• Ne’matjonov Odiljon Aziziddin o‘g‘li
  • “MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANIDAN




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet150/312
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,64 Mb.
    #249488
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   312
    Bog'liq
    3 tom

    “MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANIDAN 
    TALABALARNING LOYIHALASH QOBILYATLARINI 
    RIVOJLANTIRISH USULLARI
    Mirzayev Murodil Abdivosid o‘g‘li
    Farg‘ona politexnika instituti, “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” 
    kafedrasi o‘qituvchisi
    Ne’matjonov Odiljon Aziziddin o‘g‘li

    43-22 ET va E
     guruh talabasi
    “Muhandislik va kompyuter grafikasi” detalarning ish chizmalarini 
    chizish, detallarni ajratib chizish va modellashtirish, loyihalash, animatsiya kabi 
    vositasi sifatida ishlatiladi. Muhandis-pedagoglarning loyihalash tizimi 
    chizmalarning qo‘lda (chizma taxtasida) chizishga emas, “elektron holatga” 
    aylantiribgina qolmay, kompyuterdagi grafik dasturlardan foydalanilgan hamda 
    kompyuter texnikasi o‘zining ma’lumotlar bazasi kengligi va ob’ektlarni 
    geometrik modellashning samarali usullaridan foydalanish imkoniyati 
    mavjudligi bilan ajralib turadi. Ya’ni bo‘lajak muhandis-pedagoglarni loyhalash 


    Современные решения проблем системы высшего, среднего образования и их решения
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    298
    qobilyatlarini kompyuter grafikasi vositasida rivojlantirish metodikasini tashkil 
    etadi [1].
    “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fan sifatida shakllanganiga hali 
    ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, qisqa vaqt ichida rivojlanganining asosiy 
    sabablaridan biri bu, kam vaqt sarflash evaziga sifatli, aniq, hamda yuqori 
    natijalar olishga erishish mumkinligi, fanni rivojlanishiga, ommalashishiga olib 
    keldi. Hozirgi kunga kelib, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fani faqatgina 
    informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi uchungina emas, balki boshqa 
    keng miqyosdagi mutaxassisliklar uchun ham qulay va samarali bo‘lib 
    qolmoqda. Masalan: mexanika-mashinasozligi, energetika, yerusti transport 
    tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti), tabiiy tolani 
    dastlabki ishlash texnologiyasi, yengil sanoat buyumlari va konstruktsiyalarini 
    ishlash texnologiyasi” (tikuv buyumlari), bino va inshootlar qurilishi, 
    muhandislik va kommunikatsiyalari qurilishi, shaharsozlik qurilishi, arxitektura, 
    qishloq hududlarini arxitekturaviy loyihalashni tashkil etish va boshqa 
    rivojlangan yo‘nalishlar uchun juda kerakli soha sifatida o‘rganilmoqda. 
    “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanida chizmalar, ishchi chizmalar 
    chizishda va amaliy masalalarni kompyuterdan foydalanib loyihalanadi [4]. 
    “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fani chizma geometriya va muhandislik 
    grafikasi, muhandislik chizmasi va eskiz, muhandislik grafikasi fanining keyingi 
    bosqichi bo‘lib, ya’ni o‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki ushbu fanni o‘rganishdan 
    oldin, chizma geometriya va muhandislik grafikasi, muhandislik chizmasi va 
    eskiz, muhandislik grafikasi kabi fanlarni o‘zlashtirmasdan turib ushbu fanni 
    o‘zlashtirib bo‘lmaydi. “Muhandislik va kampyuter grafikasi” fanini o‘rganishda 
    eng rivojlangan va ommabop Rossiyaning Askon firmasi mahsuloti Kompas 3D 
    V16 grafik dasturi chizma geometriya va muhandislik grafikasi asosida 
    yaratilgan bo‘lib, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidagi barcha 
    qonuniyatlarni, qoidalarni, standartlarni, o‘rganmasdan turib rejalashtirgan 
    loyihallarni ushbu grafik dastur orqali bajarilsa mutloqo to‘g‘ri hisoblanmaydi. 


    Oliy va o‘rta ta’lim tizimida pedagogik – psixologik muammolarning zamonaviy yechimlari 
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    299
    OTMlarda barcha fanlar qatori “Muhandislik va kompyuter grafikasi” 
    fanini o‘qitish jarayonini loyihalash bo‘yicha bir nechta olimlar ilmiy tadqiqot 
    olib borganlar. Bu izlanishlar natijasiga ko‘ra muhandislik va kompyuter 
    grafikasi fanini chizmachilik, chizma geometriya va muhandislik grafikasi kabi 
    fanlar bilan o‘zaro bog‘liq va ularning keyingi bosqichi deb qarash mumkindir 
    [2]. 
    E.I. Ro‘zievning ilmiy tadqiqot natijalarini keltirishimiz mumkin. E.I. 
    Ro‘ziev bu sohada o‘zining “Grafika” integrativ kursini mukammal ishlab 
    chiqib, o‘qitish metodikasini tavsiya etgan. Unda “Kompyuter grafikasi” fanini 
    o‘qitish muammolari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, kompyuter grafikasi fani 
    o‘qituvchisi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan grafik talablar haqida keng yoritilgan. 
    E.M. Kudryavtsev (2000) KOMPAS 3D V17.1 grafik dasturidan mexanik 
    tizimlarini modellashtirish, loyihalash, hisoblash bo‘yicha izlanishlar olib borib, 
    o‘z ilmiy natijalarida isbotlab o‘tgan. 
    V.P. Bolshakov, A.V.Chagina lar (2016) “Muhandislik va kopyuter 
    grafikasi” fanni o‘qitishda yangi metodlardan foydalanib loyihalashning amaliy 
    va nazariy bajarilishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan.
    Bugungi kunda “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitishda 
    AutoCAD, ADT 2007, Google Sketchup Pro 2016 v16, Autodesk 3ds Max 
    grafik dasturlardan foydalanib o‘qitilib kelmoqda. Bo‘lajak muhandis-
    pedagoglar uchun loyihalashda eng samarali va qulay grafik dasturlardan 
    KOMPAS 3D V17.1 grafik dasturi hisoblanadi. 
    Oliy ta’lim muassasalarida “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini 
    o‘qitish xolatini o‘rganish, tahlil etish, o‘qitilishda mavjud muammolarni 
    aniqlash hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarning fazoviy tasavvurini 
    rivojlantirishga qo‘yiladigan talablar o‘rganildi.
    Bo‘lajak muhandis-pedagoglarning ijodiy faolligini rivojlantirish, 
    loyihalashda hamda “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitish 


    Современные решения проблем системы высшего, среднего образования и их решения
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    300
    jarayonining metodik tizimini loyihalashning qobilyatlari asosida fanni o‘qitish 
    jarayonining metodik tizimini takomillashtish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

    Download 6,64 Mb.
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   312




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” FANIDAN

    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish