|
Mavzu: “najot – ta’Lİmda, najot – tarbiyada, najot – BİLİmda” G‘oyasining mohiyati
|
bet | 3/10 | Sana | 11.09.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #270866 |
Bog'liq “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasiningGlobal innovatsiya indeksi-2023
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar ilm-fan va innovatsiyalarda ko‘plab kamchiliklarni bartaraf etdi, natijada Global innovatsiya indeksi- (Global Innovation Index) 2023 yildagi hisoboti natijasiga ko‘ra, respublika reytingi 38 pozitsiyaga yaxshilandi va 132 mamlakat orasida 82-o‘rinni egalladi.
2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan taqdiqlangan “«O‘ZBEKISTON — 2030» strategiyasida oliy ta’lim sohasida quyidagi maqsadlar qo’yildi.
Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlash.
30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.
“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish.
10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish.
Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish.
“Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan ma'rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim deganda o‘zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta'lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida. – Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”. Sh.Mirziyoyev.
NAJOT – TARBIYADA
TARBIYA - biz uchun yo hayot - yo mamot,
yo najot - yo halokat,
yo saodat - yo falokat masalasidir
|
| |