar;
Voqelikning inson tafakkurida aks etishi, kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;
ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;
uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammalva aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi.
Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf “Ruhiy tarbiya - Poklanish” kitobida ilmning fazilatlari xususida quyidagi fikrlarni bayon qiladi:
Ilm o’z egasiga Allohdan qo’rqishni nasib qildiradi;
Ilmdan avvalo egasi, keyin boshqalar ham foyda oladi;
Ilmning ajri uning egasining ajalidan keyin ham boqiy qoladi;
Ilm o’z egasini payg’ambarlardan keying eng yuqori martabaga erishtiradi;
Ilm pastni baland, xorni aziz va singanni butun qiladi;
Ilm kishini jaholat zulmatidan ma’rifat nuriga chiqaradi;
Ilm tufayli silai rahm qilinadi va haq-huquqlar ado etiladi.
Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” konseptual g‘oyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar davrini tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
|
| |