Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati




Download 0,63 Mb.
bet2/10
Sana11.09.2024
Hajmi0,63 Mb.
#270866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining

Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi:

  • Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish

  • shariatni isloh qilish

  • xalqqa maʼrifat tarqatish

  • Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash

  • Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament

  • keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish

  • barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish.

Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga koʻra, uchga boʻlinadi:

  • Turkiston jadidchiligi

  • Buxoro jadidchiligi

  • Xiva jadidchiligi.

Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xomashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.
Buxorodagi jadidchilik Turkistondagiga nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullalar, mayda doʻkondorlar va maʼmurlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar oʻrtasida nufuzi avvaliga past boʻlgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi boʻlishdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi.
20-asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning oʻng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini oʻziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxoʻja boshchilik qilgan. Jadidchilikning oʻng oqimi oʻz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yoʻl ochib berishni maqsad qilib qoʻygan edi.
O‘zbekistonda Sovet davrida yuz mingdan ortiq kishi qatag‘on qilingan.
Sho‘rolar hukumati millatning guli bo‘lgan, xalqning eng ma’rifatli vakillari bo‘lgan ziyolilarni ko‘plab qatag‘on etgan. Qatag‘onlar mexanizmi nafaqat Iosif Stalin hukumat tepasida bo‘lgan davrda, balki undan keyin ham to‘xtamagan.
Mutaxassislar fikricha, Sovet davri qatag‘onlari o‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalarigacha davom etgan. Ba’zilarga ko‘ra, bu mexanizm yashovchan va u hamon o‘z kuchini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda qatag‘onlik davri bir necha bosqichlarda davom etgan bo‘lsa, har bir bosqichda ko‘plab ziyolilar yo qamalishgan, yoki surgun etilgan va yoxud qatl etilgan. 1938 yili bir kunda o‘nlab ziyolilar otib tashlanganini aytarkan, men o‘zbek xalqining mustamlakachilik davridagi tarixini hasratli tarix deb atagim keladi, deydi olim Naim Karimov.
Qatag‘on qurbonlarini oqlash jarayoni 1956 yildan boshlandi. 1956–57-yillarda juda ko‘pchilik, xususan, Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi ko‘plab juda mashhur millat farzandlari oqlanadi.
Shu bilan birga, o‘sha paytda ham yaqin farzandlari borlargina tashabbus ko‘rsatib, qatag‘onga uchragan ota-onalari, bobo-momolarining nomini oqlab olishdi. Biroq farzandlari yoki oqlash to‘g‘risida iltimosnoma yoki talabnoma kelib tushmagan aksariyat qatag‘on qurbonlarining nomi oqlanmay qolib ketgan.
Qatag‘on davrida jinoiy javobgarlikka tortilgan o‘zbekistonliklarning oqlanganlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari sobiq ittifoqdagi boshqa respublikalar bilan solishtirganda, eng past.
50-yillarda jadal boshlangan oqlash jarayoni 60-yillarga kelib birdan to‘xtadi. Va 70–80-yillarda bir-ikki holatni hisobga olmasa, aytarli hech kim oqlanmadi. SSSRning so‘nggi kunlarida, 1989 yili Mixail Gorbachyovning farmoni bilan ittifoq davrida amalga oshirilgan jinoyatlarni yopish maqsadida go‘yoki deyarli hamma oqlangan edi. Shu jarayonda minglab, o‘n minglab vatandoshlarimiz oqlanib qoldi.
Mustaqillikka erishgandan keyin Munavvarqori va boshqalar oqlandi. Masalan, Germaniyada o‘qib kelgan Xayriniso Majidxonova 2000-yillarga kelib oqlangan va bu jarayon haligacha davom etib kelayotgandi.
Lekin shu paytgacha bo‘lgan davrda biror marta qo‘liga qurol olib, istiqlol uchun kurashgan odamlar oqlangan emas. Bunday shaxslar birinchi marta oqlanmoqda. Bundan tashqari, hozirgacha Nosirxon to‘ra Kamolxon to‘ra o‘g‘liday ulamolar hech qachon oqlangan emas. Bu ham birinchi marta deb aytishimiz mumkin.
O‘zbekiston Oliy sudi 2021 yil 25 avgust kuni sovet davrida qatag‘on qilingan, biroq shu kungacha reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar o‘zbekistonlikni oqladi.
Oliy sud tomonidan oqlanganlar 6 ta jinoyat ishi doirasida oqlanishdi. Shundan 92 kishi Nosirxon to‘ra Kamolxon to‘ra o‘g‘li, 16 kishi Ibrohimbek Laqay, 4 kishi Usmon Tereg‘ulov, qolganlar esa G‘ofur Sultonov, Qiyomiddin Kiromiddin, Latif Daminga oid jinoyat ishi doirasida oqlandi.
Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka “burjua-liberal harakat” deb taʼrif berilgan. SSRI parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan “Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari” (Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi.
1999-yil 16-18-sentabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)” mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.
2023 yil 11 dekabrda Toshkent shahrida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbekistonlik hamda dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari ishtirok edi.
Muloqotlarda jadidchilik harakatini tadqiq etishdagi yangi natijalar, harakatning milliy davlatchilik shakllanishi, maʼrifat va noshirlik sohasiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-madaniy merosi tahlil etilmoqda.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti jamoasi tomonidan ikki yil davomida yaratilgan Jadidlar.uz platformasining taqdimoti o‘tkazildi. Bu platforma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasiga ko‘ra, Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo boshchiligida 2021−2023-yillar mobaynida tayyorlandi. Loyihani yaratishga ikki yil uchun 1 mlrd so‘m grant mablag‘i ajratilgan. Jadidlar.uz platformasiga 250 ga yaqin jadid turmushi, faoliyati va merosiga oid ma’lumotlar, hujjatlar va asarlar kiritilgan.
T.f.d., prof. D. Alimova” Central Asian Analytical Network” nashriga, 2022 yil 10 mart kuni “Jadidlarning g‘oyaviy asoslari, yutuq va xatolari” nomli intervyusida:
“Behbudiy mavzusiga yana bir karra qaytaman. U hajga borganida Bayrut universitetini ziyorat qiladi. Hayratga tushib, “Ey Xudo, bularning laboratoriyalarini qaranglar”, deb yozadi. U kimyo laboratoriyasi bilan tanishadi. “Bu yerda qanday talabalar va qizlar o‘qiyotganini qarang! Yutuqlar ham shuncha bo‘ladimi! Nega bu musulmon mamlakatida bunday universitet bor, biz ham musulmon mamlakatimiz, lekin Turkistonda oliy darajadagi birorta ham, ha-ha, birorta ham taʼlim muassasasi yoʼq?”, degan fikrni bayon qiladi.
Aynan 2020-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun Yangi O‘zbekiston taarqqiyotida ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning yangi tartiblari belgilandi. Unda mamlakatimizda ta’limning ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar belgilab berildi. Jumladan:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan еtti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
- Maktabgacha ta’lim
- Maktab ta’limi
- Professional ta’lim
- Oliy ta’lim
Qolaversa yangi tahrirdagi qonunda mamlakatimizda ta’lim shakl va mazmuni kengroq ochib berildi. Xususan, Qonunning 7-moddasida ta’lim turlari quyidagilardan iborat ekanligi belgilandi: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim turlari belgilanishi tom ma’noda yurtimizda ta’lim-tarbiya uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan insonparvarlik siyosat hisoblanadi.
2023-yilda 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni jami 213 taga yetdi. Shundan 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy ta’lim muassasalaridir.
Hozirda 213 ta oliygohda 1 mil 300 ming nafardan ziyod talaba tahsil olib, bu ko‘rsatkich orqali yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2022 yilgi 38 foizdan 42 foizga oshdi.
QS “Fan sohalari reytingi”da 2 ta oliygoh 4 ta fan sohalari bo‘yicha “TOP-500”, “QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” ro‘yxatida 14 ta oliygoh “TOP-1 000”, “QS Sustainability Rankings – 2024” reytingida 3 ta oliygoh “TOP-1 000” universitetlar ro‘yxatiga kiritildi.
6 ta ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati

Download 0,63 Mb.