Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
918
ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari Sharq
mutafakkirlari — Farobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy va boshqalar tomonidan
yuqori baholangan. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda
qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
Davlat uchun insonni yuksaklikka ko’tarishda yordam beruvchi musiqa kerak deb
hisoblagan. Estetik idrok-bu ikki asosiy komponentlar yig’indisidir: emotsionallik va
tushunarlilik, lekin bunga yana hayol va harakat momenti-ritm ham qo’shiladi.
Musiqa
estetik va manaviy kayfiyatning ulkan manbaidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida
yurtimizning porloq kelajagini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Musiqaning bola hissiyoti va
shakllanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda
to’g’ri aks ettirilgan musiqali asarlardan o’rinli foydalanish alogida o’rin tutadi. Musiqali
obrazlar shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-
olamdagi go’zallikni idrok etishiga bevosita bog’liqdir.
Musiqali idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir.
Bular shaxsning
har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiya vazifalari bilan bog’liq, umumiy maqsadlar
bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatga jalb etish, badiiy
musiqaga estetik idrok etishni va emotsional o’zlashtirishni rivojlantirish, unda muhabbatni
tarbiyalash, musiqali qobiliyatni o’stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalar badiiy
ijodkorlik iqtidorini rivojlantirishdan iborat bo’lmog’i kerak.
Bolalarda musiqiy idrok rivojlanishining eng yorqin xususiyatlariga eshitish hissi,
musiqiy quloq, har xil tabiat musiqalariga hissiy javob sifati va darajalarini ko’rsatish
mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tiladigan musiqa mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil
qilishda musiqa rahbari har bir bolaning yosh xususiyatlarni, psixologik rivojini inobatga
olishi kerak. Bolaning musiqani idrok qilishi o’z taraqqiyotida qator bosqichlardan o’tadi.
Musiqa va shodlik kichkintoy ongida uzviy bog’lanib ketadi.
Kichik guruh bolalari uchun repertuar tanlashda ko’proq obrazli asarlarni tanlash,
bolalarni bu asarlarni tinglaganda, kuylaganda obrazli tasavvur qilish orqali idrok qilishiga
yordam beradi. Hissiyot,
eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqiy
taassurotlar to’plana boshlaydi. Kundan-kunga atrof-muhitni idrok etish chegaralari
kengayadi va musiqa kuyining ta’sirida bolalarning ma’lum hissiyot va obrazlari shakllana
boshlaydi.
Bolalar tanlangan asarlarga obrazli harakat qilishlari, masalan: quyoncha bo’lib
sakrash, ayiq singari yurishlari, bu asarlarni oson idrok etishiga yordam beradi, ular tanish
musiqani biladilar, marsh, yugurish, alla musiqalarini ajratadilar,
musiqaning sokin va
quvnoq xarakterini ajratadilar, lekin uni yosh xususiyatlari kuchiga ko’ra so’z orqali ifodalay
olmaydilar.
Bundan tashqari 3-4 yoshli bolalar bilan ishlashda ko’rsatmali-ko’rish usullaridan
foydalanish: rangli rasmlar, o’yinchoqlar, turli qo’llanmalarga murojat qilish katta yordam
beradi. 4-5 yoshda bolalar obrazlarni detallashtiradilar, musiqaning kontrast xarakterlarini
Международный научный журнал № 7 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
919
qisman ajratadilar, musiqa asarlarining ifodaliligi shakl va vositalarini tushunadilar. Musiqa
rahbari mashg’ulot o’tish jarayonida faol faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli va
she`riy so’z orqali ashula, o’yin, eshitish uchun asar mazmunini yoritadi, bolalarda paydo
bo’ladigan hayolni qo’zg’aydi, obrazlarni chaqiradi, uni mazmun asosida fikrlash xarakatiga
musiqa asarining mazmuniga jalb qiladi.
Musiqa rahbarining o’rganiladigan asarlar haqida bolalarga so’zlab berishi, bu
asarlarni bolalar idrok qilishlarini osonlashtiradi, qolaversa bolalarning
tasavvur doirasi
kengayib boradi. Bu yoshdagi bolalar musiqa rahbarining savoli va talabiga so’z orqali javob
qaytaradilar. Ular kattalarning yordamisiz kichik bir qo’shiqni mustaqil ravishda kuylashlari
mumkin, bolalarda tanlangan asarlarga ma’lum darajada raqsga tushish va mustaqil
ravishda o’ynashga imkon beradigan ko’plab harakatlarni bajarishlariga odatlantirish idrok
xususiyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 6-7 yoshli bolalar tinglagan asarlarini
idrok qilishlarida quyidagi terminlar orqali: kirish, band, naqorat, temp, dinamik belgilar,
asarni tanish, farqlash, qaramaqarshi va o’xshash qismlarini qiyoslashga, tovush, ritm va
boshqalarni, umumlashtirish mumkin.
Ular musiqa asarining ifodaliligi xarakter va vositalarini tushunadilar va o’yin
obrazlariga etibor beradilar,shuning uchun musiqa rahbari
kattaroq hajmdagi asarlarni
tanlashi maqsadga muvoriqdir. Bu yoshdagi bolalarga turli-tumanjanrdagi asarlarni
tinglatish, qo’shiqlarni o’rgatish bolalarning fikriy qobiliyatlarini rivojlanishiga xizmat qiladi.
Musiqa haqidagi olingan bilim va taassurotlarga asoslanib, bolalar nafaqat savolga javob
bera olishlari, balki musiqa asarini mustaqil ravishda tavsiflash, uning ifoda vositalarini
tushunish va musiqa tomonidan yetkaziladigan turli xil kayfiyatlarni his qilishlari mumkin.
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini tizimlashtirish.
3. Ishning turli
bosqichlaridan foydalanish
4. Musiqa asarlarining turli-tuman mavzularidan foydalanish.
5. Musiqa asarlarining obrazlar soni va shakliga qarab asta-sekin murakkablashtirib
borish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa rahbari bolalarning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan xolda musiqa mashg’ulotlari faoliyat turlarini olib borishi, asarlarni
o’rgatishda, tinglatishda ijodiy yondashishi bolalarda musiqiy idrok xususiyatlarining
rivojlanishiga katta yordam beradi.