ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:
1. N.Q.Хатамова, М.N.Мєрѓаева. Инглєѓ тєлє дарсларєда қўлланєладєган
єнтерфаол усуллар. Навоєѕ, 2006.
2. M.Холдорова, Н.Фаѕѓєева, Ф.Рєхсєттєлаева. Чет тєлєнє ўқєтєшда ёрдамчє
восєталардан фоѕдаланєш. Тошкент, Нєѓомєѕ номєдагє ТДПУ, 2005.
3. F.Mo ъ мєнова Инглєѓ тєлєнє ўқєтєшда ѓамонавєѕ єннîвацєон
технологєяларєдан фоѕдаланєш. Ìîëîäîé ó÷åíûé. 2020. 1 18 (308).
4. M.Îтабоева Чет тєлєнє ўқєтєшда ѓамонавєѕ єннîвацєон технологєяларєдан
фоѕдаланєш ва унєнг самарадорлєгє. Ìîëîäîé ó÷åíûé ђурналє, 2017, 14.2
5. U.B.Бекмуратова "Инглєѓ тєлєнє ўқєтєшда єнновацєон технологєялардан
фоѕдаланєш". Реферат. Тошкент, 2012 ѕєл
Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
913
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQIY SAVODXONLIKNI OSHIRISH
Raximova Navbahor Rustamovna
Xiva pedagogika kolleji o’qituvchisi
KIRISH
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini
ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga
tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat
maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yoshlar
tarbiyasida musiqa san’ati insonning yoshligidan unga bevosita va kuchli ta’sir o‘tkazib,
uning umumiy madaniy rivojida katta o‘rin tutadi. Demokratik jamiyat madaniy hayotida
yanada kengroq o‘rin tutayotgan musiqa kishiga butun hayot davomida uning doimiy
hamrohi hisoblanadi. Musiqa yagona san’at bo‘lib, inson yuragiga juda chuqur kirib borib,
ana shu qalb tug‘yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. Demak, ajdodlarimizga munosib
avlodni tarbiyalashda musiqaning ham munosib o’rni borligi ayni haqiqat, bolani estetik
tarbiyalashdek sharafli ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bizga, ya’ni, bo’lajak kadrlar zimmasiga
katta mas’uliyat yuklaydi. Musiqa – estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik
tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak.
Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola
qalbida kuchli emotsional tuyg‘u uyg‘otadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “...musiqa san’ati navqiron
avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda
ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda” – deya ta’kidlaydilar. Demak, musiqa san’ati va
ta’lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga
da’vat etadigan insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e’tiqodini, irodasini
mustahkamlaydigan, ijodini uyg‘otadigan qudratli kuch – ma’naviyatning yuksalishini
ta’minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi.
Bolalarda musiqaviy idrokni o‘stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli
darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma’naviy va qat’iy ahloqiy
sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati
unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko‘tarishga yordam beruvchi musiqa kerak, deb
hisoblagan.
Musiqa — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar
majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni
ifodalovchi muayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. U inson yuragiga juda chuqur kirib
borib, ana shu qalb tug’yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. Musiqaga yoshlikdan
uyg’ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida kuchli ta’sir o’tkazadi, boshqa
Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
914
ko’nikima
va
didlarning
shakllanishini
ta’minlaydi,
yaxshi
musiqali
didni
tarbiyalaydi.Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlarini, uning tabiatini ham
yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari Sharq mutafakkirlari —
Farobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy va boshqalar tomonidan yuqori
baholangan. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday
musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Davlat
uchun insonni yuksaklikka ko’tarishda yordam beruvchi musiqa kerak deb hisoblagan.
Estetik idrok-bu ikki asosiy komponentlar yig’indisidir: emotsionallik va tushunarlilik, lekin
bunga yana hayol va harakat momenti-ritm ham qo’shiladi. Musiqa estetik va manaviy
kayfiyatning ulkan manbaidir.
|