• Ijtimoiy sohani rivojlantirish
  • 27,7 foizdan 62,4 foizga
  • 77 tadan 141 taga
  • “Mard o‘g‘lon”
  • Birinchi bosqich - 2016-yil sentabrdan - 2022-yilgacha




    Download 0,63 Mb.
    bet6/10
    Sana11.09.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #270866
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining

    Birinchi bosqich - 2016-yil sentabrdan - 2022-yilgacha.
    2016-yil sentabrida davlatimiz rahbarining hokimiyatga kelgandan keyingi davr hisoblanib, bevosita bu davr tom ma’noda mamlakatimizda yangilanish davri bilan izohlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil arafasida – 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning еtakchi ilm-fan namoyandalari, ilmiy elitasi bilan uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, Fanlar akademiyasi a’zolari, еtakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, ta’lim tizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyot taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlagan edi. Aynan mazkur uchrashuv Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ilm-fanni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan dastlabki qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan mazkur uchrashuvda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilab beradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev iqtisodiyotimizning barcha sohalari taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni, ahamiyati g‘oyat katta ekani, bu borada davlatimiz birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga suyanishini, fan va ishlab chiqarish hamkorligi bugun nihoyatda dolzarb ekanini alohida ta’kidlagan edi. Aynan mana shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 7-fevral kungi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mazkur strategiyaning “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga qaratilgan edi. Bu doirada mamlakatimizning har bir yilida fuqarolarning ilm olishga qaratilgan nomlar berilib, bu doirada keng ko‘lamli strategik islohotlar olib borildi. Jumladan; 2017-yilda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi; 2018-yilda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi; 2019-yilda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi amalga oshirildi. 2020-yilda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi asosida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
    Jumladan mazkur birinchi davrda o‘tgan 5 yil ichida O‘zbekistonning ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi siyosati tubdan o‘zgardi. Xususan, Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yangi bog‘chalarni qurish uchun 2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish Dasturi hamda 2030-yilga qadar maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80,8 foizga еtkazish maqsad qilingan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
    Amalga oshirilgan islohotlar natijasida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27,7 foizdan 62,4 foizga, MTTlar soni 5211 tadan 19316 ga еtkazildi.
    Mamlakatda Prezident maktablari, maxsus iqtidorli bolalar maktablari, ijod maktablari va “Temurbeklar maktabi” tashkil etildi. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-mulohazalari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta tiklandi.
    Mamlakatda oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
    2017–2021-yillarda oliy ta’lim muassasalari soni ikki barobar oshirilib, 2016-yildagi 77 tadan 141 taga еtdi, oliy ta’limga qabul kvotasi ham 3 barobar oshirilib, 28 foizga еtkazildi. 2022-yilda ushbu ko‘rsatkich 38 foizga еtkazildi. Yosh ayol-qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratilib, 3 ming nafardan ortiq qiz uchun alohida grantlar ajratilgani ham ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq.
    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar ilm-fan va innovatsiyalarda ko‘plab kamchiliklarni bartaraf etdi, natijada Global innovatsiya indeksi (Global Innovation Index) hisoboti natijasiga ko‘ra, respublika reytingi 29 pozitsiyaga yaxshilandi va 131 mamlakat orasida 93-o‘rinni egalladi.
    O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, sohadagi muammolarga еchim topish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida 2020-yilda davlat organi – Yoshlar ishlari agentligiga asos solindi.
    Yoshlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida, Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tashkil etildi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida esa Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
    So‘nggi besh yilda yurtimizning iste’dodli va fidoyi o‘g‘il-qizlaridan 795 nafari davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Jumladan, 142 nafar yigit “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti, 61 nafar yosh esa “Kelajak bunyodkori” medali, 592 nafari “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
    2021-yildan e’tiboran yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovi doirasida har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobarigacha davlat budjetidan grantlar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
    Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan yangi tizim – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” joriy etildi. Tizimni raqamlashtirish, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar shaffofligini ta’minlash, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni uch bosqichda monitoring qilib borish imkonini beruvchi “yoshlardaftari.uz” yagona elektron platformasi ishga tushirildi.
    Ushbu davrning yana bir jihati muhim hisoblanadi. Aynan 2020-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun Yangi O‘zbekiston taarqqiyotida ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning yangi tartiblari belgilandi. Unda mamlakatimizda ta’limning ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar belgilab berildi. Jumladan:
    ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
    ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
    ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
    ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
    ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
    ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
    ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
    o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan еtti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
    davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
    o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
    insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
    jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
    ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
    bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
    ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
    ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
    Qolaversa yangi tahrirdagi qonunda mamlakatimizda ta’lim shakl va mazmuni kengroq ochib berildi. Xususan, Qonunning 7-moddasida ta’lim turlari quyidagilardan iborat ekanligi belgilandi: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim turlari belgilanishi tom ma’noda yurtimizda ta’lim-tarbiya uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan insonparvarlik siyosat hisoblanadi.

    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchi bosqich - 2016-yil sentabrdan - 2022-yilgacha

    Download 0,63 Mb.