• O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI
  • Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati




    Download 0,63 Mb.
    bet8/10
    Sana11.09.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #270866
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining

    Sh. Mirziyoyev

    Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish borasidagi ishlar:



    • 14 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari;

    • 30 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari;

    • 11 ta qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari;

    • 136 ta mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari faoliyat olib bormoqda.

    2020-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Bunda:

    • ta’lim ustuvorligining tan olinishi;

    • ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;

    • ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

    • ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;

    • ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

    • ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

    • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

    • o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;

    • davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

    • o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;

    • insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;

    • jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;

    • ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

    • bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;

    • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;

    • ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

    Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash hisoblanadi. Yangi konstitutsiyaning 50-moddasida har kim ta’lim olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yildi. Xususan, davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
    Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanaydi degan moddaning mavjudligi ham “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” konseptual g‘oyasining amaliy ifodasi ekanligini ko‘rsatadi.



    1. O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI

    2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi” qabul qilindi.
    “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ilgari surilgan masalalar:
    - Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish;
    Ushbu yo‘nalishda 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish.
    Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish. Ta’lim tashkilotlariga har yili 500 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish. Barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslarini joriy etish.
    Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim metodikasini barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonlariga joriy qilish.

    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati

    Download 0,63 Mb.