Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati




Download 0,63 Mb.
bet4/10
Sana11.09.2024
Hajmi0,63 Mb.
#270866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining

Abdulla Avloniy
Buyuk hadisshunos olim Imom Ismoil al-Buxoriy “Al-adab al-mufrad” asarida tarbiya borasida shunday rivoyat qiladilar:
41-bob. Qiz tarbiya qilgan kishi haqida.
76. Uqba ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kimda uchta qiz bo‘lib, ularning tarbiyasidagi qiyinchilikka sabr etsa va topgan molidan ularning kiyim-kechaklarini but qilsa, ular bu kishiga do’zaxdan parda bo‘ladi", degan gaplarini eshitdim".
77. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (sa.v.): "Har bir musulmon kishining ikkita qizi bo‘lib, ularni yaxshi axloq, yaxshi muomala bilan tarbiyat qilsa, qizlari albatta uning jannatga kirishiga sababchi bo‘ladi", - dedilar".
78. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta qizi bo‘lib, ularni o‘z qo‘lida tarbiya qilib katta qilsa va ularga marhamat nazari bilan qarasa, jannatga kirishi albatta muqarrardir", dedilar. Shunda bir kishi: "Yo Rasululloh! Uning qizi ikkita bo‘lsachi?" - deb so‘radi. Rasululloh: "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar".
Aynan go‘zal odob, ibratli axloqqa asoslangan tarbiyagina insonni ziynatlaydi, komillik sari eltadi. Zero, umr insonning har kungi ma'nan yuksalishidir.
Shu o‘rinda mutafakkir bobokalonimiz Abu Muso al-Xorazmiyning insonni inson darajasida ushlab turuvchi oliy va mangu qadriyatlar haqidagi quyidagi fikrlari juda o’rinlidir:
Agar inson go‘zal axloq egasi bo‘lsa, u birga tengdir, ya'ni axloqli inson=1; Buning ustiga, u xushsurat bo‘lsa, birning yoniga nol raqamini qo‘shing, ya'ni axloqli+ xushsurat inson= 10;
Boz ustiga, u badavlat bo‘lsa, hosil bo‘lgan songa yana bir nolni qo‘shing, ya'ni axloqli+ xushsurat+badavlat inson= 100;
Agar uning naslu nasabi toza bo‘lsa, songa yana bir nolni qo‘shing, ya'ni axloqli+ xushsurat+badavlat+ nasli toza inson= 1000.
Biroq ushbu sondan axloqni ifoda etuvchi bir (1) tushib qolsa, bilingki, insonning qiymati yo‘qoladi, saqlanib qolgan nollarning esa, hech qanday qadri yo‘qdir. Abu Muso al-Xorazmiy…
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27,7 foizdan 62,4 foizga, MTTlar soni 5211 tadan 19316 ga yetkazildi.
So‘nggi besh yilda yurtimizning iste’dodli va fidoyi o‘g‘il-qizlaridan 795 nafari davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Jumladan, 142 nafar yigit “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti, 61 nafar yosh esa “Kelajak bunyodkori” medali, 592 nafari “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta’minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang‘ich kompyuter savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish. Shuningdek, 100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiena infratuzilmasi bilan ta’minlash masalasi qo‘yilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yangi bog‘chalarni qurish uchun 2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish Dasturi hamda 2030-yilga qadar maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80,8 foizga yetkazish maqsad qilingan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27,7 foizdan 62,4 foizga, MTTlar soni 5211 tadan 19316 ga yetkazildi.
Mamlakatda Prezident maktablari, maxsus iqtidorli bolalar maktablari, ijod maktablari va «Temurbeklar maktabi» tashkil etildi. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-mulohazalari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta tiklandi.



Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati

Download 0,63 Mb.