• Xudoyorova Muqaddas Xasanovna
  • Sharipova Charos Xolboy qizi
  • Kalit so’zlar
  • MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI XODIMLARNING BOLA




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/42
    Sana07.02.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #152527
    TuriИсследование
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
    Bog'liq
    Тухтаев Ж. Т

    MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI XODIMLARNING BOLA 
    FAOLIYATIDAGI ROLI VA TARBIYACHI MAHORATI 
    Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 2-sonli Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan 
    maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyachisi 
    Xudoyorova Muqaddas Xasanovna 
    Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 2-sonli Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan 
    maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyachisi 
    Qayumova Umida 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    908 
    Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 2-sonli Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan 
    maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyachisi 
    Sharipova Charos Xolboy qizi 
    Kompetentlik – muayyan insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga 
    munosibligi darajasi bo’yicha insonning individual xarakteristikasi demakdir.
    (A.K. Markova)
    AnnotatsiyaMaktabgacha ta’lim tizimida tarbiyachi xodimlarning bola faoliyatidagi 
    rol va tarbiyachi mahorati. Bolalarni tarbiyalashni biz sevishimiz hayotimizning mazmuni
    ekanliklari haqida. 
    Kalit so’zlar: Tarbiyachi, kompetentlik, kompetensiya, individ, ijtimoiy zamonaviy 
    tarbiyachi.
    Maktabgacha ta`lim bolaga ijtimoiy muhit tomonidan ta`sir ko`rsatadigan, malakali 
    shaxslar tomonidan ta`lim-tarbiya faoliyatni samarali tashkil etadigan ilk bilim dargohi 
    hisoblanadi. Har bir bola ruhiyati o`ziga xos bo`lgan murakkab konfiguratsiyaga ega, shu 
    bilan unga ta`sir etuvchi omillar va ularning ta`siri ham juda xilma-xildir. Yoshlarning qalbi 
    va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom 
    tuyg`usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir 
    ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi.
    Yosh avlodni shaxs sifatida shakllanishida oiladan tashqari, uzluksiz ta`limning ham o`z 
    o`rni hamda vazifalari bor. Tarbiyachi yosh avlodni halqimizning munosib farzandlari qilib 
    tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining 
    siyosiy etukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun halq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini 
    anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z maxoratini doimo 
    faollashtirib bori shva hamkasblarning ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. 
    Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka xayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi 
    ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar: Bolalar 
    bog‘chasida bolalar bilan olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishning butun mazmunini tarbiya 
    vazifalari bilan belgilanadi.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishning maqsad va vazifalari: 
    1)bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish:
    2)ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish:
    3) milliy va umuminsoniy qadiryatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga 
    etib borishini ta’minlash:
    4)ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan davlat talablariga 
    muvofiq maktabgacha ta’limiga tayyorlashdan iborat.
    Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, 
    bigalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    909 
    bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, 
    pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy 
    baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi 
    zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, 
    goyaviy e’tikodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqat o‘kituvchi – 
    tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turiladi. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani 
    bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini 
    jalb qilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi 
    kerak.Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak.Kun 
    tartibini to‘g‘i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan 
    holda rahbarlik qila bilish.Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni 
    bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi 
    lozim.Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, 
    axborot almashtirib turishi kerak.Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda 
    bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntara olishi kerak.Kun 
    tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini 
    topa olishi kerak.Pedagog – tarbiyachi shaxsiga quyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u 
    o‘z predmetini, uning metodikkasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Predmetni va uning 
    nazariyasi chuqur bilishi bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.Bu pedagog – 
    tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muxim fazilatlaridan 
    talablaridan biri bolalarni sevish ularning xayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat 
    qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga 
    sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar kilaoladigan odamgina hakiqiy tarbiyachi pedagog 
    bo‘la oladi. Bolaga befarq uning kelajagi va qiziqmaydigan tarbiyachilik kasbiga loqayd 
    odam haqiqiy pedagog – tarbiyachi bo‘la olmaydi.
    Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini 
    jozibali va engil qiladi. O‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada 
    tarbiyalanuvchi shaxsga xurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat 
    bolada pedagoga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy 
    murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.

    Download 1,83 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI XODIMLARNING BOLA

    Download 1,83 Mb.
    Pdf ko'rish